Tegidan tashqari bu bo’limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va




Download 29.56 Kb.
bet2/4
Sana17.01.2023
Hajmi29.56 Kb.
#38481
1   2   3   4
Bog'liq
Html tili haqida ma\'lumot
Elekrotexnika, elektronika va raqamli sxemotexnika, Firibgarlardan himoya qilish uchun maslahatlar va tavsiyalar 5a3094a51d
HTML – hujjat tuzilishi
HTML (Hyper Text Markup Language) – belgili til bo’lib, ya'ni bu tilda yozilgan kod o’z ichiga mahsus ramzlarni mujassamlashtiradi. Bunday ramzlar hujjat ko’rinishini faqatgina boshqarib, o’zi esa ko’rinmaydi. HTMLda bu ramzlarni teg (teg – yorliq, belgi) deb ataladi. HTMLda hamma teglar ramz-chegaralovchilar (< , >) bilan belgilanadi. Ular orasiga teg identifikatori (nomi, masalan B) yoki uning atributlari yoziladi. Yagona istisno bu murakkab chegaralovchilar () yordamida belgilanuvchi sharxlovchi teglardir.
Aksariyat teglar jufti bilan ishlatiladi. Ochuvchi tegning jufti yopuvchi teg. Ikkala juft teg faqatgina yopuvchi teg oldidan «slesh» (“/”) belgisi qo’yilishini hisobga olmaganda, deyarli bir xil yoziladi. Juft teglarning asosiy farqi shundaki, yopuvchi teg parametrlardan foydalanmaydi. Juft teg yana konteyner deb ham ataladi. Juft teglar orasiga kiruvchi barcha elementlar teg konteyneri tarkibi deyiladi. Yopuvchi tegda zarur bulmagan bir qator teglar mavjud. Ba'zida yopuvchi teglar tushirib qoldirilsa ham zamonaviy brauzerlar aksariyat hollarda hujjatni to’g’ri formatlaydi, biroq buni amalda qo’llash tavsiya etilmaydi. Masalan, rasm qo’yish tegi , keyingi qatorga o’tish
, baza shriftini ko’rsatish va boshqalar o’zining ,
va hokazo yopuvchi juftlarisiz yozilishi mumkin. Noto’g’ri yozilgan tegni yoki uning parametri brauzer tomonidan rad kilinadi. (bu brauzer tanimaydigan teglarga ham taalluqli). Masalan, teg-konteyneri faqatgina freymlarni taniydigan brauzer tomonidan hisobga olinadi. Uni tanimaydigan brauzer tegini tushunmaydi.
Teglar parametr va atributlarga (inglizcha. attribute) ega bo’lishi mumkin. Ruxsat etilgan parametrlar yig’indisi har-bir teg uchun individualdir. Parametrlar quyidagi qoida asosida yoziladi:
Teg nomidan so’ng probellar bilan ajratilgan parametrlar kelishi mumkin;
Parametrlar ixtiyoriy tartibda keladi;
Parametrlar o’zining nomidan keyin keluvchi «=» belgisi orqali beriluvchi qiymatlarga ega bo’lishi mumkin.
Odatda parametrlar qiymati « » - «qo’shtirnoq» ichida beriladi.
Parametr qiymatida ba'zan yozuv registri muhim.
Agar parametr mohiyatida probel ishtirok etgan bo’lsa, u holda qavs, albatta yoziladi. Parametr mohiyatida (teg va parametrlar nomidan farqli ravishda) ba'zida yozuv registri muhim bo’ladi. Tegning parametr bilan yozilishiga misol:
Bu erda
