IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
100
Performance testing(ijroni yoki dasturiy ta’minotning ishlash jarayonini
testlash) –
bu dasturiy ta’minotni amaliyotga tadbiq qilish jarayonidagi testlashning
so’nggi bosqichi bo’lib bunda asosiy e’tibor dasturning barcha mayda detallarini
ham inobatga olgan holda testlash lozim bo’ladi.
III.
Foydalanuvchi tomonidan testlash(user testing)
Bunda foydalanuvchi yoki iste’molchi dasturiy mahsulotdan foydalanish
davomida yuzaga kelgan muammolar bo’yicha o’z fikr va maslahatlari bergan holda
testlash jarayonini amalga oshiradi. Deyarli barcha tizimlar uchun dasturchi va ishga
tushirish davomida olib borilgan testlashning o’zi yetarli bo’lib qolmaydi. Chunki
murakkab tizimlarda shunday vaziyatlar bo’ladi-ki, faqatgina foydalanuvchi yoki
mijoz dasturiy mahsulotdan foydalanayotgan vaqtda muammolar yuzaga keladi. Shu
jihati bilan ham testlashning ushbu bosqichi muhim hisoblanadi. Buning ham bir
necha usullari mavjud:
a)
Alfa testlash –
bunda foydalanuvchi dasuturiy ta’minotni ishlab
chiqaruvchi jamoa bilan birga faoliyat olib borgan holda testlashni
amalga oshiradi.
b)
Beta testlash –
dasturiy ta’minotning ma’lum bir funksiyalari
foydalanuvchilar testlashlari uchun ochiq bo’ladi va ular testlash
jarayonini o’z kasbiy vazifalarini bajara turib amalga oshiradilar.
c)
Tasqidlovchi testlash –
bunda foydalanuvchi dasturiy ta’minotni izchil
o’rganib uni o’zining ish jarayoni uchun tadbiq qilish mumkin yoki
mumkin emasligi haqida yakuniy qarorni qabul qiladi.