Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi.
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha,qisqacha RS) quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan (VM,RS).
-
sistemalar bloki – ichki qurilmalar joylashadi.
-
Klaviatura belgini kompyuterga kiritadi.
-
Monitor (disrley) ma’lumotlarni matnli va tasvirli tasvirlash imkonini bepadi.
Kompyuterlar imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo’shimcha qurilmalar ulanishi mumkin.
Bular:
Sichqoncha – ma’lumotlar kiritilishini engillashtiruvchi manirulyator.
Printer – ma’lumotlarni qog’ozga chiqapadi.
Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasvirli yoki matnli ravishda kiritadi.
Modem – telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini bepadi.
Plotter – turli tasvirni va grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi.
Strajer – kompyuterning venchesteridagi ma’lumotlar nushasini zaxiraga olish uchun mo’ljallangan qurilma bo’lib , ma’lumotlarni magnit lentali kassetaga (kartridjga) yozishga mo’ljallangan.
Kompakt disklar – 610 Mgbaytgacha ma’lumatlarni saqlay oladi. Ular asosan o’qish uchun ishlatiladi va ularga ma’lumot tayyorlayotgan pallada yoziladi. Audiorlat ovoz kartasi bo’lsa, audio-kompakt disklardan musiqa, kuy, qo’shiq eshitish imkonini bepadi.
Trekbol – shar shaklidagi manipulyator. Kompyuter o’yinlarida foydalaniladi.
Tarmoq qurilmasi – bir necha kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirilib, kompyuter o’zi axborot almashish imkonini beruvchi qurilma.
Har bir qurilma – sistema blokida joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o’rnatiladi.
Qo’shimcha qurilmani ulashdan avval kompyuterni o’chirish zarur , aks holda kompyuter ishdan chiqishi mumkin.
Endi asosiy qurilmani har birini ko’rib chiqamiz.
|