Tasvirlarning turlari. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish




Download 52,09 Kb.
bet3/4
Sana20.05.2024
Hajmi52,09 Kb.
#246951
1   2   3   4
Bog'liq
Tasvirlarning turlari

RGB QAUD yozuvlarining soni foydalanilgan ranglar soniga teng bo`ladi. Bir pikselga 24 bit to`g`ri kelsa, palitra bo`lmaydi. Shuningdek bir pikselga 16 va 32 bit to`g`ri keladigan ba’zi rang formatlari uchun ham palitra kerak emas.
Qator tiplari uchun bu yerda shunday belgilashlar qabul qilinadi.
BYTE – belgisiz bir baytli butun son.
WORD – belgisiz ikki batli butun son.
DWORD – belgisiz to`rt baytli butun son.
LONG – belgiga ega bo`lgan to`rt baytli butun son.
Palitradan keyin (agar u bor bo`lsa) BMP faylida bit (aniqrog`i, bayt massivi)
ko`rinishidagi rastr yoziladi. Bit massivida ketma-ket rastr qatorining baytlari yoziladi. Qatordagi baytlar soni to`rtga karrali bo`lishi lozim, shuning uchun agar gorizantal bo`yicha piksellar soni bu shartga to`g`ri kelmasa, unda o`ng tomondan har bir qatorga ba’zi bitlar soni qo`shimcha yozilib qo`yiladi (qator ikkilangan so`z chegarasiga tekislanadi).
BMP fayllarida tasvirni siqish mavjud emas, ammo rastr tasvirining ifodalashning bunday formati (Device Independent Bitmap) RLE (Run Length Encoding) oddiy siqish algoritmi qo`llaniladigan DBtipidagi fayllar uchun ham foydalaniladi. RLE algoritmi shuningdek boshqa omillashganrastrli grafik formatalarida, masalan, RSX da ham qo`llaniladi.
Endi vektor tasvirlar uchun fayllarni saqlash formatlarini ko`rib chiqamiz.
CDR (CorelDRAW hujjati). CDR fayl formati - bu vektor tasvirlari yoki
CorelDRAW bilan yaratilgan grafik. Ushbu fayl formati Corel tomonidan xususiy dasturiy ta’minot mahsulotlarida foydalanish uchun ishlab chiqildi. CDR fayllari ko`plab rasmni tahrirlash dasturlari tomonidan qo`llab-quvvatlanmaydi. Ammo, fayl CorelDRAW yordamida boshqa, keng tarqalgan va mashhur rasm formatlariga eksport qilinadi. Bundan tashqari, CDR fayl Corel Paint Shop Pro dasturi tomonidan ochilishi mumkin.
Ushbu format oldindan taniqli barqarorlik va yomon fayllar muvofiqligi uchun ma`lum, ammo CorelDRAW yordamida juda qulay. Ushbu versiyalarning fayllari vektor va raster tasvirlar uchun alohida siqishni ishlatadi, shriftlar ko`milishi mumkin, CDR fayllari 45x45 metrli katta ish maydoniga ega va ko`p tarmoqli ishlaydi.

Download 52,09 Kb.
1   2   3   4




Download 52,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tasvirlarning turlari. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish

Download 52,09 Kb.