• A sosiy tushunchalar
  •  ‘n ikkinchi mavzu: 0 ‘zbek term inologiyasini




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/70
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,42 Mb.
    #118627
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
    Bog'liq
    H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasi

    0 ‘n ikkinchi mavzu: 0 ‘zbek term inologiyasini 
    takom illashtirish borasida am alga oshirilayotgan ishlar 
    Reja:
    1.0 ‘zbek terminologiyasi tizimida arxaizmlaming o ‘mi.
    2. Soha terminologiyasida ro‘y berayotgan o ‘zgarishlar.
    3. Terminlami unifikasiyalash va tartibga solish.
    A sosiy tushunchalar: 
    arxaizm, eskirgan s o ‘z, istiloh, motivlangan, 
    motivlanmagan, semantik ко ‘chim, kalkalash, s o ‘z yasovchi affiks, suffiks, 
    tushuncha, element, almashtirish, fe 'Idan yasalgan ot-terminlar.
    Arxaizmlar ostida o ‘tmishda faol qo‘llangan, biroq vaqt-zamon o‘ti- 
    shi bilan ishlatilish chastotasi o ‘ta susaygan yoxud o‘mini tub yoki o ‘zlash- 
    malarga bo‘shatib berishga majbur bo‘lgan leksik birliklar nazarda tutiladi. 
    Arxaizmlar o ‘zbek tili so‘z boyligining shakllanish va rivojlanishining biz- 
    ga m a’lum barcha davrlarida mavjud bo‘lgan. Sobiq sho‘rolar hukmronligi 
    davrida o ‘zbek tili leksikasida qadimdan faol qo'llanib kelgan ko‘pdan- 
    ko‘p tub hamda arab va fors-tojik tilidan turli omillar oqibatida o ‘zlash- 
    gan so‘z va iboralar mscha yoki ras tili orqali G ‘arbiy Yevropa tillaridan 
    kirib kelgan leksik birliklar bilan almashtirilgan edi. Buning natijasida, 
    eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida ishlatilgan minglab so‘zlar, ter­
    minlar eskirgan, ya’ni arxaizmlar sirasiga kirib qolgan edi. 0 ‘zbek tilining 
    1980-yilda Moskvada nashr qilingan ikki tomdan iborat izohli lug‘atida 
    talaygina so'zlarga eskirgan belgisi qo‘yilgani m a’lum.
    0 ‘zbekiston Respublikasi 1991-yilda o ‘z mustaqilligini qo‘lga kirit- 
    gach, mamlakat rahbariyati va hukumati oldida yuqoridagi nohaqlikka 
    barham berish, moziyda ajdodlar tilida keng ko‘lamda ishlatilgan so‘z va 
    terminlarga qayta jon ato etib, ularga til so‘z boyligidan munosib o ‘rin ber­
    ish, ya’ni eskirgan tam g‘asi bosilgan leksik birliklami mscha va u orqali 
    tilimizga zo‘rma-zo‘raki olib kirilgan g ‘arbiy yevropacha so‘z va istilohlar
    110


    o ‘mida qo‘llash borasida jiddiy harakatlar amalga oshirildi. Buning natijasi 
    o ‘laroq, o ‘zbek tilining leksik tarkibi, xususan, terminlar tizimida sezilarli 
    o ‘zgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan 
    ushbu hodisa oqibatida ko‘pdan-ko‘p eskirgan so‘zlar qaytadan muomala- 
    ga olib kirildi, va aksincha, totalitar tuzum va kommunizm qurish g ‘oya- 
    si, mafkurasi bilan bog‘liq tushunchalar insonlar turmush tarzidan chiqib 
    ketgach, ulami ifodalovi ko‘pgina so‘z va terminlami ishlatishga ortiqcha 
    hojat qolmadi. Chunonchi, 
    demokratik sentralizm, sotsializm, tarixiy mate- 
    rializm, dmiy kommunizm
    kabi termin va birikmalar tarix sahifasidan o‘rin 
    oldi. Aksincha, tom m a’nodagi erkin va ozod davlat barpo etish mafkurasi 
    ostida o ‘z yo‘lini tanlab olgan o ‘zbek xalqi turmish tarzida paydo bo‘lgan 
    mutlaqo yangi tushunchalar va realiyalar eski so‘zlar qatoriga kiritilgan lek­
    semalar yordamida ifodalandi. Bunday holat ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy va 
    sotsial-iqtisodiy terminlar tizimida ravshan ko‘zga tashlandi. Davlat boshqa- 
    rav strukturasining ijrochi, qonun chiqamvchi va nazorat qiluvchi organlar- 
    iga taqsimlanishi shu sohalarga oid terminlar tizimining sof o‘zbekcha yoki 
    arabcha va forscha-tojikcha so‘zlar hisobiga kengayishiga olib keldi. 0 ‘zbek 
    tili ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimidan 
    vazir, bosh vazir, vazirlik, viloyat, 
    tuman, qo 'rg 'on, hokim, viloyat hokimi, tuman hokimi, hokimlik// hokimiyat, 
    oqsaqol, qishloq oqsoqoli
     .singari arxaizmlar mustahkam o‘rin oldi. 
    Jaray- 
    on, m a’ruza, mavzu, hujum, hamla, ilg'or, soqchi, malham, shifokor, bosh 
    shifokor, saraton, qorason, hay 'at, bo ‘hron, muhr, yorliq, taftish
     singari turfa 
    sohalarga oid terminlar bugungi kunda millat vakillari tilida faol ishlatilmo- 
    qda. Xullas, istiqlol tufayli anchagina eskirgan so‘z va istilohlar o ‘zbek tili 
    lug‘at tarkibidan qayta o ‘rin egalladi va ular millat vakillarining kundalik 
    muloqati uchun zamr vazifani bajarishda xizmat qilmoqda.
    Terminologiyaga doir adabiyotlarda ta ’kidlanishicha, motivlanmagan, 
    ya’ni belgili terminlar o ‘z tarkibiga tilda mavjud tub leksik birliklar,boshqa 
    tillardan kirgan o ‘zlashmalar, kalkalar, shuningdek, o ‘z so'zlardan seman­
    tik (metonimik) ko‘chim orqali hosil bo‘lgan terminlami qamrab oladi.
    0 ‘zlashmalaming har qanday til taraqqiyoti va boyishi qonuniyatin- 
    ing manbalaridan biri ekanligi sir emas) 0 ‘zlashtirish jarayoni murakkab 
    hodisa bo ‘lib, lingvistik hamda ekstralingvistik omillar bilan chambar- 
    chas bog‘langan. Ijtimoiy - siyosiy, tijoriy-iqtisodiy, diniy munosabatlar
    madaniy aloqalar, bir tildan boshqa tilga qilinadigan adabiy tarjimalar va 
    sh.k. natijasida u yoki bu til lug‘at tarkibida o‘zlashmalar paydo bo‘ladi. 
    Tabiiy, ushbu hodisa boshqa qarindosh bo‘lmagan tillardan kirgan katta
    111


    miqdordagi o ‘zlashmalarga ega o ‘zbek adabiy tili uchun ham taalluqlidir.
    Uzoq muddatli tarixiy taraqqiyot davomida o ‘zbek xalqi o ‘zga xalq 
    va millatlar bilan mustahkam siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy va lisoniy 
    munosabatlarda boMgan. Bunday aloqlar natijasida o ‘zbek adabiy tilining 
    lug‘at tarkibi yangi tushunchalar hamda realiyalar hisobiga yanada boyidi 
    va boyib bormoqda. 0 ‘zbek adabiy tiliga kelib chiqishi nuqtai nazaridan 
    turfa va rang-bararang so'zlar o ‘zlashgan.
    Kalkalash so‘z o ‘zlashtirishning oliy shakli bo‘lib, tilning bugungi 
    kundagi lug‘at tarkibi kengayishi va boyishida juda faolligi allaqachon 
    aniqlangan.
    Kalkalash jarayoni o ‘zbek tilining barcha terminologik sistemalariga 
    xos b o iib (Shaaxmedov, 1974), asosan ikki m a’lum, ya’ni: a) sturuktur 
    (so‘z yasash), b) semantik kalka turi orqali reallashadi. Bu tizimda, shub- 
    hasiz, struktur kalkalar yetakchilik qiladi. Struktur (so‘z yasash) kalkalar 
    sirasiga o ‘zbek adabiy tili vositalari yordamida boshqa tillarga oid mod- 
    ellardan, ulaming morfologik qismlarini tarjima qilish bilan yasalgan ter­
    minlar kiradi. Muayyan tilning leksik - so‘z yasash materiallari negizida 
    hosil qilingan struktur kalkalar tom m a’nodagi o ‘zlashma hisoblanmaydi 
    (Tixonov 1991; 136).
    Hozirgi o ‘zbek terminologiyasi tizimida chet tillarga xos elementlam- 
    ing alohida miqdori mavjud b o ‘lib, ulami kalkalashga hech qanday hojat 
    yo‘q. Masalan, 
    telefon, telegraf, traktor, tank, izotop, indikator, orden, bolt, 
    arfa, ring, xokkey, departament, parlament, mina, import, eksport, anten­
    na, armatura, prokuror, aerobus, avtobus, metro, ampermetr, motor, di- 
    zel, astronavt, mexanik, radiotexnik, proton, neytron, elektron, radioaktiv, 
    distributiv, audiovizual, identifikatsiya, autentifikatsiya, retranslyatsiya,- 
    divergensiya, dissimilyatsiya, iyeroglif, diftong
    kabi ruscha-baynalmilal 
    xarakterdagi ko‘pgina terminlar tarkiban o ‘ta rang -barang bo ‘lib, texnika, 
    ilm-fan, madaniyat, san’atning hamma sohalarini qamrab olgan. Bunday 
    yuzaga kelishni ifodalovchi hamda muttasil rivojlanuvchi terminlar qatla- 
    mi o ‘zbek tilining mulkiga aylangan. Hozirgi paytda ham tayyor terminlar- 
    ni о ‘zlashtirish jarayoni o ‘z faolligini saqlab qolmoqda.
    Ayni chog‘da, o‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy 
    va sh.k. sohalari terminologiyasi tizimida o ‘zbek tili qonunlariga bo‘ysun- 
    gan holda muayyan qismi o ‘zbek tilining so‘z yasovchi elementlari bilan 
    almashtirilgan ulkan miqdordagi ruscha-baynalmilal terminlar qo‘llanmo- 
    qda.
    112


    So‘z yasovchi suffiksi o ‘zbek tili affiksi bilan almashtirilgan o‘zlash- 
    ma - terminlar.
    Rus tili terminologiyasi tarkibining salmoqli ulushini so‘z yasovchi 
    suffikslar bilan yasalgan, motivlangan terminlar tashkil qiladi (Istoriya 
    leksiki russkogo literatumogo yazika 1981; 152-166).
    So‘z o ‘zlashtirish jarayonida kam miqdordagi terminlar so‘z yasovchi 
    suffikslari bilan birga o‘zlashtiriladi (
    metallist, militarist, motorist, nig- 
    ilist, sotsialist, oportunist, kommunist
    va sh.k.). Biroq aksariyat hollar- 
    da terminlar yasashda qatnashgan suffikslar o ‘zbek tilining aynan bir xil
    o ‘xshash affikslari bilan almashtiriladi.
    So‘z yasovchi suffikslari -chi affiksi bilan almashtirilgan terminlar
    a) 
    -ist: 
    tank-chi
    (tankist), 
    traktor-chi
    (taktorist), 
    shtanga -chi 
    (shtangist), 
    parashyut-chi
    (parashyutist), 
    roman-chi
    (romanist), 
    torpe- 
    da-chi
    (torpedist), 
    radiometr-chi
    (radiometrist), 
    monarxiya-chi
    (monarx- 
    ist
    ),futbol-chi

    Download 3,42 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     ‘n ikkinchi mavzu: 0 ‘zbek term inologiyasini

    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish