• Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Teatr sahnalashtirish faoliyatining tamoyillari




    Download 23.65 Kb.
    bet1/2
    Sana10.12.2022
    Hajmi23.65 Kb.
    #34009
      1   2
    Bog'liq
    03.TEATR SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINING TAMOYILLARI
    Buyruq, Aslzoda, SkHifIeccDAacAm44WzHFRKiTWLIuFqtnXJ1BOfC (1)



    TEATR SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINING TAMOYILLARI


    Reja:
    1.Teatr sana’ti haqida
    2.Teatr sahnalashtirish faoliyati
    3.Teatr sahnalashtirish faoliyati tamoyillari

    Teatr deganda, avvalambor san'atning kattakon bir turini tushunamiz. Shu bilan birga teatr - bu tomosha - spektaklning o'zi; tomosha ko'rsatiladigan joy, spektakl qo'yiladigan bino hamdir. Hech bir san'at teatr o'rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to'p iste'dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo'ladi. Sahna asarining ta'siri juda kuchli. Sababi nimada?


    Teatr san'ati hayotni, voqea-hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti- harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Bunda yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa yoki librettoga tayaniladi. Pyesani rejissyor sahnalashtiradi: rollarni aktyorlarga taqsimlab beradi, ular bilan mashqlar o'tkazadi, rassom, libos tikuvchi, nur sozlovchi, musiqa tanlovchi (yoki kompozitor) va boshqalar bilan ish olib boradi. Pirovardida ko'pchilik bo'lib tayyorlangan sahna
    asari tomoshabinga ko'rsatiladi. Aktyorlar sahnada yuz berayotgan voqealarga berilib, har xil fe'l-atvorli kishila rning qiyofalarini gavdalantiradilar,
    tomoshabinlarni sezib tursalar ham, sezmaslikka olib o'ynaydilar. Sahnada hayot, voqelik birmuncha bo'rttirib aks ettiriladi.
    Teatr san'atining turlari ko'p. Bular - drama teatri, opera, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar teatri, qo'g'irchoq teatri, radio teatr, televizion teatr, estrada teatri, maydon teatridir. Teatr asarlarining janrlarini aytmaysizmi? Asosiylari: drama, tragediya, komediya. Ammo teatr yo'nalishi, turiga bog'liq holda ular ko'payib ketadi. Chunonchi, fars, buffonada, tragikomediya, xronika, myuzikl, tarixiy drama, ertak-pyesa, folklor-etnografik tomosha, sahnaviy hazil kabi janrlar bor.
    Teatr juda qadim zamonlarda paydo bo'lgan. Ibtidoiy jamiyatdagi mehnat va dunyoqarashlar bilan bog'liq marosimlar va o'yinlardayoq teatrning boshqa bir qiyofani gavdalantirish, taqlid qilish, niqob, «ezgu» va «yovuz» kuchlarning o'zaro tortishuvini ko'rsatish, dialog kabi unsurlari paydo bo'lib, mukammallashib borgan. Teatrning sof tomosha shaklida ko'rinishi dastlab qadimgi Sharqda yuz bergan. Hindiston, O'rta Osiyo, Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Birma, Vyetnamda teatr tomoshalarining xilma-xil shakllari yaratilgan. Teatr miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda paydo bo'lgan. Yunon teatri davlat tomonidan uyushtiriladigan bayramlarda ko'rsatilgan.
    Shundan boshlab teatr san'ati juda katta taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Dramaturgiya, aktyor ijrochiligi rivojlanib borgan. Rejissyorlik paydo bolgan. Usti ochiq maydon teatrlari o'mini usti yopiq teatr binolari egallagan. Sahnaning ko'rinishi, texnikasi o'zgarib borgan. Ij'rochilik, sahnalashtirish uslublari yangilanib turgan.
    O'zbek teatri ham uzoq tarixga ega bo'lib, uning dastlabki ko'rinishlari ibtidoiy jamoa davriga borib taqala- di.Miloddan avvalgi 7 - 6-asrlarda ajdodlarimiz
    zardushtiylik (otashparastlik) bilan bog'liq holda o'ziga xos teatr yaratganlar. Miloddan avvalgi 5-asrda Oyxonim, Shahri G'ulg'ula, Nusay shaharlarida yunon shaklidagi maxsus teatr binolari qurilgan va ularda qadimgi yunon dramaturgi Yevripid tragediyalari o'ynalgan. Kushon davlatida Budda dini bilan bog'liq bo'lgan turli teatrlashgan tomoshalar rasm bo'lgan. Mahalliy teatr, ayniqsa, 5 - 7-asrlarda yaxshi rivojlangan. Yurtimizdan chiqqan cholg'uchilar, o'yinchilar, raq- qosalar, xonandalar Buyuk Ipak yo'li orqali qo'shni yurtlarga safar qiladilar.
