Foydalanilgan adabiyotlar




Download 0,5 Mb.
bet34/103
Sana22.12.2023
Hajmi0,5 Mb.
#126606
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103
Bog'liq
Telekommunikatsiya-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar
Qadim zamonlardan boshlab barkamol insonni shakllantirishning asosiy mezoni sifatida aqliy yetuklik, sog‘lom fikr, yuqori iste'dod, ijodkorlik, yaxshi xulq, nafosat tarbiyasini shakllantirish tushunilgan.
Jamiyatda axloqiy yuksaklik darajasini fuqarolarning axloqiy madaniyati belgilaydi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi, bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarida foydalanishi, o‘zo‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o‘z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero, axloqiy madaniyat axloqiy tafakkurning qator unsurlarini o‘z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Ana shu talabdan kelib chiqqan holda, Siz, aziz yoshlar mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishingiz lozim.
Ma’lumki, axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo'lgan ma'naviy komillikning poydevorini tashkil etadi.
“Axloq, – deb ta'kidlaydi Prezident Islom Karimov, – bu eng avvalo insof va adolat tuyg‘usi, imon, halollik degani. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Inson qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi, Vatani, xalqi uchun jonini fido etishga ham o‘z jonini ayamaydi”.
Axloq talablari kishining fe'l-atvori va faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Bunda ba'zi xatti-harakatlar axloqiy, ba'zilari axloqsizlik deb baholanadi. Davr o‘zgara borgani sari har qanday hodisa kabi axloq ham o‘zgaradi, rivojlanib, takomillashib, ma'naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan biriga aylanib boradi.
Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mohiyati shaxs xattiharakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq – olamni ma'naviy-amaliy o‘zlashtirishning o‘ziga xos usuli, kishilar ma'naviy xayotining zaruriy shartidir. Axloqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u san'at, siyosat, fan singari hayotning bir sohasidagina emas, universal xususiyatga ega bo‘lib, hayotning barcha jabhalarida amal qiladi.
Har qanday jamiyat o‘z rivojlanishining turli bosqichida muayyan tartiblarga rioya qilishning alohida mexanizmlariga muhtojdir. Axloq ijtimoiy manfaatlar bilan bir vaqtda individual manfaatlarning ham ta'minlanishini nazarda tutadi.
Shuning uchun ham jamiyatning axloqiy normalari bir paytning o‘zida ham ijtimoiy, ham individual taraqqiyot uchun uyg‘unlashtiruvchi zaruriyat sifatida mavjuddir. Demak, axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatning ma'naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishilik taraqqiyotidagi o‘rni belgilanayotgan jarayonda mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Xulq-odob madaniyati mazmun mohiyatiga ko‘ra, inson odobining, aniqrog‘i inson axloqiy komilligining o‘ziga xos ifodasidir. “Xulq-odob madaniyati” deb — shaxs muomala va hayot faoliyatining barcha sohalarida umuminsoniy axloqning qoida, dastur talablari, chegaralash va taqiqlashlariga asoslanadigan munosabatlarga aytiladi.
Axloqiy qadriyatlarning egallanishi, insonning amaliy faoliyatida ularga amal qilishi xulq-odob madaniyatning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103




Download 0,5 Mb.