• O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI ELEKTRON TA’LIM MUHITIDA VIDEOKONTENTLARNI
  • 8-mavzu: Tasvirga olish jarayonida ishchi guruh tarkibi va ularning vazifalari 2-mavzu: Videoma’ruza yaratilish konsepsiyasi 4-mavzu
  • talab va tavsiyalar 6-mavzu: Videoma’ruzalarni tasvirga olish tasnifi 9-mavzu: Videoma’ruzada pedagogik talab va tavsiyalar MUNDARIJA
  • MS PowerPoint yoki Prezi
  • Tayyorlash metodikasi




    Download 6.98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/22
    Sana14.06.2022
    Hajmi6.98 Mb.
    #23650
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    Elektron talim muhitida videokontentlarn (1)
    Информаика укитишнинг асосий дидактик тамойиллар, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, Простой Python просто с нуля (2019), butun haqiqiy tur, misol11a1, 9, 4. Ташков Восстанавливаем данные на 100%, CMS tizimlari fan dasturi, 1, 2., 2, 10, 3- amaliy mashg‘uloti Mavzu , Avaliy mashgulot



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI 
    RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
    ELEKTRON TA’LIM MUHITIDA VIDEOKONTENTLARNI 
    TAYYORLASH METODIKASI
    (umumta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun)
    TOSHKENT – 2021



    3
    1-mavzu: Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya
    texnologiyalarining o‘rni
    3-mavzu: Videoma’ruza modellari
    5
    36
    12
    45
    9
    40
    32
    50
    56
    5-mavzu: Videoma’ruza materiallarni tayyorlashda
    didaktik talablar
    8-mavzu: Tasvirga olish jarayonida ishchi guruh 
     
    tarkibi va ularning vazifalari
    2-mavzu: Videoma’ruza yaratilish konsepsiyasi
    4-mavzu: 
    O‘quv videomateriallarning metodik 
     
    xususiyatlari
    7-mavzu:
     
    Videoma’ruza slaydlarini tayyorlashda 
     
    talab va tavsiyalar
    6-mavzu: Videoma’ruzalarni tasvirga olish tasnifi
    9-mavzu: Videoma’ruzada pedagogik talab va 
    tavsiyalar
    MUNDARIJA


    4
    KIRISH
    Ta’lim muhitiga ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologi-
    yalarini tatbiq etish orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida 
    uzviylikni ta’minlash imkonini yaratadi. Umumta’lim fanlari 
    o‘quv dasturi va darsliklarning elektron shakllaridan foydala-
    nish, bunda an’anaviy ta’lim shakli bilan bir qatorda masofaviy 
    ta’lim shaklida ta’lim olish o‘quv mashg‘ulotlar sifatini hamda 
    pedagog-o‘qituvchilar mahoratini oshirishda muhim ahamiyat 
    kasb etadi. Ta’lim muassasalarda ilg‘or axborot texnologiyala-
    rini joriy etish orqali masofaviy ta’lim shakli o‘quv amaliyoti-
    ga joriy etilishi bilan bilim oluvchining axborot texnologiyalari 
    yordamida bilim, ko‘nikma va malaka qobiliyatlarini mustah-
    kamlashda xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quv mashg‘ulot 
    jarayonlarini raqamlashtirish hamda ta’lim tizimining bar-
    cha bo‘g‘inlarida ta’lim mazmuni sifati jihatidan o‘zgartirish
    imkonini beradi. 


    5
    1-MAVZU: TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT 
    KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
    Zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida o‘qitishning 
    yangi shakl va metodlarini ishlab chiqish davrida pedagogik 
    texnologiyalarning o‘quv mashg‘ulotlarga joriy etish, ta’lim 
    sohasidagi pedagoglarning muhim vazifalardan biri hisob-
    lanadi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llash 
    orqali bugungi kunda masofaviy ta’lim shaklini joriy etish 
    birinchi navbatda, ta’lim sohasining axborotlashuvi ham-
    da elektron ta’lim resurslari ishlab chiqishiga sabab bo‘ldi. 
    Masofaviy ta’limni rivojlantirishda uning samaradorligini 
    oshirilishida ta’lim texnologiyalarni tatbiq etish ta’lim sohasi-
    dagi islohotlarning diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 
    Ta’lim sohasida fan va texnologiyalari integratsiyasi 
    ning 
    mexanizmlarini ishlab chiqish, uni o‘quv amaliyotga joriy 
    etish, ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim yondashuvini tatbiq 
    etishi, sohadagi dolzarb vazifa bo‘lmoqda. Ta’lim tizimini 
    axborotlashtirishda o‘qituvchidan elektron ta’lim texnologi-
    yalari asosida o‘quv mashg‘ulot jarayonlarni tashkillashti rish 
    tavsiya etiladi. Pedagogik texnologiyaning asosini axborot 
    texnologiyasi tashkil etadi. Chunki, ta’lim jarayonlari texno-
    lo giyasining tarkibi o‘quv axborot olish va uni qayta ishlash-
    dan tashkil topadi. Bugungi kunda jamiyatning talabi bu 
    sifatli bilim olishdir. 
    Ta’lim jarayonlarida axborot texnologiyalarini joriy etish 
    bu ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi-


