|
Telekommunikatsiya
|
bet | 21/103 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #126606 |
Bog'liq Telekommunikatsiya-fayllar.orgHozirgi ekologik vaziyat
Ekologik Fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish o‘qitishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e’tibor qilinadi. Maktabda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog‘lab berib borish mumkin.
Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish ona tili bo‘yicha mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili darslaridagi ko‘plab mashqlar o‘quvchilarda tabiatga mehr uyg‘otishda qo‘l keladi. Mashqlardagi suv va havo, o‘simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg‘otish mumkin. Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog‘langan. Bunda har bir asarni o‘qib tahlil qilish vaqtida va o‘quvchiga tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas, ya’ni tabiatni muxofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham o‘quvchilar ongiga ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-11sinflarda «Tabiatni asrash-Vatanni asrash», «Tabiatni e’zozlaylik» kabi mavzularda turli baxs va she’rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o‘qitilayotgan xalq og‘zaki ijodi misolida esa o‘quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari nimadan iboratligini hamda bu sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini o‘rganadilar.
O‘quvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o‘simliklarning
hususiyatlari, ularning tabiatdagi 3 o‘rni ochib beriladi. O‘qilgan badiiy asarlar misolida, o‘tkazilgan suhbatlarda tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lish va toshbag‘irlik bilan qarash dalillari muhokama qilinadi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar tabiatdagi salbiy va ijobiy o‘zgarishlar inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilish haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishadi. Masalan, Respublikada 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir yarim.ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shunday holda ketaversa, nimalarga olib kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari tasvirlanadi, yoki boshqa bir misol. Dunyo bo‘yicha har yili taxminan 6-7 mln.gektar yer ishdan chiqmoqda. Uning tiklanishi uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. 3 sm qatlamidagi tuproqning tiklanishi uchun 300-500 yil vaqt zarur. 18 sm qalinlikdagi tuproq tiklanishi uchun esa taxminan 2700 yil talab etiladi. Bunday aniq raqamlar bilan ifodalangan misollar asosida tuproqning insoniyat boyligi ekanligi, uni asrab avaylash kishining kelajak oldidagi burchi hisoblanishini uqtiriladi. Har bir Mehnat ta’limi darslari esa bolalar olgan bilimlarini amaliyotda ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Xulosa:
Hozirki kunga kelib dunyoda ekologik vaziyat yomonlashib bormoqda buning asosiy sababchisi esa odamlarning o’zlaridir. Odamlarda ekologik tarbiya yaxshi rivojlanmaganligi sababli ham tabiatga juda kata zarar yetkazmoqda. Biz hozir buni oldini olmasak oxiri juda ayanchli bo’lishi mumkin.
|
| |