• -qir/- kir//-g‘ir/ gir
  • F e’l -term in la m in g yasalishi.
  • Terminologiyasi




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/70
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,42 Mb.
    #118627
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
    Bog'liq
    H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasi

    -qoq//-g‘oq affiksli so‘z yasovchi model
    Namoyon b o ‘ladigan xususiyat, xossani ifodalovchi m azkur kam m ah­
    sul model ayrim sifat-term inlam i yasaydi: 
    yopishqoq, burishqoq, ilish- 
    qoq, qorishqoq, qurushqoq, qaqroq 
    va sh.k.
    -qir/- kir//-g‘ir/~ gir affiksli so‘z yasovchi model
    Bu kammahsul model faol namoyon bo‘ladigan xususiyat, fazilatni 
    a n g l a t a d i g a n
    sifat-terminlami shakllantiradi: o'tkir, uchqit; chopqir, olg'ir, 
    topqir, keskir, sezgir (tib.) va sh.k.
    F e’l -term in la m in g yasalishi. 
    0 ‘zbek terminologiyasi tizimida qa- 
    tor affikslar yordamida asosan ot va sifatlardan, ayrim hollarda esa boshqa 
    so‘z turkumlardan yasalgan fe’l - terminlaming katta miqdorda q o‘llanishi 
    kuzatiladi.
    Ism asoslardan fe’l - terminlar yasashda quyidagi modellar ishtirok 
    etadi:
    -la affiksli so‘z yasovchi model
    Ushbu o ‘ta mahsuldor model quyidagi m a’no-mazmunli fe’l - ter­
    minlami yasashda xizmat qiladi:
    a) jarayon, ish-harakat, natijani ifodalaydi: hisob-la-, yiring-la-, 
    shamol -la-, sud-la-, em-la-, o ‘g ‘ir-la - (o‘g ‘ri), payvand-la-, dald-la-, lit- 
    senziya-la- va sh.k.;
    b) boshlang‘ich asosdan anglashilgan narsa-predmet, buyum bilan 
    birga qilinadigan harakatni bildiradi: beton-la-, asfalt-la-, tormoz-la-, 
    shtamp-la-, egov-la-, shifr-la-, press-la-, kumush-la-, bomba-la-, urug ‘- 
    la-, kavshar-la-, parma-la- va sh.k.;
    v) kimnidir yoxud nimanidir boshlang‘ich asosdan anglashilgan nar­
    sa-predmet, buyum, modda ta’siriga yo‘liqtirish, duchor qilishni bildiradi: 
    о ‘q-la-, moy-la-, lok-la-, sement-la-, sirka-la-, tuz-la-,yod-la-, sir-la- va sh.k.;
    g) dastlabki asosga xos belgi-xususiyat, sifat, fazilat, xossa, shakl, 
    tuzilishga ega bo‘lmoq m a’nosini anglatadi: yax-la-, qurt-la-, muz-la-, 
    sho ‘ra-la-, gul-la- va sh.k.;
    d) 
    boshlang‘ich asosga oid b o ‘lgan xususiyat, xossa, fazilat, ko‘rinish, 
    tuzilish, shakl haqida kimgadir yoxud nimagadir xabar berish m a’nosini 
    ifodalaydi: ayb-la-, saf-la-, dud-la-, chegara-la-, jazo-la-, ко ‘l-la-, kur- 
    tak-la- va sh. k.
    Ian affiksli so‘z yasovchi model
    Mazkur sermahsul model tubandagi m a’noli fe’l - terminlami hosil 
    qiladi:
    83


    a) dastlabki asosdan anglashilgan narsa, buyumga egalik qilishni 
    bildiradi: qurol-lan -, yaroq-lan-, kasal-lan-, xasta-lan-, qopqoq-lan-, ko- 
    jux-lan- va sh.k.;
    b) natijani anglatadi: qadoq-lan-, kristal-lan-, gaz-lan-, gudron-lan, 
    botqoq-lan-, osh-lan-, butoq-lan-, tormoz-lan-, davo-lan- va sh.k.;
    v) boshlang‘ich asosdan anglashilgan biron narsaga duchor bo‘moq, 
    uning ta’siri ostida qolmoq m a’nosini ifodalaydi: zarar-lan-, foyda-lan-, 
    jazo-lan-, zahar-lan- va sh.k.;
    g) jarayon nomini bildiradi: sur-lan-, sir-lan-, nur-lan-, oziq-lan-, 
    o'g'it-lan-, oksid-lan-, loyiha-lan-, imzo-lan-, sarf-lan-, saf-lan-, xrom- 
    lan-, ion-lan- (Kononov 1960; 249-250) va sh.k.
    lash affiksli so‘z yasovchi model
    -lash affiksli mazkur sermahsul model boshlang‘ich asosning leksik 
    m a’nosidan kelib chiqib, qator fe’l - terminlami yuzaga chiqaradi.
    Boshlang‘ich asosdan anglashilgan xususiyat, xossa, fazilat, shakl, 
    holat, vaziyatga egalik qiluvchi jarayon yoxud pirovard natija yoki dast­
    labki asosdan anglashilgan narsaga aylanish, o ‘tish jarayonini ifodalaydi 
    (Kononov 1960; 251) : xira-lash-, sodda-lash-, o'troq-lash-, chet-lash-, 
    standart-lash-, sust-lash-, konsentratsiya-lash-, demokrat-lash-, ra­
    dio-lash-, markaz-lash-, kompyuter-lash- va sh.k.
    -lashtir affiksli so‘z yasovchi model
    -lashtir (-lash-tir) qo‘shimchali bu o ‘ta unumli model jarayon, nati­
    ja, belgi-xususiyat, shakl, vaziyat, holat nomini ifodalovchi fe’l - ter­
    minlar yasaydi: gaz-lashtir-, elektr-lashtir-, sikl-lashtir-, chet-lashtir-, 
    chuqur-lashtir-, shablon-lashtir-, ekran-lashtir-, qalbaki-lashtir-, mash- 
    ina-lashtir-, mexanizatsiya-lashtir-, militarizatsiya-lashtir-, kompyut- 
    er-lashtir-, legal-lashtir-, robot-lashtir- va sh.k.
    -lashtiril affiksli so‘z yasovchi model
    -lashtiril (-lash+tir+il) qo'shimchali bu qolip jarayon, natija, belgi-xu­
    susiyat nomini anglatuvchi fe’l - terminlami hosil qiladi: mashina-lashtiril 
    -, maxsus-lashtiril -, mahalliy-lashtiril -, mexanizatsiya-lashtiril-, kompy- 
    uter-lashtiril-, milliy-lashtiril-, ixtisos-lashtiril-, avtomat-lashtiril-, aniq- 
    lashtiril-, demokrat-lashtiril-, yer-lashtiril-, robot-lashtiril- va h. k.

    Download 3,42 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish