Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish




Download 77.66 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2023
Hajmi77.66 Kb.
#61036
  1   2
Bog'liq
реферат
Презентация1, sasasa, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, N.N.Kolosovskiy kontseptsiyasining kuchli va zaif tomonlari, Mustaqil ish 6-variant, ALIMBETOVA JAZIRA YELUBAYEVNA

Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi va “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya operatorlari, provayderlari, dilerlari va eshittiruvchilar bilan foydalanuvchilar o‘rtasida shartnoma (kelishuv) asosida taqdim etiladigan telefon aloqasi, taksofonlardan telefon aloqasi, qo‘riqlash signalizatsiyasi apparaturasini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, axborot-ma’lumot, telegraf, ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, Internet, jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan simsiz foydalana olish, mobil aloqa, milliy va xalqaro rouming, tijorat asosidagi kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye xizmatlarini tashkil qilish, shuningdek, ulardan foydalanish, xizmatlarni ko‘rsatish tartibi, shartlari hamda subyektlarning javobgarligi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalarning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaning ajratilgan aloqa tarmoqlarida, shuningdek, ichki ishlab chiqarish va texnologik vazifadagi aloqa tarmoqlarida telegraf xizmatlarini ko‘rsatishga, Global harakatdagi shaxsiy yo‘ldosh aloqa tarmoqlarida rouming xizmatlarini ko‘rsatishga;
dasturlarni cheklanmagan tomoshabinlarga bepul asosda erkin tomosha qilish uchun tarqatuvchi efir televideniye tarmoqlariga;
bir tashkilot, (muassasa yoki korxona), shu jumladan, ta’lim muassasasining binolari yoki hududlari bilan cheklangan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga;
abonentlarning umumiy soni o‘ntadan oshmaydigan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga;
alohida telekommunikatsiya tarmoqlariga taalluqli bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni qo‘riqlash ehtiyojlari uchun foydalaniladigan televideniye va videokuzatuv tarmoqlariga;
jismoniy shaxslarning shaxsiy mulki bo‘lgan va individual qabul qilishni va efir teleradioeshittirish dasturlari (shaxsiy ehtiyojlari uchun) tarqatilishini ta’minlaydigan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga.
3. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abonent — telekommunikatsiyalar operatori yoki provayderi bilan tuzilgan shartnomaga asosan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
abonent qurilmasi — abonent mulki bo‘lgan yoki unga vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanadigan, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlash uchun mo‘ljallangan texnik vosita;
abonent liniyasi — telekommunikatsiya liniyasining operator yoki provayder telekommunikatsiya tarmog‘ining kirish nuqtasidan abonent rozetkasigacha yoki u mavjud bo‘lmaganda abonent qurilmasigacha bo‘lgan qismi;
abonent raqami — telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi uchun shartnomaning amal qilish davrida abonentga operator (provayder) tomonidan ajratiladigan raqam;
abonent raqamining ko‘chib o‘tishi — mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida donor tomonidan abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori (retsipiyent) bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish uchun amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
abonent tarmog‘i — turar joy yoki jamoat binosi maydoni chegarasida xizmat ko‘rsatiladigan abonentning texnik vositalari, qurilmalari va kabel liniyalari majmui;
avtoinformator — chaqirayotgan abonentga oldindan yozib olingan nutqli xabar orqali axborot taqdim etuvchi mantiqiy qurilma;
avtomatik rouming — mobil aloqa tarmog‘ining abonentiga dastlabki arizasiz operatorlar o‘rtasida rouming to‘g‘risida shartnoma tuzilganligi sharti bilan boshqa mobil aloqa operatorining qamrov hududida kiruvchi va chiquvchi aloqaga ega bo‘lish imkonini beradigan rouming xizmati;
avtomatik telefon stansiyasi (bundan buyon matnda ATS deb yuritiladi) — telefon bog‘lanishlarning va uzilishlarning avtomatik ravishda o‘rnatilishini ta’minlovchi telefon stansiya;
avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimi — telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan chaqirilayotgan abonent raqamini mustaqil terish yo‘li bilan operator-telefonist yordamisiz o‘rnatiladigan telefon bog‘lanish usuli;
ATS ta’sir zonasi — telefon stansiyasi yoki podstansiyadan kabel (havo) liniyalari yoki radio foydalana olish vositalari orqali telefonlashtirilishi mumkin bo‘lgan hudud;
autentifikatsiya — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan identifikatsiyalash ma’lumotlarining haqiqiyligini aniqlash;
axborot-ma’lumot xizmati — foydalanuvchilarga, ularning tashabbusiga ko‘ra, og‘zaki (tovushli), chat yoki vizual so‘rov shaklida ifodalangan axborotni (bir telefon bog‘lanish chegarasida) taqdim etuvchi xizmat;
birlamchi operator — birlamchi ravishda raqamlash resursi ajratilgan, bu resursdan abonentga abonent raqami birinchi marta ko‘chirilgan mobil aloqa operatori yoki provayder;
buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimi — oldindan buyurtma bergan holda operator-telefonist yordamida aloqa o‘rnatilishi;
dilerning xizmat ko‘rsatish punkti — diler tomonidan tashkil qilinadigan va foydalaniladigan xizmat ko‘rsatish punkti;
domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet tarmog‘ida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;
domen nomlari tizimi — Internet tarmog‘ida domen nomlarini berish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JShShIR deb yuritiladi) — JShShIRni aniqlash tartibiga muvofiq jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lgan va 14 raqamdan iborat shaxsiy identifikatsiya raqami;
darhol xizmat ko‘rsatish tizimi — abonentdan buyurtmani qabul qilgandan keyin operator-telefonist yordamida zudlik bilan telefon bog‘lanishning o‘rnatilishi;
identifikatsiyalash — mavjud ma’lumotlar asosida ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchining shaxsini aniqlash;
yirik avariya — ma’lum bir administrativ hududda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishning to‘xtalishiga olib keladigan avariya holati;
Internet tarmog‘i — yagona adres va nomlar makonidan foydalaniladigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona TSR/IP protokoliga muvofiq ishlaydigan ko‘plab tarmoqlardan iborat global xalqaro tarmoq;
Internet xizmatlaridan foydalanuvchi — Internet xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Internetdan jamoat bo‘lib foydalanish punkti — kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, foydalanuvchilarning Internet tarmog‘idan jamoa bo‘lib foydalanish xizmatlari ko‘rsatiladigan joy;
Internet-provayder — tijorat asosida Internet tarmog‘idan foydalana olish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye televideniyesi (bundan buyon matna eshittiruvchi deb yuritiladi) — erkin tomosha qilish mumkin bo‘lmagan kabelli televideniye kanallaridan foydalangan holda teledasturlar va boshqa telekommunikatsiya xabarlarini muayyan hududda ishlab chiqarish, shakllantirish va tarqatishni ta’minlaydigan taqsimlash va tashkiliy-boshqaruv jarayoni bilan shug‘ullanadigan subyekt;
konferens-aloqa — uchta va undan ortiq abonentga bir vaqtda telefon orqali muloqot qilish imkonini beruvchi xizmat;
ko‘chib o‘tgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi — mobil aloqa tarmoqlarida ko‘chib o‘tgan abonent raqamlari ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun apparat-dasturiy komplek;
ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi (bundan buyon matnda KRMB deb yuritiladi) — mobil aloqa tarmoqlarida ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan, ushbu nizomda belgilanadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi apparat-dasturiy kompleks;
KRMB operatori — KRMB shakllantirilishi, ishlashi, texnik kuzatilishi va rivojlanishini ta’minlaydigan, uning resurslaridan foydalanishni taqdim etadigan tashkilot;
ko‘chirilgan raqamlarning lokal bazasi — chaqiruv yoki boshqa xabarlarni ko‘chirilgan raqamga to‘g‘ri marshrutlash uchun mobil aloqa operatori tomonidan undan real vaqtda foydalaniladigan, bu operatorda bo‘lgan ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasining nusxasi;
ko‘chirilgan raqamlarning lokal bazasini KRMB bilan sinxronlash — muayyan davriylik bilan amalga oshiriladigan, ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasidagi axborotning ko‘chirilgan raqamlar lokal bazasiga nusxasini ko‘chirish jarayoni;
qisqa matnli xabar (SMS) (bundan buyon matnda SMS deb yuritiladi) — qiska xabarlar markazi orqali mobil aloqa abonentlariga qiska matnli xabarlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan xizmat;
litsenziya — yuridik shaxsga litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etgan holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziyaning amal qilish zonasi — litsenziya shartnomasida ko‘rsatilgan va operator (provayder) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan hudud;
marshrut raqami (routing number, RN) — mobil telekommunikatsiya tarmog‘ining ko‘chirilgan abonent raqamiga chaqiruvlarni amalga oshirish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan manzilli axborot;
mahalliy operator — O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy va yuridik shaxslarga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi aloqa operatori (provayderi);
mahalliy telefon aloqasi — bitta aholi punkti yoki ma’muriy hudud doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon bog‘lanishi;
ma’lumot xizmati — foydalanuvchiga telekommunikatsiya xizmatlari operatori yoki provayderi tomonidan ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etuvchi xizmat;
ma’lumotlar uzatish — ma’lumotlarni keyingi qayta ishlash uchun telekommunikatsiyalar vositalari yordamida signallar ko‘rinishida bir punktdan boshqa punktga ko‘chirish;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i — ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash maqsadida ma’lum nuqtalar o‘rtasida telekommunikatsiyalarni tashkil etish uchun tuzilgan telekommunikatsiyalar uzellari va kanallarining majmui;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari — operatorning (provayderning) ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali signallar va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha faoliyati mahsuli;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
“mexanik” rouming — rouming xizmatini ko‘rsatish, bunda Roumer-abonent rouming davrida xizmat ko‘rsatuvchi operatordan boshqa abonent raqamini oladi va mahalliy operatorga tegishli bo‘lgan o‘zining uyali raqami bo‘yicha kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lmaydi;
mobil aloqa operatorlari o‘rtasida rouming to‘g‘risidagi shartnoma — rouming xizmatini ishlab chiqarish va undan potensial mobil aloqa abonenti tomonidan foydalanish to‘g‘risida kelishayotgan tomonlarning majburiyatlari va huquqlari to‘g‘risida, tomonlarning o‘zaro javobgarlik choralari to‘g‘risidagi yuridik hujjat;
mobil aloqa tarmog‘i — abonentlarga mobil aloqa (ovoz, ma’lumotlar uzatish va boshqalar) xizmatlarini ko‘rsatuvchi texnik vositalar (kommutatsion va radiouskuna, abonent qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va h.k.) majmui. Mobil aloqa tarmoqlariga uyali, trank, lokal-trank, radial-zona tarmoqlari kiradi;
mobil aloqa tarmog‘i operatori (provayderi)ning dileri (bundan buyon matnda diler deb yuritiladi) — operator (provayder) nomidan abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun operator (provayder) bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxs (bundan buyon matnda dilerlik shartnomasi deb yuritiladi). Diler bir yoki bir nechta operatorlarning (provayderlarning) manfaatlarini ifodalashi mumkin;
mualliflik shartnomasi — muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risida muallif yoki uning vorisi tomonidan tuziladigan shartnoma;
operator (provayderning) ishlash zonasi — telekommunikatsiya operatori (provayderi) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadigan hudud;
operator (provayder)-donor (bundan buyon matnda donor deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar tarmog‘idan abonent raqami ko‘chiriladigan mobil aloqa operatori (provayderi);
operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish punkti — operator (provayder) tomonidan tashkil qilinadigan va foydalaniladigan xizmat ko‘rsatish punkti;
operator (provayder)-retsipiyent (bundan buyon matnda retsipiyent deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar tarmog‘iga abonent raqami ko‘chiriladigan mobil aloqa operatori (provayderi);
“plastik” rouming — “mexanik” roumingning bir turi bo‘lib, bunda abonent mahalliy operator bilan oldindan xizmat ko‘rsatuvchi operator hududiga borishi to‘g‘risida kelishib oladi va u orqali xizmat ko‘rsatuvchi operatorga tegishli bo‘lgan boshqa abonent raqamini oladi hamda mahalliy operatorga tegishli bo‘lgan o‘zining uyali aloqa raqamiga kiradigan chaqiruvlarni yangi raqamga qayta yo‘naltiradi (manzillaydi);
televideniye tarmog‘ida retranslatsiya qilish — televideniye dasturlari, radiodasturlar signallari va telekommunikatsiyaning boshqa xabarlari qabul qilinishini, ularning qayta o‘zgartirilishi va dasturlar tarkibini o‘zgartirmasdan to‘liq hajmda abonentlarga uzatilishini ta’minlaydigan kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye tarmog‘ining asosiy ishlash rejimi;
televideniye tarmog‘ida translatsiya qilish — televideniye dasturlari, radiodasturlar signallari va telekommunikatsiyaning boshqa xabarlari eshittirish tashkilotiga taalluqli studiya uskunasidan bevosita qabul qilinishini, ularning keyinchalik qayta o‘zgartirilishi va dasturlar tarkibini o‘zgartirmasdan to‘liq hajmda abonentlarga tarqatilishini (uzatilishini) ta’minlaydigan televideniye tarmog‘ining ishlash rejimi;
televideniye tarmoqlari — erkin tomosha qilish mumkin bo‘lmagan kabelli, efir, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye kanallari orqali har qanday axborotni tarqatish va yetkazib berishni ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalarining majmui;
televideniye xizmatlari — eshittiruvchi (operator, provayder) bilan tuzilgan shartnoma asosida abonentlarga taqdim etiluvchi kabelli, efir, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye xizmatlari;
roumer-abonent — xizmat ko‘rsatuvchi operatorning (provayderning) mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi mahalliy mobil aloqa operatorining abonenti;
roumer-tashrif buyuruvchi — mahalliy operator tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi operator — rouming-sherikning abonenti;
rouming — bitta mobil aloqa operatori abonentining bitta davlat doirasida (milliy rouming) yoki boshqa mamlakatda (xalqaro rouming) bo‘lgan boshqa mobil aloqa operatorining xizmat ko‘rsatish zonasida bo‘lganda boshqa mobil aloqa operatorining tarmog‘idan foydalana olishini ta’minlovchi xizmat;
rouming xizmatini ko‘rsatuvchi operator — rouming to‘g‘risidagi shartnoma asosida o‘z tarmog‘ining imkoniyatlaridan foydalanib boshqa mobil aloqa operatorining (provayderining) abonentlariga mobil aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi mobil aloqa operatori (provayderi) (rouming-sherik/xizmat ko‘rsatuvchi operator (provayder));
taksofon — telefon aloqani o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan, foydalanuvchilar bilan naqd pul va naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jeton, to‘lov kartasi) yordamida darhol hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat bo‘lgan, shu jumladan, so‘zlashuv punktlarida o‘rnatiladigan oxirgi abonent telefon qurilmasi;
tarif rejasi — operator (provayder) tomonidan abonentlarga yoki abonentlarning ma’lum guruhiga yoki ma’lum cheklangan hududda bir yoki bir nechta xizmatlaridan foydalanishni taqdim etadigan narxlar va texnik ma’lumotlar majmui;
tarifikatsiya birligi — operator (provayder) tomonidan belgilangan tarifikatsiya tizimiga bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatiladigan xizmatning to‘lanadigan birligi;
telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, ma’lumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye) tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va litsenziyaga asosan tegishli telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
telekommunikatsiya xizmatlari — operatorning (provayderning) signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;
telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
telekommunikatsiyalar tarmog‘i — ovoz, ma’lumot, rasm, video va boshqa shakldagi signallarni uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
telematik xizmatlar — telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali axborot uzatilishini amalga oshiruvchi, ammo telefon aloqa, telegraf aloqa xizmati yoki ma’lumotlar uzatish xizmati hisoblanmaydigan telexizmatlar (faksimil, komfaks, xabarlarni qayta ishlash, videotekst va boshqalar);
telefon aloqasi xizmatlari — operatorning (provayderning) so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etishga doir faoliyati mahsuli;
telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi — telefon aloqasi xizmatlarining iste’molchisi hisoblanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs;
telefon bog‘lanish — ikkita telefon apparati yoki chetki qurilmalar o‘rtasida aloqaning o‘rnatilishi;
telefon tarmog‘i — aholi, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning telefon aloqasi xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlovchi ATS, kommutatsiya uzellari, liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) uskunalarining jami;
texnik qarshi harakat qilish kompleksi — O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular to‘g‘risida ma’lumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda xalqaro ovozli trafikni o‘tkazish tartibining buzilishlariga qarshi harakat qilish tizimi;
tizim hosil qiluvchi rouming-sherik — o‘z ixtiyorida xalqaro avtomatik roumingni ta’minlovchi moddiy-texnik va dasturiy ta’minot kompleksi bo‘lgan, ma’lumotlar uzatish kanallari va signalizatsiya kanallari tarmog‘i mavjud bo‘lgan yuridik shaxs;
to‘lov kartasi — kodlangan ma’lumotni saqlaydigan, tarmoq foydalanuvchisini identifikatsiya qilish va chaqiruvni initsiatsiya qilish imkoniyatini beruvchi to‘lov vositasi;
universal xizmatlar — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalar jo‘natish va boshqalar);
Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish
Telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish
42. Operator (provayder) tomonidan ko‘rsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari universal va qo‘shimcha xizmatlarga bo‘linadi.
43. Universal telekommunikatsiya xizmatlari ro‘yxati hamda ushbu xizmatlarga tariflar Telekommunikatsiya xizmatlariga tariflarini shakllantirish va tartibga solish to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 959, 2000-yil 18-avgust) muvofiq belgilanadi.
44. Foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari ro‘yxati operatorga (provayderga) tegishli litsenziya hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
45. Operator (provayder) tomonidan qo‘shimcha va bepul telefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.
46. Quyidagilar qo‘shimcha telefon aloqasi xizmatlari hisoblanadi:
a) telefon apparatlari va boshqa abonent qurilmalarini qayta o‘rnatish, qayta ulash (ulash sxemasini o‘zgartirish);
b) parallel telefon apparatlarini o‘rnatish;
v) telekommunikatsiya tarmog‘ining aloqa kanallarini va fizik zanjirlarini ijaraga berish;
g) ma’lumot-axborot xizmatlari, bundan ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan ma’lumotnomalarni berish qo‘shimcha xizmatlari mustasno;
d) ma’lumotlar uzatish xizmatlari va telematik xizmatlardan (elektron pochta, faksimil xabarlarni uzatish xizmati, axborot resurslaridan foydalana olish xizmati va h.k.) foydalanish imkoniyati;
e) telegrammalarni telefon orqali berish;
j) chaqirilayotgan abonentda raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparati bo‘lganda mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ining chaqirayotgan abonent raqamini aniqlash, shuningdek, abonent talabiga ko‘ra hisob tafsilotlarini berish;
z) abonent murojaatiga asosan abonent raqamini o‘zgartirish;
i) chaqirilayotgan shaxsga xabar qilgan holda xalqaro telefon bog‘lanish;
k) boshqa hududdan (aholi punktidan) chaqirilayotgan abonentning telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumot berish;
l) shartnomada belgilangan vaqtda telefon bog‘lanishni taqdim etish;
m) chaqirilayotgan shaxs hisobidan shaharlararo telefon bog‘lanish;
n) telefonogrammani uzatgan holda abonent o‘rniga so‘zlashish;
o) konferens-aloqa xizmati.
Telefon aloqa tarmog‘idan foydalanishni taqdim etish xizmatining narxiga kommutatsiya stansiyasidan abonentning telefon rozetkasigacha abonent liniyalarining tashkil etilishi hisobga olingan stansiya va liniya uskunasining narxi kiradi.
Telefon tarmog‘idan foydalanishning taqdim etilishi to‘lovida oxirgi taqsimlash qurilmasidan telefon rozetkasigacha bo‘lgan shahar telefon tarmog‘ida uzunligi 20 m dan ko‘p bo‘lmagan va qishloq telefon tarmog‘ida uzunligi 40 m dan ko‘p bo‘lmagan abonent liniyasining narxi hisobga olinadi.
Bepul qo‘shimcha telefon aloqasi xizmatlariga quyidagilar kiradi:
a) telefon tarmog‘ining ta’mirlash byurosini chaqirish;
b) chaqirilayotgan abonentning aholi punkti/operatori kodi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
v) chaqirilayotgan mamlakat va chaqirilayotgan aholi punktining xalqaro kodi to‘g‘risida ma’lumot berish;
g) mahalliy va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar to‘g‘risida ma’lumot berish;
d) avtomatik telefon aloqasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berish;
e) xalqaro telefon bog‘lanishni buyurtma qilish uchun buyurtma berish xizmatlarini chaqirish indekslari to‘g‘risida ma’lumot berish.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan bepul xizmatlar ro‘yxati kamaytirilishi mumkin emas.

Download 77.66 Kb.
  1   2




Download 77.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish

Download 77.66 Kb.