|
Koaksial kabel haqida umumiy tushuncha
|
bet | 4/5 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 1,3 Mb. | | #116111 |
Bog'liq 7-m.Ethernet-koaksial (qalin va ingichka) kabeli.Koaksial kabel haqida umumiy tushuncha.
Koaksial kabelni montaj qilish va Ethernet tarmog’ini yaratish.
Koaksial kabel haqida umumiy tushuncha.
Koaksial kabellar asosan «Shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishning oldini olish uchun, albatta, terminatorlar o‘rnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi yerga ulanishi kerak. Yerga ulanmasa, kabeldagi sim to‘qimasi (ekran) tarmoqni tashqi elektromagnit to‘siqlardan himoya qila olmaydi va tashqi muhitga uzatilayotgan axborotning nurlanishini ham kamaytira olmaydi. Lekin kabeldagi sim to‘qimani ikki va undan ko‘proq joyidan yerga ulangan taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va shuningdek, kompyuterlar ham ishdan chiqarishi mumkin. Terminatorlar, albatta, kabel bilan moslangan bo‘lishi shart, ya’ni ular qarshiligi kabelning to‘lqin qarshiligiga teng bo‘lishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos terminator faqat 50 Om.li bo‘lishi kerak.
Fast Ethernet tarmog‘ida kaoksial kabellardan foydalanish rejalashtirilmaganligi ham, albatta, tasodif emas. Lekin ko‘pchilik hollarda «Shina» topologiya («Passiv yulduz» emas) juda qulay. Yuqorida aytib o‘tilganidek, qo‘shimcha qurilma — konsentratordan foydalanishning hojati yo‘q.
Koaksial kabellarning asosan ikki turi mavjud:
ingichka (thin) kabel, diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan;
yo‘g‘on (thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.
Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo‘g‘on kabellarga nisbatan ko‘p ishlatiladi, chunki ularda signal so‘nishi ko‘proq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, har bir kompyuterga tez o‘tkazish mumkin. Yo‘g‘on kabel xona devorlariga bir vaziyatda aniq mahkamlab qo‘yishni taqozo qiladi. Ingichka kabelga BNS turidagi razyomni ulash qulay va qo‘shimcha moslama talab qilinmaydi, lekin yo‘g‘on kabelga ulanishda qimmat moslamalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi, chunki markaziy mis simga yetish uchun qoplamalarni teshib o‘ta olish hamda himoya sim to‘qima (ekran) bilan ham ulanish lozimdir. Yo‘g‘on kabelning narxi ingichka kabelga nisbatan ikki barobar qimmat. Shu sababli ingichka kabellar ko‘p qo‘llaniladi.
Xuddi o‘ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tashqi qoplama turi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu vaziyatda ham non-plenum (PVC) va shuningdek, plenum kabellari ishlatiladi. Tabiiyki, teflonli kabel polivinilxloridli kabelga nisbatan qimmat. Odatda, qoplama turini uning rangiga qarab ajratish mumkin. (Masalan, Belden firmasining PVC kabellari uchun sariq rang, teflon qoplama uchun qovoqrang.) Koaksial kabellarda signal tarqalishining ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m.ni tashkil qilsa, yo‘g‘on kabel uchun 4,5 ns/m.ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan, deb hisoblanadi va ko‘pchilik hollarda ularni to‘liq o‘ralgan juftli kabellar bilan yoki shisha tolali kabellar bilan almashtirish mumkin. Kabel sistemalari uchun mo‘ljallangan yangi standartlarga endi koaksial kabel turlari ro‘yxati kiritilmagan.
|
| |