Telekomunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti




Download 0.52 Mb.
bet2/6
Sana12.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#59064
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EMM
Presentation-WPS Office, Kuch-transformatorlari.Transformatorlar-va-uning-qismlari-tuzilishi-haqida-asosiy-malumotlar.-1, Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish qoidalari (2), УМК ЭСЭС 2022 1-КУРС ЯНГИс, blog-seedify-fund-what-is-blockchain-gaming-and-why-is-it-so-popular-63f91764f1d, Lecture 5, ona tili rus tili, EMM, 5-labaratoriya , 6-sinf informatika uzb, 1-mashg\'ulot, UMK 2013 001, Hosila tatbiqlari, Proektiv tekislikda ikkinchi tartibli chiziqlar
EMM vektorlari
EMM dagi zaryad va toklarga kuch ta'sir etadi, ularni siljishi natijsida maydon energiyasi kamayadi. Sinov jismi sifatida maydonni nafaqat aniqlab beruvchi, balki uni o`zgartirib yuboruvchi zaryadlangan kichik jism - nuqtaviy zaryadni ko`rib chiqamiz. Unga EMM da Lorens kuchi deb ataluvchi kuch ta'sir etadi
F  q(E [, B],
bunda q, υ - elektr zaryadi va uning harakat tezligi; E(r,t) - elektr maydon kuchlanganligi vektori; B (r,t) - magnit induksiya vektori; r - fazodagi zaryad joylashgan nuqtaning vektor-radiusi; t - vaqt. Zaryad qo`zg`almas bo`lganda (υ =0), kuch
Fe  q  E
ya'ni, E- birlik musbat qo`zg`almas zaryadga EMM ko`rsatgan ta'sir kuchi. E - vektorning o`lchov birligi N/Kl=B/m. Magnit maydon faqat harakatdagi zaryadlarga (toklarga) ta'sir ko`rsatadi
Fm= q*[v B]

Agar υ va B o`zaro perpendikulyar bo`lsa, ta'sir kuchi maksimal bo`ladi, agar υ va B yo`nalish bo`yicha mos tushsa, kuch ta'sir ko`rsatmaydi. Shu tariqa vektor B EMM ning harakatlanayotgan zaryadlarga ta'sir etuvchi kuchi orqali aniqlanadi. B - vektorning o`lchov birligi Ns/(Kl·m) =Bc/m2 =Vb/m2 =Tl. Ko`rib chiqilgan E va B vektorlarning tarkibi tashqi maydonning juda kichik zaryadlar va elementar toklarga ko`rsatadigan ta'siri bilan bog`liq. O`lchanayotgan maydonda buzilishlar yuzaga kelmasligi uchun zaryadlarning kam bo`lishi juda muhim. Ammo elektr zaryadi va tok elementi o`zining xususiy elektr hamda magnit maydoniga ega. Zaryad atrofida chiziqlari uning o`zidan boshlanuvchi elektr maydon doim mavjud. Tokli o`tkazgichlar (o`tkazgich elementlari) chiziqlari o`zini o`rab turuvchi xususiy magnit maydoni hosil qiladi. Dielektrik molekulalaridagi bog`liq elementar zaryadlar va magnit materiallardagi elementar magnit maydon materialga singigan EMM ni butkul o`zgartirib yuborishi mumkin. U holda jarayonni yoritib berish uchun qo`shimcha juft vektorlarni kiritish talab etiladi:


D (r,t) - elektr induksiya vektori, birligi Kl/m2 ;
H (r,t) - magnit maydon kuchlanganlik vektori, birligi A/m
Ushbu vektorlar zaryadning xususiy elektr (magnit) maydoni bilan bog`liqligini ifodalagani uchun manba funksiyalari deb ataladi. Agar fazoning istalgan nuqtasida, istalgan vaqtda E, D, B va H vektorlarning kattaliklari ma'lum bo`lsa, bu yerda EMM aniqlangan deb hisoblanadi. Vektor o`z komponentalari orqali aniqlanganligi sababli, vektorlarning har biri o`zida (masalan, E (x,y,z) vektori) x,y,z va t dan matematik fazoviy-vaqt funksiyalarini ifodalaydi. "Maydon" tushunchasiga rasmiy (matematik) yondashilganda uni fazoning turli nuqtalarida turlicha qiymatlarni qabul qiluvchi fizik kattalik (kuch) deb ko`rib chiqish mumkin.

EMM nazariyasi eksperimental faktlarning yig`ilishi va umumlashuvi, shuningdek, vektor tahlilga asoslangan matematik apparatlarning taraqqiy etishi natijasida hosil bo`ldi. EMM asosiy tenglamalaridagi E, D, V va H vektorlar "divergensiya" va "rotor" operatorlari yordamida r va J kattaliklar bilan bog`langan. Fazoning har bir nuqtasidagi elektr zaryadi hajmiy zichlik orqali xarakterlanadi



bunda, q- hajmdagi yig`indi zaryad. Maydonning har bir nuqtasidagi zaryadlarning tartibli harakati o`zgaruvchan elektr tokining zichlik vektori orqali ifodalanadi

Ma'lum bir S yuza orqali oqib o`tuvchi umumiy elektr toki skalyar kattalik bo`lib, u J bilan integral munosabatda bog`liq

bu yerda, dS- elementar yuza vektori. Yuqoridagi integral S yuza orqali o`tuvchi J vektorning oqimi deb ataladi. Demak, elektr tokini berilgan yuzadan oqib o`tuvchi tok zichligining oqimi sifatida ko`rib chiqish mumkin.

Download 0.52 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekomunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti

Download 0.52 Mb.