|
TerminologiyasiBog'liq H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasinashtarsimon
(barg, yaproq),
ko'zachasimon
(gul), sing
ari sifat-term inlar qo'llanadi.
-aro so‘z affiksli so‘z yasovchi model
Asl turkiy -aro (“promejutok”) so‘z - affiksli ushbu sermahsul model
ilm iy
va texnikaviy sohaga xos terminlami yasashda faol ishtirok etadi: :
xalqaro, qit ’alararo, planetalararo, fanlararo, korxonalararo, millatlara-
ro, xo'jaliklararo, hujayralararo (biol. hujayra ), qobirg‘alararo (tib. qo-
birg‘a), turlararo (biol.tur), zonalararo, banklararo (iqt.) va sh.k.
be- prefiksli so‘z yasovchi model
Kelib chiqishi jihatidan fors - tojik tiliga xos be- prefiksli ushbu kam
mahsul
model asosdan anglashilgan sifat, fazilatning mavjud emasligi,
yo‘qligini
ifodalaydi: betaraf, bevosita (harb. vosita ), begunoh, bexatar,
bevatan va sh.k.
no- prefiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan ancha barvaqt o ‘zbek adabiy tiliga kirib kelgan no-
old qo‘shimchali mazkur kammahsul model ishtirokida inkor m a’nosini
bildiruvchi sifat-terminlar yasaladi: nomahfiy, noqonuniy, noma 'lum (harb.
ma’lum), nodavlat, notijorat, noaniq (lingv. aniq / nochiziqli, norasmiy,
nostandart, nokontakt, nobiologik, nokristallilik va sh.k.
ser- prefiksli so‘z yasovchi model
Forscha - tojikcha ser - prefiksli bu mahsuldor model ot so‘z tur-
kumli so'zlardan asosda voqelangan m o‘l-ko‘llik m a’nosini ifodalovchi
sifat-terminlami yuzaga chiqaradi: sersuv, sergo ‘sht, seryomg ‘ir, serildiz,
serkepak, sersut, sertola, serchiqit, serunum va sh.k.
Ser- prefiksli modelning nafaqat sof o'zbekcha (turkcha) shuningdek,
forscha-tojikcha, arabcha va ruscha-baynalmilal leksik birliklardan ham
sifat-terminlar yasashini alohida ta’kidlash kerak bo‘ladi- serdaromad,
sermahsul va sh.k.
kam- prefiksoidli so‘z yasovchi model
Kam- o ‘zbek tili grammatikasiga tegishli ba’zi bir asarlarda qo‘shma
sifatlaming birinchi komponenti tarzida baholansa, boshqa birlarida pre-
fiksoid sifatida belgilanadi.
Ilmiy terminologiyada ancha mahsuldor hamda faol hisoblanuv-
chi kam- prefiksoidi qatnashgan model boshlang‘ich asosdan anglashil
gan miqdoming ozligi m a’nosini ifodalovchi sifat-terminlami yasaydi:
kamqon, kamsut, kamsuv, kamhosil, kamdaromad, kamxarj, kamxarajat,
kamquvvat, kamchiqim, kammahsul va sh.k.
81
-(V) iy affiksli so‘z yasovchi model
Arab tilidan o ‘zlashgan - (v) iy affiksli model ot turkumidan sifat-ter-
minlami yasash uchun xizmat qiladi.
-(v) iy affiksli model unli fonemelar bilan tugagan otlardan tubanda-
gi terminlami hosil qiladi: konstitutsiyaviy, yadroviy, kimyoviy, fizikaviy,
та ’noviy, fuqaroviy, samoviy, kolliziyaviy (kolliziya), oilaviy, fazoviy va sh.k.
Undosh fonema bilan tugagan otlardan nisbiy sifat-terminlar yasaydi:
miqdoriy, та ’типу, harbiy, tibbiy, qonuniy, intizomiy, iqtisodiy, majburiy,
ixtiyoriy, majoziy, tahliliy, tavsifiy, tanqidiy, turkiy, forsiy va sh.k.
-(v)iy affiksi qo‘shilishi natijasida -a , -at bilan tugaydigan arabcha
otlar ushbu qo‘shimchlarini tushirib qoldiradi: milliy (m illa t), s iyosiy (si-
yosat), ijtimoiy (ijtimoiyot), moddiy (modda), m a ’naviy (m a’naviyat),
та ’rifiy (m a’rifa t), tijoriy (tijorat) va sh.k.
Yuqorida keltirilgan ashyoviy misollar o ‘tgan asming 60-yillarida
kammahsul deb topilgan -(v)iy affiksining (Kononov, 1960; 152) hozirgi
vaqtga kelib nisbatan unumli affiksga aylanganligidan dalolat beradi.
Kezi kelganda aniq fanlar terminologiyasida -(v)iy affiksi ishtiroki
da atoqli otlar (kishi ismlari, joy nomlari va sh.k.) asosida yuzaga chiqqan
kyuriy, nilsboriy, eynshteyniy, hamroboyeviy, poloniy (Poloniya-Polshaning
lotincha nomi), prometiy (Prometey-afsonaviy qahramon) kabi familyaviy
terminlar (Lotte, 1961, 427)ning keng qo‘llanishini ta’kidlash o‘rinli.
Fe’llardan sifat-terminlar yasashda quyidagi modellar faol sanaladi:
-(i) q /(i) к affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur model o ‘zbek tilida fe’l turkumli so‘zlardan nafaqat ot-ter-
minlar, balki sifat-terminlami hosil qilishda ham unumlidir.
-q/-k (unli
asoslardan keyin keladi), - (i)q//-(i)k (undoshli asoslardan keyin keladi)
o ‘timli fe’llardan passiv m a’nodagi sifat-terminlar, o ‘timsiz fe’llardan
esa shu fe’lga xos leksik-semantik m a’noga ega sifat-terminlar yasaydi
( Kononov 1960; 155): yaltiroq (yaltira-moq), siqiq, ochiq ( til. bo‘g ‘in),
yopiq (mat.; til.), cho ‘ziq (til.), qattiq, о ‘lik, chaqiriq (harb.; y u r.) va sh. k.
-та affiksli so‘z yasovchi model
Mahsuldorligi chegaralangan ushbu model o ‘timli fe’llardan passiv
m a’noli sifat - terminlami hosil qilsa: yozma, chizma, terma (sport; mus)
) , yasama (til.), burama, ko'chirma (til.) va sh.k; o ‘timsiz fe’llardan esa
ular boshlang‘ich asosiga xos leksik-semantik mazmunni anglatuvchi si
fat-terminlami yasaydi ( Kononov 1960; 155): ko'chma, yonlama (harb.),
o g ‘ma (mat.), tug'ma (tib.) va sh. k.
82
|
| |