tegi uchun ikkita parametr berilgan. Moxiyatsiz ko’rsatilgan birinchi parametr BORDER. Ikkinchi parametr ALIGN left mohiyatiga ega. Shuni esda tutish lozimki, hamma teglar o’zining individual parametriga ega bo’lishiga qaramay, shunday bir qator parametrlar mavjudki, ularni bo’limining barcha teglarida ishlatish mumkin. Bu parametrlar CLASS, ID, LANG, LANGUAGE, STYLE va TITLE lardir. Parametrlar CLASS, ID, STILElar Internet Explorerning 3.0 versiyasidan boshlab va Netscapening 4.0 versiyasidan boshlab quvvatlanib keladi. Bu parametrlar uslub (stil) lardan fodalanilganda kerak bo’ladi. Parametrlar LANG, LANGUAGE, TITLE lar faqat Internet Explorerning 4.0 versiyasidan boshlab quvvatlanib keladi. Bu parametrlar mos kelgan foydalanadigan tillarni ko’rsatadilar (masalan, Rossiya uchun LANG=ru), skript yozish tilini (masalan, LANGUAGE=Java Script) va boshqalar. Zamonaviy HTMLda til teglari va unda ko’rsatilgan qiymatlar bilan birga, boshlang’ich HTML-kodda stsenariy kodlari (Java Script yoki VB Script) ham yoziladi. Ular to’g’risida keyingi mavzularda batafsil so’z yuritamiz. Keling, endi HTML – hujjat yozishni boshlashda ishlatiladigan teg to’g’risida so’z yuritsak. HTML - hujjatini yozishni boshlashda ishlatiladigan birinchi teg bu tegidir. U har doim hujjat yozuvining boshida bo’lishi lozim. Yakunlovchi teg esa shakliga ega bo’lishi kerak. Bu teglar, ular orasida joylashgan yozuvning hammasi butun bir HTML-hujjatini anglatishi bildiradi. Aslida esa hujjat oddiy matnli ASCII-faylidir. Bu teglarsiz brauzer hujjati formatini aniqlab, tarjima qila olmaydi. Ko’pincha bu teg parametrga ega emas. HTML 4.0 versiyasiga qadar VERSION parametri mavjud edi. HTML 4.0 da esa VERSION o’rniga parametri paydo bo’ldi. Yodga olishimiz lozim, 1997 yil iyun oyida HTML–standartining 4.0 versiyasi e'lon qilindi va 1997 yil dekabrida rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan (yuqorida aytib o’tganimizdek) standartlarning eng oxirgisidir.
Umuman, HTML hujjat standart hisoblanishi uchun yana prolog (muqaddima) ham kerak. Hujjatga qanday ishlov berishiga qarab u o’rnatiladi. Prolog quyidagi ko’rinishga ega:
Prolog bu maxsus ko’rinishga ega bo’lgan yolg’iz teg. Bu teg ochuvchi oldida HTML–hujjatning eng oldiga o’rnatiladi va HTML 4.0–spetsifikatsiyasiga qat'iy mos kelgan holda rasmiylashtirilgan hujjat hisoblanadi.
HTML – hujjatga prologni o’rnatish–bu WZS talabidir, (Internetdagi ko’pchilik HTML hujjatlarda prolog qo’yilmaydi). HTML 4.0 spetsifikatsiyasida monitor ekranida taqdim etilgan ta'rifdan hujjat strukturasi ta'rifini ajratish asosiy (ключeвой) g’oyaga aylandi. Tajriba ko’rsatishi bo’yicha hujjatning bu ikkala ta'rifini bir-biridan ajratish platforma, muhit va shu kabilarni keng miqyosda quvvatlashga qilinadigan sarf-harajatlarni ancha kamaytirar ekan, shu bilan birga hujjatlarga o’zgarishlar kiritishni osonlashtirar ekan. Bu g’oyaga asosan, uslub (стил) jadvali yordamida, xujjatlarni taqdim qilish usulidan ko’plab foydalanish maqsadga muvofiq keladi. HTML – standarti to’g’risidagi rasmiy ma'lumotlarni W3C konsortsiumining–Web–saytidan quyidagi adres bo’yicha olish mumkin:
http://www.WЗ.org/TR/
4.0 spetsifikatsiyasi quyidagi adresda tayinlangan:
http://www.WЗ.org/TR/REC.html 4u-971218

Download 29.56 Kb.
1   2   3   4




Download 29.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tegidan tashqari bu bo’limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va

Download 29.56 Kb.