• BAJARDI : RAXMONQULOV OZODBEK
  • Tatu samarqand filiali aktkt fakulteti 21 – 01 guruhi talabasi raxmonqulov ozodbekning fizika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi




    Download 0.83 Mb.
    Sana23.06.2022
    Hajmi0.83 Mb.
    #24264
    Bog'liq
    Raxmonqulov Ozodbek
    Amortizatsiya fondi va undan foydalanish yullari, Morfologiya test, aziza, GAIBOV ZARIFJON, Nurbek, Optika-1, Mavzu yorug\'likning qutblanish hodisasini o\'rganish, 41129393, 202-guruh talabasi Raxmatova Kumushoyning Kiber xavfsizlik fanid, J47mfdJFARCCuRvuhrK2pgYOAVuVAx-N, 4-mashinali o\'qitish, bacee217-c6f8-4ac7-8383-87630922c4e3, 4ba164f2-dc7a-4bea-a3de-367aca908016 (1), 3-Mavzu



    TATU SAMARQAND FILIALI AKTKT FAKULTETI 21 – 01 GURUHI TALABASI RAXMONQULOV OZODBEKNING FIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.




    Optik kvant generatorlari. (Lazerlar)

    REJA:
    1.Optik kvant generatorlari

    2.Lazerlar

    1939 yilda V.A.Fabrikant birinchi marta yorug’likni kuchaytiradigan muhit hosil qilish mumkinligini va shu muhitda nur majburiy nurlanish xisobiga kuchaytirilishi g’oyasini olg’a surdi. 1953 yilda I.G.Basov bilan A.M.Proxorovlar, AQSh dan Ch.Tauns bilan Veberlar tomonidan santimetr to’lqin uzunligidagi elektromagnit to’lqinlarni kuchaytiradigan molekulyar generatorlar yasaldi, bu generatorlar mazerlar deb ataladi. 1960 yilda esa T. Meyman tomonidan qattiq jismli, optik diapazonda ( = 6943 А ) ishlaydigan optik generator yasaldi. Bunday generatorlarni lazerlar deb ataladi. Nurni kuchaytiradigan aktiv muhitning tipiga qarab lazerlar - qattiq jismli, gazli, yarim o'tkazgichli va Suyuqlikli lazerlarga bo'linadi.


    Yanada aniqroq aytganda lazerlarning turlarini sinflashda majburiy yig’ish (optik nakachka) usuli ham muhim rol o'ynaydi. Majburiy yig’ish usullari - optik, issiqlik, kimyoviy, elektroionizatsion va boshqa usullardan iborat bo'ladi.
    Bundan tashhari generatsiyalash turi uzluksiz yoki impulsli bo'lishi mumkin.
    Lazerlar uchta asosiy qismdan iborat bo'ladi:
    1) Aktiv muhit - metastabil holatga ega bo'lgan modda.
    2) Majburiy yig’ish (optik nakachka) sistemasi - aktiv muhitda inversiyali joylashish holatini hosil qiladigan qurilmalar. Inversiyali joylashish holati deb asosiy holatdagi atomlar soniga nisbatan uyg’ongan holatdagi atomlar sonining ko'p bo'lishiga aytiladi.
    3) Optik rezonator - lazer nurlanishini shakllantiruvchi qurilma

