IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI  52




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/74
Sana23.05.2024
Hajmi3,31 Mb.
#251667
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
ba599f45c395a4899ef9bf40544d90a5

 


IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
52 
Rossiya milliy kutubxonasi 
Rossiya milliy kutubxonasi 1795 yil 27 mayda tashkil topgan bo‟lib, 
imperator Yekaterina II buyrug‟i asosida 1814 yil 14 yanvarda kitobxonlar uchun 
ochiq deb e‟lon qilingan.
Rossiya milliy kutubxonasi Rossiya xalqining eng yirik tarixiy va madaniy 
xazinasini, milliy va dunyoviy madaniyatning qo‟lyozma yodgorliklarini o‟zida 
jamlagan bo‟lib, jahondagi eng to‟liq ko‟rinishga ega Rossiya(Rossika) haqida va 
rus xalqiga oid kitoblar kolleksiyasini, barcha tillarda yig‟ilgan noyob 
kolleksiyalarni, sa‟nat nashrlarini, karotgrafik va nota-musiqali nashrlarni hamda 
zamonaviy formatdagi boshqa turli hujjatlarni saqlab kelmoqda. Axborot-resurs 
fondi 35 million nomdagi hujjatlarni tashkil qiladi. 
Noyob qo‟lyozmalar to‟plamiga ega ekanligi, hujjatlarni bosma hamda 
ularning turli formatdagi ko‟rinishlari va tarixiy-madaniy urf-odatlarni saqlab 
kelishi kutubxonani jahon milliy kutubxonalar qatoridan joy egallashi, beshta yirik 
kutubxonalar tarkibiga ya‟ni Britaniya kutubxonasi, Fransiya milliy kutubxonasi, 
xalqaro kutubxonalar assotsotsiyasi va tashkiloti (IFLA), milliy kutubxonalar 
direktorlari konferensiyasi (CDNL), Yevropa milliy kutubxonalar konferensiyasi 
(CENL), Yevropa ilmiy kutubxonalar konsortsiumi (CERL), Yevropa ilmiy 
kutubxonalar ligase (LIBER) ga kirgani Rossiya milliy kutubxonasining 
ko‟pqirrali faoliyati natijasidir. 
 
Kutubxona tashkiliy ta’minoti va boshqaruvi 
Kutubxona tashkiliy ta‟minotini va kutubxona boshqaruvi tuzilmasini 
rivojlantrish quyidagi faktorlarga asosan shakllantiriladi: 

Kutubxona barcha kutubxona bibliografik va axborot faoliyatining ilmiy-
uslubiy kompleksini texnik va texnologik modernizatsiyalash; 

Asosiy resurslar(fondlar, axborot-ma‟lumot apparati, xodimlar, moddiy 
resurs va jihoslar)ni har bir bino mutaxassislik sohasiga qarab joylashtirish 
va ko‟chirib o‟tkazish. 
Rossiya milliy kutubxonasi rivojlangan chet el mamlakatlari milliy 
kutubxonalar tashkiliy ta‟nimotini o‟rgangan va yangi innovatsion texnologiyalarni 
tatbiq etgan holda tashkiliy tuzilmasining maqsad va vazifalarini belgilaydi: 

Asosiy kutubxona jarayonlarini bajarish ya‟ni yangi kelgan adabiyotlarni 
butlash, ularni ilmiy qayta ishlash va kataloglashtirish, korporativ yig‟ma 
elektron katalog yaratish, fondni saqlash va ulardan foydalanishni samarali 
boshqarish; 

Foydalanuvchilarga xizmat ko‟rsatish ya‟ni o‟quv zallar (maxsus fondlar 
va bo‟limlarga qarashli sohaviy hamda universal) tizimi, rus va xalqaro 
kutubxona abonementi, axborot-bibliografik ma‟lumot xizmati, tarmoq 
resurslaridan foydalanish asosida interaktiv xizmat ko‟rsatish. 

Rossiya Federatsiyasi, xalqaro aloqalar va jamoat tashkilotlarida asosiy 
kutubxonachilik rivoji va faoliyati sohasini ilmiy va ilmiy-metodik 
tomondan ta‟minlash; 


IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
53 

Tahririyat-nashriyot ishini, madaniyat va ta‟lim yo‟nalishini to‟g‟ri yo‟lga 
qo‟yish; 

Rossiya milliy kutubxonasi faoliyatining moliyaviy, iqtisodiy, yuridik, 
axborot va kadrlar ta‟minotini ta‟minlash; 

Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizim kompleksi yordamida xizmat 
ko‟rsatish; 

Rossiya milliy kutubxonasi binodan foydalanish ya‟ni injiner-texnik, 
moddiy-texnik, xo‟jalik ishlari bo‟yicha xizmat ko‟rsatish, obyektlarni 
qo‟riqlash va xafvsizligini ta‟minlash. 

Tashkiliy ta‟minot boshqaruvini optimallashtirish asosida administrative 
boshqaruvni yo‟lga qo‟yish. 
Kutubxona rivojlanish jarayonida uning asosiy yo‟nalishlari faoliyatini yoki 
texnologik funksiyalarini kengaytirish, xodimlar vazifasi va ularga qo‟yiladigan 
talablar adminstrativ boshqaruv kabi tashkiliy boshqaruv hamda kutubxona 
tashkiliy ta‟minotiga ta‟sir ko‟rsatadi. 
Rossiya milliy kutubxonasining ishlab chiqilgan tashkiliy ta‟minoti iyerarxik 
model ko‟rinishida tuzilgan bo‟lib, samaradorlikni, (bo‟lim, sektor, guruh)lar 
butunligini va boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta‟minlaydi. Jumladan, tashkiliy 
ta‟minot milliy kutubxona axborot resurslarini va federal ilmiy-metodik hamda 
axborot markazining (kutubxona fondlarini saqlash bo‟yicha milliy dastur doirasi, 
retrospektiv bibliografiya milliy dasturi, RUSMARC formati asosida yaratilgan 
tizim rivojining xizmat ko‟rsatish va boshqalar) funksiyalarini bajaradi. 

Download 3,31 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI  52

Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish