Tema: Temperaturanı ólshew Joba




Download 0,71 Mb.
bet8/9
Sana02.12.2023
Hajmi0,71 Mb.
#109606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Temperaturani o’lchash Reja

POTENSIOMETRLAR.
Temperaturani termoparalar yordamida o'lchashda millivoltmetrlardan foydalanilganda, ularning o'lchash aniqligi uncha yuqori bo'lmaganligi sababli, hozirgi paytda temperaturani o'lchashda kompensatsion yoki potensiometrik usul keng qo'llanilmoqda.
Potensiometrning ishlashi termoelektr o'zgartgichlarda hosil bo'lgan elektr yurituvchi kuchni nolga keltirish usuliga asoslangan. Bunday o'lchanayotgan EYUK ma'lum doimiy manbadagi kuchlanishni pasaytirish yordamida muvozanatlashtirilib, natija nolga keltiriladi.
T
EYUKni o'lchash uchun mo'ljallangan potensiometrning soddalashtirilgan prinsipial sxemasida (9- rasm) yordamchi manbaning kuchlanishidan hosil qilingan tok V va S nuqtalari orasida ulangan o'zgaravchan qarshilik Rr (reostat) orqali zanjirdan o'tadi. Reostat L uzunlikdagi kalibrlangan o'tkazgichdan iborat. V nuqta bilan reostatning sirpanuvchan kontaktining har qanday D nuqtasi orasidagi potensiallar farqi RBD qarshilikka proporsional bo'ladi.
9 – rasm. Potensiometrning prinsipial sxemasi.
Termoelektr o'zgartgich (TEO') bilan ketma-ket qayta ulagich P yordamida sezgir millivoltmetr NP (nol-pribor) ulanadi, qaysiki u zanjirda tok birligini ko'rsatuvchi sezgir element (indikator) hisoblanadi. TEO' shunday ulanadiki, tarmoqdan o'tayotgan tokning yo'nalishi yordamchi manbadan berilayotgan tok kuchining yo'nalishi bilan bir xil bo'lishi kerak. TEYUK ni o'lchash uchun reoxordning sirpanuvchi kontakti nol-priborning ko'rsatgichi nolni ko'rsatgungacha suriladi. Ayni paytda tarmoqda kuchlanishning pasayishi o'lchanayotgan TEYUK ga teng bo'ladi. Bu hol uchun quyidagi tenglik o'rinlidir:

(22)
bu yerda: E — manba kuchlanishining IRBD tarmoqda kamayishi.
Shunday qilib, zanjir tarmog'idagi tok kuchi butun zanjirdagi tok kuchiga teng:
(23)
Kompensatsiya paytida UBD = E(tt0) ekanligini hisobga olinsa,
(24)
Reoxord kalibrlangan qarshilikka, ya'ni uning har bir uzunligining teng tarmog'i bir xil qarshilikka ega bo'lgani uchun:
E(tt0) = El/L, (25)
Shunday qilib, E(tt0) TEYUK reoxord qarshiligi tarmog'idagi kuchlanishning kamayish miqdori bilan aniqlanib, boshqa qarshiliklarga bog'liq emas. Reoxord shkala bilan ta'minlangan bo'lib, uning bo'linmalari millivolt yoki temperatura graduslariga teng bo'lishi mumkin.
Doimiy tok kuchlanishida hosil bo'lgan temperaturalar va boshqa parametrlarni o'lchash uchun avtomatik potensiometrlar keng qo'llaniladi. 10- rasmda elektron avtomatik potensiometrning tuzilish sxemasi keltirilgan.


10- rasm. Elektron avtomatik potensiometrning sxemasi.
Yarimo’tkazgichli signal kuchaytirgichsolishtirish orqali amalga oshiriladi. Potensiometrning kompensatsiyalash sxemasi sirpangich K ga ega bo'lgan reoxord, o'zgartgichli elektron kuchaytirgich 1, reversiv elektr dvigatel RD va tok manbayi E dan iborat. Elektr dvigatel RD reduktor 2 orqali sirpangich K va asbobning ko'rsatgichi 3 bilan bog'liq. O'zgartgich o'zgarmas kuchlanish E ni o'zgaravchan kuchlanishga aylantirib beradi. Kompensatsiyalovchi sxemalarning ishi sirpangich K ni reoxorod bo'ylab kuchlanish kamayishining farqi tomonga surib, ya'ni elektron kuchaytirgichga beriladigan termoparada hosil bo'lgan TEYUK va reoxordda kuchlanishning pasayish farqini kompensatsiyalaydi. Reversiv dvigatel orqali amalga oshirilayotgan bu harakat kuchlanishlar farqi nolga teng bo'lgunga qadar davom etadi. Shunday qilib, sirpangich K va unga biriktirilgan ko'rsatgichning holati TEYUK ning qiymatini, ya'ni o'lchanayotgan temperaturaning miqdorini ko'rsatadi. Qarshilik R kompensatsion zanjirdagi ishchi tokni rostlash uchun xizmat qiladi.

Download 0,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,71 Mb.