    6.1-rasm
    Biz ko'rdikki, muhitga tushgan  chastotali nur, modda atomlaridan birining  = (En-Em)/ chastotasiga mos kelsa, bu holda atom Еm  Еn holatga o'tsa, bu majburiy o'tishda u nyrni yutadi. (Еm >Еn ) , agar Еm  Еn o'tish sodir bo'lsa, u holda tushayotgan nurning intensivligi muhitdan o'tishda kuchayadi.
    Muhit orqali o'tgan nurning intensivligi Buger qonuniga asosan aniqlanadi:
    I = I0 е -Х
    bunda,  > 0 bo'lsa, nur muhitda yutiladi,  < 0 bo'lsa, nur muhitdan o'tishda kuchayadi. Kvant generatorida < 0 holat vujudga keltiriladi. T.Meyman yasagan birinchi qattiq jismli muhitga ega bo'lgan lazer bilan tanishaylik. Kuchaytirgich sifatida alyuminiy oksidi Al2O3 olingan bo'lib (rubin yoki qizil Yoqut) kristall panjarasining ba'zi tugunlarida uch valentli Cr3+(0,005%-xrom) joylashgan.
    Bu qizil Yoqutning uzunligi 5 sm, diametri esa 1 sm bo'lgan sterjen ko'rinishidadir. Uning asoslari o'zaro parallel va juda yaxshi silliqlangan.
    Sterjenning bir tomoni nur o'tkazmaydigan kumush qatlami bilan qoplangan, ikkinchi tomoni ham xuddi shunday kumush bilan qoplangan bo'lib, bu tomon faqat 8 % nurni o'tkazadi, xolos. Asbobning sxemasi 6.1 - rasmda keltirilgan.
    O'tish jarayoni esa quyidagicha: nurlanish Yoqut tarkibidagi xrom ionlarini E0 asosiy energetik sathdan E1 va E2 uyg’ongan energetik sathlarga ko'taradi (6.1 - rasm). Bu uyg’ongan sathlarning yashash davomiyligi ancha kichik ( 10 -7 с). Ulardan nurlanishsiz E1 va E2 sathlarga o'tish sodir bo'ladi. Bir-biriga yaqin joylashgan bu sathlarning yashash davomiyligi anchagina katta =5. 10-3 s. Bunday sathlarni metastabil sathlar deyiladi. Metastabil sathlardagi ionlarning biroz spontan nurlanishi ham sodir bo'ladi. Kristall o’qi bo'ylab harakatlanayotgan fotonlar qaytaruvchi asoslardan ko'p marta qaytadi, bu harakat davomida ko'p sonli majburiy nurlanishlar vujudga keladi. Natijada fotonlarning kuchli oqimi kristallning shaffof tomonidagi asosi orqali tashqariga chiqadi. Shundan so'ng tashqi manbaidan yana energiya olinadi va jarayonlar bayon qilingan ketma-ketlikda takrorlanaveradi.
    Metastabil sathda yiqilgan energiya shu jismning o'zida spontan nurlanish sifatida ajralib chiqadi, ya'ni lazer generatorlik vazifasini bajaradi. Shuning uchun lazerni kvant generatori deb ataladi.

    6.2-rasm
    Agar metastabil sathdagi majburiy nurlanish tashqi ta'sir tufayli vujudga kelsa, lazer kirish signalini kuchaytirgan bo'ladi. Bunday lazerni kvant kuchaytirgich deyiladi.
    Birinchi gazli lazer 1961 yilda neon va geliy gazi aralashmasi asosida yaratildi.
    Bizga ma'lumki gazlar ingichka yutilish chiziqlariga ega bo'lgani uchun gazli lazerlarda majburiy yig’ish (optik nakachka) elektr razryadi orqali amalga oshiriladi.
    Geliy - neonli lazerda majburiy yig’ish ikki bosqichda amalga oshiriladi: geliy energiya tashuvchi vazifasini bajarsa, neon nurlanish hosil qiladi; gaz razryadida hosil bo'lgan elektronlar to’qnashishi natijasida geliy atomini uyg’otadi va 3 - holatga o'tadi (6.3-rasm).
    Uyg’ongan geliy atomi neon atomlari bilan to’qnashib, ularni uyg’otadi va ular geliy satxiga yaqin bo'lgan neonning Yuqori sathlaridan biriga o'tadi. Neon atomlarini 3-sathdan quyi sathlardan biriga o'tishi  =0,6328 mkm. li to’lqin uzunlikdagi lazer nurlanishini vujudga keltiradi.

    6.3-rasm
    Lazer nurlari quyidagi xossalarga ega:


    1) Ular Yuqori darajada kogerent va dastasi esa nihoyatda ingichka.
    2) O'ta monoxromatik (10- 11mkm).
    3) Katta quvvatli: masalan, W=20 J energiya bilan majburiy yig’ish (optik nakachka) va 10-3 s nurlantirilsa, nurlanish oqimi =2 . 10-4 j/s R=2 . 1010 Вт/м 2 .
    4) tarqalish burchagi (ingichka) juda kchik.
    hozirgi paytda f.i.k. 0,01 % - 75 % bo'lgan lazerlar mavjud. Lekin ko'pchilik lazerlarning f.i.k. i 0,1 - 1% oraliqda bo'ladi. Uy temperaturasida uzluksiz ishlaydigan quvvatli SO2 lazer yaratildi. Bu lazer to’lqin uzunligi  =10,6 mkm bo'lgan infraqizil elektromagnit to’lqinlarni ishlab chiqaradi. Uning f.i.k. 30% dan Yuqoridir. Lazer nurlardan metallarni kesishda, payvandlashda, buyumlardagi nuqsonlarni aniqlashda, meditsinada nozik operatsiyalarni bajarishda, nihoyatda toza materiallar olishda, o'lchash texnikasida, alohida ham keng foydalaniladi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

    1. .fayllar.org

    2. fayllar.org

    BAJARDI : RAXMONQULOV OZODBEK

    QABUL QILDI :XOJANOVA. D


    Download 0.83 Mb.




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tatu samarqand filiali aktkt fakulteti 21 – 01 guruhi talabasi raxmonqulov ozodbekning fizika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

    Download 0.83 Mb.