    Xitoy yilnomalarining ko'rsatishicha, san'atkorlarimiz shahanshoh saroyida mustahkam o'rnashadilar.
    Teatr san'ati, bir muncha boshqa shakllarda bo'lsa-da, musulmonlik davrida ham yashab kelgan. Xususan, 9-12 hamda 14-15-asrlarda Movarounnahr, Xorazm va Farg'ona o'lkalarida san'at, shu jumladan teatr san'ati o'ziga xos shakllarda taraqqiy etdi. Qissaxonlar, voizlar, maddohlarning ma'rakalari, masxara, taqlidchi, zariflarning chiqishlari aholi madaniy hayotida muhim o'rin tutgan. Ayniqsa, Amir Temur, Temuriylar davrida tomosha san'atlari, har xil bayramlar keng rasm bo'lgan. Teatrning uch turi yaxshi shakllangan: hikoya teatri (qissaxonlik, voizlik, maddohlik); kulgu teatri (masxara, taqlid, zarofat); qo'g'irchoq teatri (chodir jamol, chodir xayol, fonus xayol). Samarqand, Shahrisabz va Hirotda o'tkazilgan bayramlarda qadimiy niqoblar bilan o'ynaladigan tomoshalar ham tiklangan.
    16-asrdan Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari vujudga kelgach, tomosha sarTatida ham o'zgarishlar yuz berdi. Bir-biridan farq qiluvchi Buxoro masxarabozligi, Xorazm masxarabozligi, Farg'ona qiziqchiligi maydonga keldi. Fanda bular an'anaviy o'zbek teatri, deb nom olgan.
    An'anaviy teatrning shakllari, namunalari butun 20-asr davomida yashab, bizning davrimizgacha yetib kelgan. Shu kunlarda ham o'z uyushmalariga ega bo'lgan yohud yakka holda ijod qiluvchi bir qator iste'dodli qiziqchilar bo'lib, ular malum darajada qadimgi teatr an'analarini davom ettirib kelmoqdalar.
    20-asr boshidan jadidlar yangi o'zbek teatrini yaratish harakatiga tushdilar. Natijada 1914-yilda Samarqand va Toshkentda Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush» nomli dramasini sahnalashtirish bilan ish boshlagan yangi teatrlar maydonga keldi. Hamza nomi berilgan hozirgi O'zbek davlat akademik teatri «Turon» teatri negizida maydonga kelgan. Keyinroq O'zbek musiqali teatri (1929), Navoiy nomidagi O'zbek davlat katta akademik opera va balet teatri (1939), Muqimiy nomidagi O'zbek davlat musiqali drama va komediya teatri (1939), 20-30- yillarda viloyat teatrlari, Qo'qon va Kattaqo'rg'on shahar teatrlari tashkil topdi. Toshkentda Abdulla Qahhor nomida satira teatri bor. Qisqasi, hozir (1998) jonajon mamlakatimizda 36 ta teatr, teatr studiyasi, 40 dan ziyod xalq teatri ishlab turibdi. Davlat teatrlarida to'rt mingdan ortiq malakali san'atkorlar ishlaydi.
    Bolalar xizmat qiluvchi maxsus teatrlar ham bor. Agar siz sevimli qahramonlaringizni ko'rishni, ular bilan birga har xil ajoyibotlarni boshdan kechirishni istasangiz, Toshkentda 1928 - 29 yillarda tashkil topgan, hamon ishlab kelayotgan, ikki til (rus va o'zbek)da ijod qilayotgan Yosh tomoshabinlar teatrlariga boring. Hozir Abror Hidoyatov nomi bilan yuritiluvchiToshkentdrama teatri (1976-yilda tashkil topgan) o'spirinlar va yoshlarga xizmat qiladi. Andijonda esa Abbos Bakirov nomidagi viloyat yoshlar va bolalar teatri ishlab turibdi. Toshkent Respublika davlat qo'g'irchoq teatri (1939), Andijon, Buxoro, Samarqand, Xiva, Farg'ona, Namangan, Qarshi shaharlarida ham qo'g'irchoq teatrlari faoliyat ko'rsatib kelmoqda
    1890-yilda mashhur shvetsiyalik sanoatchisi Alfred Nobel "Dunyo ideallarini taqdirlash" mukofotini ta'sis etish niyati borligini ma'lum qilgan. Nobel hayotining so'nggi kunlarida bir qancha vasiyatnomalar tuzgan, ularda Nobel yaqinlariga qoldiradigan merosning miqdorini kamaytirib, Stokgolm fanlar Akademiyasiga taqdim etilishi kerak bo'lgan meros miqdorini oshirib borgan. O'z zamonining eng badavlat insonlaridan biri bo'lgan Nobel "Meros qilib qoldirilgan ko'p miqdordagi boylik naslning intellektual salohiyatining pasayib ketishiga olib keladi",- deb ta'kidlagan. O'zining so'nggi vasiyatnomasini millioner 1895-yilning 27-martida tuzgan. Lining mazmuni bilan yaqinlari 1897-yilning aprelida, vasiyatnoma ochilgan vaqtda xabar topganlar. Hujjat mazmuni ularni karaxt holga olib keldi. Nobel yaqinlariga uncha katta bo'lmagan summani qoldirgan, qolgan kapitalini esa beshta teng bo'lakka bo'lingan. Ushbu pullardan keladigan foizlar quyidagilarga ajratilishi kerak bo'lgan: 1900-yilning 20-mayida Shvetsiya qiroli tomonidan fondning ustavi o'rnatilgan. Pullar foyda keltiruvchi tashkilotlarga maqsadli qarz va davlat obligatsiyasi ko'rinishda berilgan. Ulardan kelib tushadigan foizlar Nobel mukofoti nomzodlariga har yilgi mukofot pulini berish imkonini yaratadi. Taqdirlash marosimi 10-dekabr — Alfred Nobelning vafot etgan kuni o'tkaziladi. Dunyo
    bo'ylab tarqalgan fakt, matematika o'qituvchilariga mukofotning berilmasligining sababi Nobelning shaxsiy hayoti bilan hech qanday bog'liqlik jihati yo'q. Nobel mukofot aniq sohani rivojlantiruvchi va hayotni yengillashtiruvchi ixtirolarga berilishi kerak deb
    hisoblagan. Matematika esa abstrakt ilm sifatida chetda qolgan.
    27-mart Xalqaro teatr kuni
    Inson ma'naviyatini tarbiyalashda teatr san'atining o'rni beqiyos. Zero san'at insonni ma'naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi. 27 mart - Xalqaro teatr kuni 1961 yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo'lib o'tgan IX kongressida ta'sis etilgan edi. Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27-mart kuni teatr san'ati hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Xo'sh, teatr nima o'zi? Bu tushunchaning ma'nosi keng. Teatr deganda, avvalambor san'atning kattakon bir turini tushunamiz. Shu bilan birga teatr - bu tomosha - spektaklning o'zi; tomosha ko'rsatiladigan joy, spektakl qo'yiladigan bino hamdir. Hech bir san'at teatr o'rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to'p iste'dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo'ladi. Sahna asarining ta'siri juda kuchli. Teatr san'ati hayotni, voqea- hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti-harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Bunda yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa yoki librettoga tayaniladi. Pyesani rejissyor sahnalashtiradi: rollarni aktyorlarga taqsimlab beradi, ular bilan mashqlar o'tkazadi, rassom, libos tikuvchi, nur sozlovchi, musiqa tanlovchi (yoki kompozitor) va boshqalar bilan ish olib boradi. Pirovardida ko'pchilik bo'lib tayyorlangan sahna asari tomoshabinga koYsatiladi. Aktyorlar sahnada yuz berayotgan voqealarga berilib, har xil