• “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga kreativ yondashuv shart - sharoitlarini takomillashtirish ”
  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga kreativ yondashuvni qo’llash texnalogiyasi
  • Termiz davlat universiteti Magistratura bo‘limi 5A111701 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) yo‘nalishi




    Download 21.36 Mb.
    bet1/3
    Sana18.10.2022
    Hajmi21.36 Mb.
    #27471
      1   2   3
    Bog'liq
    Hisobot.doc 1-semestr
    Fuqarolik jamiyati - Vikipediya, Multimedia texnologiyalari, 23.12.2021, ВЫФРВЫФАГВГФЙГД, 315-316-гурух амалиёт, Boshlsng\'ich sinf. axbor.tex, amaliy - 11 6- semestr, 1-MAVZU, Tursunov Ozodbek, disserCat, ХУРРАМОВ.Р 1-ИЛОВАВА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТ ИШЛАРИ, Bog\'lovchi va uning grammatik xususiyatlari, maqollar, Elmira Mamaziyayava Orol fojiasi

    Termiz davlat universiteti Magistratura bo‘limi 5A111701 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) yo‘nalishi
    I - bosqich magistranti Norqobilova Rayhonaning
    2019-2020-o‘quv yili davomida bajargan
    o‘quv va ilmiy ishlari haqidagi ilmiy seminar


    H I S O B O T I
    Sentabr oyi davomida kafedra professor o‘qituvchilari, jumladan, ilmiy rahbarim dots. X. Norbo’tayev bilan birgalikda hozirgi kunda boshlang’ich ta’limda o’rganilishi kerak bo’lgan soha bo’yicha olingan ilmiy dissertatsiya ishim bo’yicha samarali ishlashga harakat qildik. O’quv yili boshidanoq bajargan ishlarimni ilmiy rahbarimga taqdim qilib, u kishining ish haqidagi fikr-mulohazalari va maslahatlarini oldim. Ishimning nazariy qismi tugallangan bo’lib, unda yo’l qo’yilgan kamchiliklar rahbarim tomonidan tushuntirildi. Qo’shimcha o’rganishim lozim bo’lgan manba va adabiyotlar haqida tavsiyalar berdi. Yangi qabul qilingan qonunlar, ta’limga oid o’zgarishlar hamda yangiliklarni o’rganib chiqishimni vazifa qilib topshirdi. Shundan so’ng so’nggi vaqtlarda qabul qilingan ta’limga oid qonunlar, oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi haqida universitet axborot resurs markazidan ma’lumotlar olib o’rganib chiqdim. Bu manbalarning ishimga oid qismlarini yangilik sifatida ilmiy ishimga kiritdim. Dissertatsiya ishim “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga kreativ yondashuv shart - sharoitlarini takomillashtirish muammosini yoritish va bartaraf etishga oid bo’lib, I bob “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga kreativ yondashuv shart - sharoitlarini takomillashtirish pedagogik muammo sifatidadeb nomlanib, bu qism uchta reja bo’yicha qilingan ishlarni o’z ichiga oladi:
    1.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga kreativ yondashuv shart - sharoitlarini takomillashtirishning nazariy asoslari.
    1.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga kreativ yondashuvning pedagogik-psixologik xususiyatlari.
    1.3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga kreativ yondashuvni tashkil etish tamoyillari.
    Bu qismlarni to’liq yakunlab, ikkinchi bob bo’yicha ishlashga kirishdim. Ma’lumotlar to’plangan bo’lib rahbarim bilan birgalikda uni tizimga keltira boshladik.
    Kafedra o’qituvchilari bilan birgalikda kunduzgi va kechki ta’lim yo’nalishi talabalari darslariga qatnashdim, o’qituvchilar darslarini o’rganib, tahlil qilib bordim.
    II bob Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga kreativ yondashuvni qo’llash texnalogiyasi bo‘yicha ishlash va xulosalar berishda ham asosan manbalarning ilmiy asoslanganlik darajasiga diqqat qildim.
    Hozirgi vaqtda maktablarga borib o’quvchilarga “Tabiatshunoslik” va “Atrofimizdagi olam” darslarida ularning ijodiy faoliyatini shakllantirishga oid ishlar olib bordim. Dars jarayonida ekologiya tarbiyasi uning ahamiyati to’grisida qomusiy mutafakkirlarimiz Ibn Sino, Farobiy, Naqshbandiy Kaykovus, A.Navoiy Termiziy kabi allomalarimiz o’z asarlarida ekologik tarbiyani ulug’lab, yoshlarni tabiatni asrashga, ekologiyaning inson faoliyatida o’rni haqida fikrlari boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun muhim ahamiyat kasb etishi haqida bayon qildim. Ilmiy ishim mavzusi bo’yicha Respublikamizdagi ekologik ta’lim va uning taraqqiyotiga hissa qo’shgan, ko’pgina olimlarimiz jumladan, Nuriddinovaning “Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi”, Q.Haydarovning “Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof-tabiat bilan tanishtirish” darslik va metodik qo’llanmalarini o’rganib chiqdim. Ilmiy ishim yuzasidan bir qator manbalar to’pladim.
    Ilmiy ishim bo‘yicha manba bo‘lgan internet saytlari:
    http://www.edu.uz
    http://www.ziyonet.uz
    http://www.referat.uz
    http://www.arxiv.uz
    http://www.arm.uz


    1. Download 21.36 Mb.
      1   2   3




    Download 21.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti Magistratura bo‘limi 5A111701 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) yo‘nalishi

    Download 21.36 Mb.