• Bu parametrni kattalashtirgandan ko‘ra, fonni bir necha joyini tanlab ajratish yaxshiroq natija beradi.
  • Savol va topshiriqlar
  • Tasvir bo’lagini ajratib olishning boshqa usullari




    Download 3.93 Mb.
    Sana03.11.2022
    Hajmi3.93 Mb.
    #28914
    Bog'liq
    11-sinf 7-mavzu
    Mamasoatov Nursulton Olimjon o‘g‘li, Elektron 01 jadval, 2 Anketa, aaaaa

    Tasvir bo’lagini ajratib olishning boshqa usullari

    11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 7-mavzu

    Arqon tugmasidagi uchinchi uskuna Магнитное лассо(Magnitli arqon) dan chegarasida fondan keskin ajralib turgan obyektlarni ajratib olishda foydalaniladi.

    Chegarani belgilashni boshlash uchun uning biror nuqtasida sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi. Sichqonchani chegara bo‘ylab surganimiz sari chegarada yangi tugun nuqtalar paydo bo’la boshlaydi.

    Yangi tugun nuqta noto‘g‘ri tushib qolsa, uni klaviaturadagi BackSpace (Bitta belgi orqaga) tugmasini bosib, olib tashlaymiz.

    Chegara aniq bo’lmagan joylarda navbatdagi tugun nuqtalarni sichqonchaning chap tugmasini bosish bilan majburan qo‘yib chiqish ham mumkin.

    kelish yoki bu nuqta atrofida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish yetarli. Mashq sifatida o‘rdakchani fondan magnitli arqon yordamida ajratib olaylik. Yuqoridagi rasmlarda tugun nuqtalarning joylashishi va tasvirning ajratish tugallandandan keyingi holati ko‘rsatilgan.

    PhotoShopda tasvir bo‘lagini ajratib olishning yana bir usuli bu Вольшебная палочка (Sehrli tayoqcha)dan foydalanish. Bu uskuna nomidan ham ko‘rinib turibdiki, u mo‘jizalar yarata oladi.

    Bu tayoqchani olib, tasvirning biron-bir nuqtasiga tekkizsak, bu nuqtaning atrofidagi rangi tanlangan nuqta rangiga yaqin bo‘lgan barcha piksellarni ajratib oladi.

    Bu uskuna yordamida tasvirning fonini ajratib olish qulay. Masalan, oldingi mashqdagi o'rdakcha rasmini olaylik.


    O‘rdakcha orqasidagi fon qariyb bir xil bo‘lib, uni sehrli tayoqcha yordamida ajratib olamiz.

    Sehrli tayoqcha uskunasi Быстрое выделение(Tezkor ajratish) uskunasi bilan birga joylashgan. Bu uskuna ustiga sichqonchani olib kelib, uning o‘ng tugmasini bosamiz va paydo bo’lgan menyudan sehrli tayoqchani tanlaymiz.

    Sehrli tayoqchani tanlash uchun klaviaturada Ctrl+W qo‘shtugmasini bosish ham mumkin. Tayoqchani o‘rdakcha rasmidagi fon rangidagi biror nuqtaga olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosamiz.

    Oldingi sahifadagi rasmda 30 soni turgan maydonchada bu parametr qiymati ko'rsatiladi. Bu qiymat kattalashsa, ajratib olinadigan ranglar soni ham ortadi.

    Bu parametrni kattalashtirgandan ko‘ra, fonni bir necha joyini tanlab ajratish yaxshiroq natija beradi.


    Bunda fonning keyingi nuqtasini tanlashda Shift tugmasi bosib turilsa, ajratib olingan bo’lak oldingisi bilan birlashtiriladi.

    Quyidagi rasmda fonni sehrli tayoqcha bilan ajratib olsak, o‘ng tomondagi bulut va daraxtlar oldidagi fonning bir qismi ajralmay qoladi.

    Savol va topshiriqlar

    1. Magnitli arqondan qanday foydalaniladi?

    2. Sehrli tayoqchaning ishlash tamoyilini tushuntirib bering.

    3. Tezkor ajratish uskunasi qanday ishlaydi?

    4. Pasport uchun tushgan fotosuratingizni yuklang. Магнитное лассо(Magnitli arqon) uskunasi bilan rasmingizni fondan ajratib oling. Ajratmani inversiyalab fonni ajrating va uni o‘chirib tashlang.


    Download 3.93 Mb.




    Download 3.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasvir bo’lagini ajratib olishning boshqa usullari

    Download 3.93 Mb.