fe'l-atvorli kishilarning qiyofalarini gavdalantiradilar, tomoshabinlarni sezib tursalar ham, sezmaslikka olib o'ynaydilar. Sahnada hayot, voqelik birmuncha bo'rttirib aks ettiriladi.Teatr san'atining turlari ko'p. Bular - drama teatri, opera, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar teatri, qo'g'irchoq teatri, radio teatr, televizion teatr, estrada teatri, maydon teatridir Asosiylari: drama, tragediya, komediya. Ammo teatr yo'nalishi, turiga bog'liq holda ular ko'payib ketadi. Chunonchi, fars, buffonada, tragikomediya, xronika, myuzikl, tarixiy drama, ertak-pyesa, folklor-etnografik tomosha, sahnaviy hazil kabi janrlar bor.Teatr juda qadim zamonlarda paydo bo'lgan. Ibtidoiy jamiyatdagi mehnat va dunyoqarashlar bilan bog'liq marosimlar va o'yinlardayoq teatrning boshqa bir qiyofani gavdalantirish, taqlid qilish, niqob, «ezgu» va «yovuz» kuchlarning o'zaro tortishuvini ko'rsatish, dialog kabi unsurlari paydo bo'lib, mukammallashib borgan. Teatrning sof tomosha shaklida ko'rinishi dastlab qadimgi Sharqda yuz bergan. Hindiston, O'rta Osiyo, Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Birma, Vyetnamda teatr tomoshalarining xilma-xil shakllari yaratilgan. Teatr miloddan avvalgi V asrda Yunonistonda paydo bo'lgan. Yunon teatri davlat tomonidan uyushtiriladigan bayramlarda ko'rsatilgan.Shundan boshlab teatr san'ati juda katta taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Dramaturgiya, aktyor ijrochiligi rivojlanib borgan. Rejissyorlik paydo bo'lgan. Usti ochiq maydon teatrlari o'mini usti yopiq teatr binolari egallagan. Sahnaning ko'rinishi, texnikasi o'zgarib borgan. Ijrochilik, sahnalashtirish uslublari yangilanib turgan.O'zbek teatri ham uzoq tarixga ega bo'lib, uning dastlabki ko'rinishlari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaldi. Miloddan avvalgi VI-VII asrlarda ajdodlarimiz zardushtiylik (otashparastlik) bilan bog'liq holda o'ziga xos teatr yaratganlar. Miloddan avvalgi 5- asrda Oyxonim, Shahri G'ulg'ula, Nusay shaharlarida yunon shaklidagi maxsus teatr binolari qurilgan va ularda qadimgi yunon dramaturgi Yevripid tragediyalari o'ynalgan. Kushon davlatida Budda dini bilan bog'liq bo'lgan turli teatrlashgan tomoshalar rasm bo'lgan. Mahalliy teatr, ayniqsa, V-VII asrlarda yaxshi rivojlangan. Yurtimizdan chiqqan cholg'uchilar, o'yinchilar, raq- qosalar, xonandalar Buyuk Ipak yo'li orqali qo'shni yurtlarga safar qiladilar. Xitoy yilnomalarining ko'rsa- tishicha, san'atkorlarimiz shahanshoh saroyida mus- tahkam o'rnashadilar.Teatr san'ati, bir muncha boshqa shakllarda bo'lsa-da, musulmonlik davrida ham yashab kelgan. Xususan, 9-12 hamda XIV-XV asrlarda Movarounnahr, Xorazm va Farg'ona o'lkalarida san'at, shu jumladan teatr san'ati o'ziga xos shakllarda taraqqiy etdi. Qissaxonlar, voizlar, maddohlarning ma'rakalari, masxara, taqlidchi, zariflarning chiqishlari aholi madaniy hayotida muhim o'rin tutgan. Ayniqsa, Amir Temur, Temuriylar davrida tomosha san'atlari, har xil bayramlar keng rasm bo'lgan. Teatrning uch turi yaxshi shakllangan: hikoya teatri (qissaxonlik, voizlik, maddohlik); kulgu teatri (masxara, taqlid, zarofat); qo'g'irchoq teatri (chodir jamol, chodir xayol, fonus xayol). Samarqand, Shahrisabz va Hirotda o'tkazilgan bayramlarda qadimiy niqoblar bilan o'ynaladigan tomoshalar ham tiklangan.l6-asrdan Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari vujudga kelgach, tomosha san'atida ham o'zgarishlar yuz berdi.
    Bir-biridan farq qiluvchi Buxoro masxarabozligi, Xorazm masxarabozligi, Farg'ona qiziqchiligi maydonga keldi. Fanda bular an'anaviy o'zbek teatri, deb nom olgan.An'anaviy teatrning shakllari, namunalari butun 20- asr davomida yashab, bizning davrimizgacha yetib kelgan. Shu kunlarda ham o'z uyushmalariga ega bo'lgan yohud yakka holda ijod qiluvchi bir qator iste'dodli qiziqchilar bo'lib, ular malum darajada qadimgi teatr an'analarini davom ettirib kelmoqdalar.
    Teatr-o‘yin faoliyati turlari xilma-xil va har biri o‘zicha qiziqarli. Bolalar maqtanchoq xo‘rozchani yoki boshqa jonivorlarni o‘ynash va o‘zini artis sifatida his qilishga qiziqadi. Teatr faoliyati – bola nutqini rivojlantirish uchun bitmas-tuganmas xazina. She’riy asarlarni “o‘ynash”dan ish boshlab, sahnalarga o‘tiladi, ishning yuqori cho‘qqisi drama (sahna) lashtirish hisoblanadi, bunda bolalar qahramonning xarakterini ochmib bergani holda savodli gapirishi lozim. So‘zni sahna harakatlari bilan birlashtirish murakkab, ayniqsa tortinchoq bolalar uchun juda murakkab ish sanaladi. Tarbiyachi uchun bevosita ta’limiy faoliyatni amalga oshirish, nutqni rivojlantirish muhim, sahnalar kichik spektakllarga o‘xshashi kerak. Bunda tarbiyachi bosh rolni o‘ynaydi, bolalar esa artist bo‘lishga o‘rganadi.Bu jarayonda qo‘g‘irchoqlar, ayiqchalar va sh.k. jonlanadi. Bolalar o‘ynaydi, niqoblar kiyadi, turli jonivorlarga aylanadi, o‘rmonda bo‘ladi, bizni stol-stullar emas, balki ertaklar mamlakati o‘rab turadi. Tomoshaga tayyorgarlik jarayonida ham bolalarning o‘zi qatnashadi. Bunda tomoshaning mazmuni, bayram muhitini tashkil qilish masalalari muhokama qilinadi, rollar taqsimlanadi. Bolalar ishtirokchi (artist) bo‘lganida ularning faol nutqi namoyon bo‘ladi va mashq qildiriladi.
    Hamma vaqt va hamma sharoitda yaxshi gapirish uchun nafaqat gapirishni bilish, balki omma oldida, notanish tinglovchilardan uyalmasdan gapira olishga odatlanish talab qilinadi.
    Boy ichki dunyo egalari, nutqni mukammal egallagan, ammo shu qadar uyatchan, o‘ziga ishonmaydigan, omma oldida nutq so‘zlashga odatlanmagan kishilar uchraydiki, ikki-uchta notanish kishining borligi ularning lom-mim deyolmay qolishiga sabab bo‘ladi. Bunga qarshi kurashish, bolalarda o‘zi va o‘z kuchiga ishonchni rivojlantirish zarur. Omma oldida nutq so‘zlash odatini insonda kichik yshdan notanish auditoriya oldida nutq so‘zlashga o‘rgatish yo‘li bilan shakllantirish mumkin. Buni teatrlashtirilgan faoliyatda ajoyib tarzda amalga oshirish mumkin. Bola MTTda umum (ko‘pchilikning) ishida qatnashayotganini anglab yetishi, ularning xatti-harakati hammada qiziqiy uyg‘otayotgani, bundan boshqalar manfaatdor ekani, ular hammani qiziqtirishi mumkin va kerak bo‘lgan harakatlarni amalga oshirayotganini tushunib yetishi juda muhim. Kichik sahnalarni o‘ynab, boshqa qiyofalarga kirib, bolalar nutqini sayqallashtiradi, ularda o‘ziga ishonch, topqirlik rivojlanadi, ijod uchun imkoniyatlar ochiladi.
    Zamonaviy olamda, ezgu hislar va hamdardlik, hamkechinmalikka kam o‘rin qolayotgan bir davrda, aynan teatrlashtirilgan faoliyat maktabgaa ta’lim yoshidagi bola tarbiyasi uchun juda zarur, zero u bolada ezgu hislar uyg‘otadi va yorug‘liq urug‘larini shakllantiradi, pedagoglarga bolaning emotsional sohasiga murojaat qilish, “hislarni tarbiyalash” bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Aynan teatrlashtirilgan faoliyat, san’atning amaliy turi sifatida, ham tarbiya, ham ta’lim uchun katta imkoniyatlarga ega va shaxsni tarbiyalash imkonini yaratadi. Aynan u bolani to‘laqonli qiziqtirishi, uni yanada jur’yatli, faol qila oladi. Teatrlashtirilgan faoliyat bolaning barcha qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bola aqlan, jismonan va, eng muhimi, emotsional rivojlanadi. Pedagog uchun teatrlashtirilgan faoliyat zarur va u bilan imkon qadar erta, ikkinchi kichik guruhdan boshlab shug‘ullanish kerak,shunda tayyorlov guruhiga kelib o‘zimiz kutgan natijaga erishamiz.
    Qo’g’irchоq teatrida xatti-harakat, qisqa matn asоsiy o’rinni egallaydi. Qo’g’irchоq teatrining dunyoda tanilgan quyidagi turlarini alоhida ajratib ko’rsatish mumkin: bular - qo’lga kiyib o’ynatiladigan qo’lqоpli qo’g’irchоqlar (perchatоchno’e), ip bilan bоshqariladigan (mariоnetkalar), sоyasi tushadigan (tenevоy, trоstli, planshetli, оchiq usulda bоshqariladigan va niqоb qo’g’irchоq tоmоshalari.

    Qo’g’irchоq teatrining muhim tarixiy hususiyatlaridan biri shuki, u Оsiyo, yevrоpada ham tо XX asrgacha asоsan an`anaviy shakllarda yashab kelgan.


    Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo'lib, ularning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Masalan, yozuvchining she'ri va rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat bolalarni ongli tomondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uning shakli, kattakichikligini, qismlarning joylashishi, rangini bilish kerak bo'ladi. Bu jarayonda ko'rish, sezish, qo'l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi. Bolalar predmet va hodisalarni kuzatish va ko'rib chiqish jarayonida predmetni katta-kichik guruhlarga bo'lib, uning shaklini o'zgartirib, rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog'oz, bo'r, bo'yoqlar) bilan ularning o'ziga xos xususiyatlari, ular bilan ishlash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarning aqlan o'sishiga sabab bo'ladi.
    Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari (tahlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish)ning rivojlanishiga imkon beradi, bu, o'z navbatida, bolalarning oqilona o'sishiga olib keladi. Bu jarayonda bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga oshirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati katta. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning o'ziga xos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularning farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa bolalarni sensor tarbiyalashga, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. Chunki bolalar o'z ishlarida bizning hayotimizda, jamiyatda bo'layotgan voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo'ladilar, hayajonlanadilar.
    Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari -boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarda birbiriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlar tarbiyalanadi. Bolalarda, ishni baholash jarayonida, bolalarni o'rtoqlarining ishiga nisbatan real munosabatda bo'lish, to'g'ri baholash, o'z ishidan va o'rtoqlarining ishidan xursand bo`lish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
    Tasviriy faoliyat bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyat hisoblanadi. Bolalarda mehnat ko'nikmalarini o'stirish, tarbiyalash kerak, faqat navbatchilik orqali ba'zi bolalarda emas, balki, har bir bolada. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish, bu estetik sezgining bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - bu rangi, ritmi, proportsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilmaxilligini sezsa yoki his etsa, u shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand bo'ladi.
    Bolalar ongiga milliy urf-odatlarimizni, an’analarimizni singdirishda‚ ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda‚ tevarak-atrofda bо‘layotgan voqea hodisalarni, о‘zini odobidagi ahloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab avaylash, unga mehr uyg‘otishda qо‘g‘irchoq teatrlarini sahnalashtirish ahamiyati kattadir. Chunki sahnalashtirishda tomoshabinlar tomoshalarni faqat kо‘rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar ertaklarni sahnalashtirishini kо‘rganlaridan sо‘ng, qahramonlarning harakati, axloqi, odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka‚ xayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish tо‘yg‘usini tarbiyalaydi. Bolalar bilan birgalikda ertaklarni sahnalashtirish orqali ertak qahramonlarining (“Oltin tarvuz”, “Zumrad va Qimmat”) о’ziga xos xususiyatlari aniqlanadi, ularga mos xatti-harakatlarni ijroda qanday aks ettirish kerakligi haqida fikrlanadi, sahna nutqini (ifodali,aniq talaffuz), sahnada harakat erkinligi, sо‘z va harakat uyg‘unligi tarbiyalanadi.
    Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, ularning bolalarga ta’siri ham har xil bо‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar о’rtasidagi о‘xshashlikni taqqoslash orqali о‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga kо’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni о‘qishda tarbiyachidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 

    Download 23.65 Kb.
      1   2




    Download 23.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Teatr sahnalashtirish faoliyatining tamoyillari

    Download 23.65 Kb.