|
TerminologiyasiBog'liq H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasi68
1
bob-uskuna, jihoz” (Danilenko 1977; 155) umumiy m a’nosini ifodalov
chi terminlami vujudga chiqaradi: avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish,
telefonlashtirish, elektrlashtirish, pasportlashtirish, gazlashtirish, robot-
lashtirish, formallashtirish, liberallashtirish, atomlashtirish, kodlashtirish,
niqoblashtirish, mexanizatsiyalashtirish va sh.k.
-cha affiksli so‘z yasovchi model
0 ‘zbek tili grammatikasiga doir asarlarda - cha ot turkumli so‘zlaming
kichraytirish - erkalash shaklini yasovchi mahsuldor, urg‘uli affiks tarzida
baholanadi ( Kononov 1960; 162; Mirzayev, 1978; 112).
Ba’zi bir ishlarda mazkur affiksning so‘z yasovchi qo‘shimcha ekan-
ligi faktik materiallar ko'magida isbotlangan. Kuzatilayotgan affiks (o ‘zi-
yurar) aravacha, shponka ariqchasi, havo yostiqchasi, ко ‘chma vagoncha
(Doniyorov, 1977; 96), sichqoncha, (saf) maydoncha(si), zarracha kabi bir
qator fan-texnika sohasi terminlarini hosil qilishda qatnashadi.
Biologiya terminlari sistemasida -cha ishtirok etgan ayrim terminlar
faol qo‘llanadi: miyacha, qalpoqcha, katakcha, tangacha, tayoqcha, pu-
fakcha, teshikcha, qdtiqcha, kokdcha va sh.k.( 01imxo‘jayeva, 1990; Ra
himova, 2007).
-boz affiksli so‘z yasovchi model
Ushbu model ilmiy terminologiya tizimida asl o ‘zbekcha (turkiy),
arabcha, forscha-tojikcha hamda ruscha-baynalmilal leksik birliklardan
oz holatlarda biror narsa bilan qiziquvchi shaxs nomini anglatuvchi ter
minlami yuzaga chiqaradi: buyruqboz, mushakboz, safsataboz, mdtiqboz,
ishqiboz, xotinboz, guruhboz va sh.k.
- goh affiksli so‘z yasovchi model
0 ‘zbek adabiy tili tarkibiga fors-tojik tilidan juda barvaqt o ‘zlashgan
- goh affiksi ishtirokida yuzaga kelgan bu model asosdan anglashilgan vo-
qea-hodisa sodir b o ‘luvchi o ‘rin, joy nomini ifodalaydi: janggoh, askarg-
oh, lashkargoh, qo ‘nimgoh, о ‘rdugoh, qarorgoh va sh.k.
-don affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan o ‘zlashgan suffiksli ushbu m o d e l:
1) asosdan ifodalangan tarzda biror narsa saqlanadigan idish, narsani if
odalaydi: tuxumdon, olovdon, о ‘qdon, kuldon, siyohdon, bachadon va h.k;
2) shaxsga xos sifat, xususiyat, fazilatni tavsiflovchi sifat-terminlami
hosil qiladi: hisobdon, bdimdon va sh.k. Ba’zi bir ilmiy asarlarda o ‘zbek
tilida ikkita -d o n affiks-omonimining mavjudligi haqida fikr bildirilgan
(Tursunov, 1965).
69
-dor affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilining elementi bo‘lmish -d o r suffiksli nisbatan sermah-
sul model:
1) shaxs nomi: bayroqdor, nishondor; 2) mavjudlik, egalik si-
fatlarini yasashda qatnashadi: za^bdor; mahsuldor, chiqimdor (Usmonov,
0.1975; 51-56), hissador, aybdor, qarzdor, mansabdor, puldor, m ulkdorva
sh.k.
-dosh affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur qolip terminlar hosil qilishda mahsuldor bo‘lib:
a) ijtimoiy sharoit, umumiy turmush, hamkoflik, hamdo‘stlik m a’noli
shaxslar nomini ifodalovchi ot-terminlar yasaydi: yurtdosh, maslakdosh,
quroldosh, kursdosh, polkdosh, frontdosh, sinfdosh, vatandosh va sh.k.;
b) boshlang‘ich, dastlabki asosdan kelib chiqqan sifat, xususiyatni an-
glatuvchi terminlami shakllantiradi: jinsdosh, ohangdosh, yo ‘Idosh ( tib.
platsentaj va sh.k.;
c) ba’zi bir tilshunoslik terminlarini voqelantiradi: sifatdosh, ravishdosh,
undosh, shakldosh, о ‘zakdosh, uyadosh, та ’nodosh, turdosh va sh.k.
Mazkur model o ‘zbek tili texnika terminlarini yasashda qatnashmaydi.
