• Umumiy kollektorli sxema
  • Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari




    Download 6.7 Mb.
    bet7/124
    Sana01.08.2021
    Hajmi6.7 Mb.
    #16553
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124



    1.6- rasm. Tranzistorni umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulanishining funksional sxemasi
    Umumiy bazali sxemaning amplituda-chastotaviy xarakteristikasi barcha ulanish sxemalari ichida eng keng polosali hisoblanadi, shuning uchun u yuqori chastotali radiochastota kuchaytirgichlarida ishlatiladi. Umumiy bazali sxemaning chastotaviy xarakteristikasi tranzistorning fα (fh21b) chegaraviy kuchaytirish chastotasi bilan cheklanadi.

    Umumiy kollektorli sxema

    Umumiy kollektorli sxema odatda yuqori kirish qarshiligini olish uchun qo‘llanadi. Tranzistorning bunday ulanish sxemasining quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti umumiy emitterli sxemaning kuchaytirish koeffitsientiga qaraganda kichik va umumiy bazali sxemaning kuchaytirish koeffitsientiga deyarli teng bo‘ladi. Bu tranzistorning umumiy bazali ulanish sxemasi kuchlanish bo‘yicha kuchaytirmasligiga bog‘liq. Bu sxemada kuchaytirish faqat tok bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishi funksional sxemasi 1.7- rasmda keltirilgan.


    1.7- rasmda keltirilgan sxemada kollektor va bazaning ta’minoti zanjirlari ko‘rsatilmagan. Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishi sxemasining kirish qarshiligi sifatida tranzistor bazasining qarshiligi (umumiy emitterli sxemadagi kabi) va kirish qayta hisoblangan emitter zanjiridagi rezistorning qarshiligi yig‘indisi xizmat qiladi, shuning uchun umumiy kollektorli ulanishi sxemasining kirish qarshiligi juda katta bo‘ladi. Uning kirish qarshiligi barcha ulanish sxemalaridan eng kattasi hisoblanadi.


    1.7- rasm. Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishining funksional sxemasi


    Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishi sxemasining amplituda-chastotaviy xarakteristikasi etarlicha keng polosali hisoblanadi. lekin kuchaytirgichning o‘tkazish polosasi umumiy kollektorli ulanishi sxemasining katta kirish qarshiligini parazit sig‘imlar bilan shuntlanish tufayli jiddiy cheklanishi mumkin, shuning uchun, asosan, umumiy kollektorli ulanish sxemasi katta kirish qarshiligili bufer kuchaytirgichi sifatida qo‘llanadi. Ba’zan u yuqori chastotali generatorlar va chastota sintezatorlarining xarakteristikalariga yuklamaning ta’sirini kuchsizlantirish uchun qo‘llanadi.

    1.8- rasmda UE, UK va UBli kuchaytirish kaskadlarining ishlatilish sxemalari keltirilgan.




    Katalog: assets -> files

    Download 6.7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124




    Download 6.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari

    Download 6.7 Mb.