• “Imom Abu Iso Termiziy hadislarida ilmga targ‘ib”
  • “Boshlang‘ich ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv”
  • Termiz davlat universiteti Magistratura bo‘limi 5A111701 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) yo‘nalishi




    Download 21.36 Mb.
    bet2/3
    Sana18.10.2022
    Hajmi21.36 Mb.
    #27471
    1   2   3
    Bog'liq
    Hisobot.doc 1-semestr
    Fuqarolik jamiyati - Vikipediya, Multimedia texnologiyalari, 23.12.2021, ВЫФРВЫФАГВГФЙГД, 315-316-гурух амалиёт, Boshlsng\'ich sinf. axbor.tex, amaliy - 11 6- semestr, 1-MAVZU, Tursunov Ozodbek, disserCat, ХУРРАМОВ.Р 1-ИЛОВАВА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТ ИШЛАРИ, Bog\'lovchi va uning grammatik xususiyatlari, maqollar, Elmira Mamaziyayava Orol fojiasi
    Oktabr, noyabr oylarida ilmiy dissertatsiyam ustida yanada samarali ish olib bordim deb o‘ylayman. I bobni yakunlab keyingi bobning 1-qismi bo’yicha ishlashga kirishdim. Ilmiy ishimning II bobi “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga kreativ yondashuvni qo’llash texnalogiyasi”. Bu qismda qilinadigan ishlarni ilmiy rahbarim bilan muhokama qilib, tajriba uchun ma’lumot hamda, adabiyotlar tahlil etishga kirishdim. Hamda ushbu bob asosida ko‘proq amaliy ishlarni amalga oshirishga intildim. Bu jarayonni Termiz shahridagi 7-umumta’lim maktabida xususiy jihatdan hamda tahliliy jihatdan olib boryapman. Bunda menga maktab boshlang’ich sinf jamoasi yaqindan yordam bermoqda.

    Magistrlik dissertatsiyam uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganib, rahbarim bilan tahlil qildik. Bundan tashqari, rahbarim mavzuyimga to‘g’ri yondashishim hamda amaliyotda qo‘llaganda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi uchun ko‘rsatmalarni berdi.
    Bundan tashqari bu oyda Termiz davlat universiteti hamda Toshkent Islom Akademiyasi magistrantlari bilan hamkorlikda “Imom Abu Iso Termiziy hadislarida ilmga targ‘ib” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

    Bu seminar turfa fikrlar hamda, ilmiy asoslangan va ayni paytda biz yoshlar bilishimiz lozim bo‘lgan hadislarni, ularni sharh etib tushunish mohiyati haqida ma’lumot oldik. Bu o‘rinda aynan Termiz shahrida yangidan bunyod etilgan va foydalanishga topshirilgan Abu Iso at Termiziy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi ish boshlaganligi diqqatga sazovor bo‘lib, bir faxr sifatida ta’kidlab o‘tildi.
    Shuningdek, ushbu oyda “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasida “Boshlang‘ich ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Bu konferensiyada Boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligining magistrantlari ham munosib ishtirok etishdi. Men ham ilmiy tadqiqot ishim bo‘yicha “O’qish darslarida o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashning dolzarb masalalari” nomli maqolam bilan konferensiyada qatnashdim.


    Konferensiya yuqori saviyada o‘tkazildi. Tashrif buyurgan mehmonlar ham mamnun bo‘lishdi.

    Konferensiya yakunida qatnashchilar faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandilar.
    Hamda ushbu noyabr oyida rektor va magistrantlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yosh tadqiqotchilarga yanada kengroq imkoniyat yaratish, ular o‘z bilim salohiyatlari orqali xalqaro ta’limda ham o‘rnilariga ega bo‘lishi, eng asosiysi, bugungi kunning raqobatbardosh kadrlari bo‘lib yetishtirishdan iboratdir. Bu uchrashuvdan biz ham behad mamnun bo‘ldik.

    Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan magistrantlarning 6 kunlik o‘quv jarayonini 4 kunlikka o‘tkazish va bu bilan ularning ilmiy maqolalar yozish, ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilishi bildirib o‘tildi.

    Uchrashuv davomida tashkiliy masala ko‘rildi. Bir necha yillardan beri Iqtisodiyot va Turizm fakultetida samarali mehnat qilib kelayotgan Ziyodulla To‘rayev magistratura bo‘limiga rahbar etib tayinlandi. Uchrashuvda ishtirok etgan magistrantlar qalbida o‘zgacha ishonch va quvonch hissi yanada ortdi. Rahbarlarimiz va ustozlarimiz e’tiboriga munosib bo‘lishga harakat qilmog‘imiz lozim.



    Download 21.36 Mb.
    1   2   3




    Download 21.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti Magistratura bo‘limi 5A111701 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) yo‘nalishi

    Download 21.36 Mb.