Ammo botanika terminlari tizimida o ‘ta sermahsulligi bilan ajralib turadi:
chinniguldosh, ayiqtovondoshlar, boshoqdosh, chuchmomadoshlar, zira-
dosh, ra ’nodosh, tokdosh, gulnavshodadosh va sh.k.
-d o ‘z affiksli so‘z yasovchi model
Forscha-tojikcha - d o ‘z suffiksli mazkur kammahsul model biror- bir
narsa, buyumni tikuvchi shaxs nomini bildirad/: mo ‘ynado ‘z, etikdo ‘z, ka-
vushdo ‘z, yelkando 'z va sh.k.
-kar, -ko r//-g a r/-g o r affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan kirib kelgan ushbu suffiksli model yordamida
muayyan kasb-hunar egasini anglatuvchi terminlar yasaladi: chilangar,
zargar, da'vogar, sholikor, javobgar, tadbirkor, tajovuzkor (XJsmonov
1975; 51-56), bastakor, qasoskor, ham korva sh.k.
-kash affiksli so‘z yasovchi model
Kelib chiqishi forscha-tojikcha hisoblanuvchi -kash affiksi ishtirokida
yasalgan terminlar m a’lum kasb-hunar bilan mashg‘ul shaxsni ifodalaydi:
chizmakash, arrakash, ko'chirmakash, tarafkash va sh.k.
0 ‘zbek tili tex
nika terminlarini hosil qilishda o ‘ta kammahsuldir.
-nom a affiksli so‘z yasovchi model
Forscha-tojikcha so‘z-affiksli ushbu model asosan hujjat, yozuv, xat,
hujjat nomi namunasi m a’nosini anglatadigan terminlami yasaydi(URSl
70
1988;723): bayonnoma, vasiyatnoma, guvohnoma, ahdnoma, shartnoma,
та ’lumotnoma, axborotnoma, shahodatnoma, sulhnoma, pandnoma, ayb-
noma, dalolatnoma va sh.k.
-parast affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tiliga tegishli suffiks yordamida voqelangan ushbu model
shaxsni nomlovchi terminlami hosil qiladi: amalparast, butparast, inson-
parast, shaxsiyatparast, xudoparast, aqidaparast, shahvatparast, qonun-
parast, hokimiyatparast va sh.k.
-parvar affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan o‘zlashgan -parvar suffiksi ishtirokida reallashgan bu
kammahsul model shaxs otini anglatuvchi oz sonli terminlami yasaydi:
yetimparvar, vatanparvar, insonparvar, xalqparvar, sulhparvar, yurtparvar
va sh.k.
-soz affiksli so‘z yasovchi model
Forscha-tojikcha -so z suffiksli mazkur so‘z yasovchi model shaxs no
mini ifodalovchi ot-terminlar yasashda nisbatan faolligi bilan ajralib tura-
di. -so z suffiksi qatnashuvi bilan hosil qilingan qator derivatlaming o‘zbek
tili texnika terminlari tizimida nisbatan faol qo‘llanishi kuzatiladi:: samo-
lyotsoz, kemasoz, ko'piriksoz, soatsoz, traktorsoz, raketasoz, vertolyot-
soz, metallsoz, asbobsoz, vagonsoz, stanoksoz, qurolsoz, robotsoz va sh.k.
- fu ru s h affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tiliga xos -furush suffiksi ko‘magida voqelangan mazkur
kammahsul model o ‘mi bilan shaxs otini anglatuvchi terminlar yasashda
ko‘zga tashlanadi: vatanfurush, og'ufurush, tamakifurush, odamfurush,
nashafurush, nosfurush, xotinfurush, valyutafurush va sh.k.
-x o ‘r affiksli so‘z yasovchi model
Bu kammahsul model ba’zan: 1) shaxsni: odamxo ‘r, araqxo ‘r, tekinxo V;
2) hayvonlami ifodalovchi termin(zoonim)lami yasashda qatnashadi: ar-
ixo 'r(lar), asalxo ‘r, morxo ‘r, chumolixo 'rlar, go ‘shtxo ‘г, о ‘txo V va sh.k.
-shunos affiksli so‘z yasovchi model
Kelib chiqishi nuqtayi nazaridan forscha-tojikcha hisoblanuvchi
-shunos suffiksli bu qolip o ‘zbek tili terminologiyasi tarkibida aksariyat
m s tilidagi ikkinchi komponenti -v e d suffiksli yasamalarga mos tushuvchi,
mazmunan shaxs nomini ifodalovchi terminlami shakllantiradi (Konon
ov 1960; 110): qonunshunos ( pravoved), sharqshunos (vostokoved), mash-
inashunos (spetsialist po mashinam), ruhshunos (psixolog), xitoyshunos
(kitayeved), tilshunos (yazikoved), eronshunos (iranist), matnshunos (tek-
71
stolog), siyosatshunos (politolog), huquqshunos (yurist), hayvonshunos,
tabiatshunos va sh.k.
2.
|
| |