    6
    ning asosli mexanizmlarini yaratishdir. O‘quv amaliy jara-
    yonlarda bilim oluvchilarning mustaqil bilim olish ko‘nikmasi
    mustaqil ta’lim shakliga moslashtiriladi. Ta’lim tizimiga ma-
    sofaviy ta’limni joriy etish, birinchi navbatda jamiyatda ta’lim
    sohasini axborotlashtirishga va axborot ta’lim resurslarini 
    ishlab chiqishga bog‘liqdir. 
    Axborot texnologiyalari vositalari va shaxsning ta’lim- 
    tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy pedagogik dasturiy 
    vositalarini yaratishi bilan ahamiyatlidir. O‘quv mashg‘ulot 
    jarayonlarida texnologiyalarni qo‘llashning didaktik asoslari 
    yaratilib, elektron o‘quv vositalarning foydalanishdagi peda-
    gogik talablar ishlab chiqiladi. Ta’lim – tarbiya jarayonining
    axborot-metodik ta’minoti hamda o‘quv muassasasining 
    tashkiliy boshqaruv tizimini avtomatlashtirishga xizmat 
    qiladi. 
    Ta’lim tizimining barcha sohasiga oid umumiy pedagogik 
    vazifalar qatori, bilim oluvchilarning ta’lim faoliyatidagi qizi-
    qishi va faolligini oshirishdan iborat bo‘lgan muhim bosqichni 
    qamrab oladi.
    Elektron o‘quv vositalari orqali o‘quv materiallarini 
    yaratish ning o‘ziga xosligi bu onlayn o‘qitishda kursning tas-
    nifi, ko‘rsatma, maqsadi, vazifasi, kutilayotgan natija, axborot
    materiali, nazorat savollari, kommunikativ boshqaruv bloklari-
    dan tashkil topganligidir. 
    O‘quv mashg‘ulot davomida taqdimotlarning xarakter-
    li xususiyati bilim oluvchining o‘quv – materiali bilan aloqa-
    da bo‘lishidir. Ko‘plab taqdimot slaydlarda yetkazilayotgan 
    axborotlar asosan matn, rasm videorolik, animatsiya kabi 
    slaydlardan tarkib topadi. Bugungi kunda masofaviy ta’lim 
    o‘z navbatida, ta’lim tizimini rivojlantirishning tarkibiy qis-
    miga aylandi. Shu qatorda, an’anaviy ta’lim shaklining didak-
    tik tamoyillari masofaviy ta’lim shakli uchun asos bo‘lib, 


    7
    ta’limning mazmuni zamonaviy yondashuvi takomil 
    lashib 
    boradi, ya’ni, ta’lim-tarbiya muhiti uchun yangi talab va 
    mezonlar, bu jarayonda mavjud didaktik tamoyillar asosida 
    to‘ldirib shakllana boradi. 
    Masofaviy (elektron) ta’lim shaklini tatbiq etishda bu-
    gungi kunda ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan peda-
    gog – o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish maq-
    sadida o‘quv mashg‘ulotlarni videodarslar, videoma’ruza 
    kontentlarni tayyorlash, foydalanish mexanizmlari yo‘lga 
    qo‘yib kelinmoqda. Ushbu amaliy jarayonlarda o‘qituvchilar 
    uchun metodik tavsiyalar berilmagani bois masofaviy ta’lim 
    jarayonida videodarslar, videoma’ruzalarni tayyorlash 
    ishlarida bir qator kamchiliklar kuzatilmoqda. Videoma’ruza 
    yoki videodars – bu ta’lim mashg‘ulot jarayonining bir qismi
    hisoblanib, bilim oluvchi videodars, videoma’ruza orqa-
    li an’anaviy ta’lim shaklida o‘qituvchi tomonidan taqdim 
    etilayotgan o‘quv materialga qo‘shimcha ma’lumot sifatida 
    o‘quvchining axborotni qisqa vaqt mobaynida to‘laqonli 
    o‘zlashtirishga yordam beradi. 
    Pedagogik o‘quv amaliyotda video kontentlardan foyda-
    lanish odatda, videoma’ruza shaklida o‘quvchilarga o‘quv 
    axborot yetkazilib, bunda asosan o‘quv mashg‘ulotning nazariy 
    bilimlarigagina e’tibor beriladi. Shuningdek, ushbu o‘quv 
    ma’ruzani yetkazilish formati taqdimot ko‘rinishida moni-
    tor ekrani yordamida amalga oshiriladi. Bu amaliy jarayon-
    da o‘qituvchi tomonidan o‘quv mashg‘ulot ssenariysi asosida 
    taqdimot tayyorlanadi. 
    Taqdimot tayyorlashda MS PowerPoint yoki Prezi kabi 
    pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish orqali bilim 
    oluvchiga axborot yetkaziladi. Taqdimotlar muayyan maqsad 
    doirasida auditoriyaga yo‘naltirilgan ko‘rgazmali vositalar 
    yordamida taqdim qilinadi. 



    Download 6.98 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 6.98 Mb.
    Pdf ko'rish