|
P. Uzelning asosiy vazifalari va funksiyalari
|
bet | 2/4 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 104.5 Kb. | | #92189 |
Bog'liq Termiz MTU ustavi Azizjon — копия, mb mustaqil ish Oygul, Ўралов Жавлонбек Кўчқорбой ўғли, 8 sinf kimyo fanidan taqvim rejalar 2022 2023 o\'quv yili, OarjhKqYURTNotk6cmQH1RWDK8u8cdRPqOguYugF, ARIZA voyaga yetmagan несовершеннолетн рус узб, 1683958228, genetik kod.ish1, Mustaqil talim genomika sheraliyev, noallel genlar I 3, PZR TEXNOLOGIYA ZZZ, TERMODINAMIK JARAYONLARNI TAVSIFLARI BILAN TANISHISH, Davomat, 3342204072 (2)P. Uzelning asosiy vazifalari va funksiyalari.
2.1. Uzelning asosiy vazifalari kuyidagilar:
aholi va ho’jalik sub’ektlarini temir yo’l tashishlariga bo’lgan
ehtiyojini to’la va o’z vaqtida qondirish;
tashuvlar mintaqaviy bozori kon’yunkturasini o’rganish, ularning
infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek temir yo’l tarmoqlarini
rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
temir yo’l transportining xizmat ko’rsatiladigan xudud doirasida
barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, foydalanuvchilarga keng
ko’lamda temir yo’l xizmatlarini ko’rsatish;
joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yul transporti bo’linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish;
xizmat ko’rsatiladigan hududdagi temir yul tarmoqlarining barqaror ishlashini, hamda temir yullarning o’tkazish qobiliyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ;
O’zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yulovchilarni tashish borasida joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan holda o’zaro hamkorlikni ta’minlash.
2.2. Uzel uz zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajarishni ta’minlaydi:
a) tashish jarayoni doirasida:
belgilangan yuk tashish rejalarini bajarishni ta’minlash;
belgilangan chegaralar doirasida, shu jumladan davlatlararo tutash punktlari orqali, chegaralar bojxona va hukukni ximoya qilish organlari bilan birgalikda yuk va yulovchi poezdlarini tusiqsiz o’tishini ta’minlash;
Uzel mintaqaviy bo’linmalaridagi barcha texnik jixozlarni shay holda tutish;
yuk tashish xujjatlarini to’ldirish qoidalariga amal qilish;
yong’in xavfsizligini, yuk, pochta, bagaj tashish hamda transport vositalari xavfsizligini ta’minlash;
favqulotda vaziyatlarining vujudga kelish sharoitlarida tadbirlarni bajarishni tashkil qilish;
tashish jarayonida qatnashuvchi barcha bo’linmalarning o’zaro aniq hamkorligini ta’minlash;
portlovchi, tez yonuvchi va zaharli moddalarni tashish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko’rish;
temir yul transport vositalarini falokatsiz tashish chora tadbirlarini tashkil qilish va bajarish;
davlat sirlarini va xizmatga ta’luqli ma’lumotlarni tarqalishini oldini oluvchi chora tadbirlarni ko’rish.
b) iqtisod va moliya sohasida:
- bo’linmalarni xo’jalik boshqaruvini tashkil qilish;
Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning barcha faoliyat turlari buyicha moliyalashni tashkil qilish;
Uzel O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuni bo’yicha, buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq holda buxgalteriya hisobini yuritadi. Moliyaviy va statistik hisobotlarni amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Uzel belgilangan tartibda «O’TY» AJga, soliq va boshqa davlat idoralariga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ravishda o’z
moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalari hakidagi zarur bo’lgan ma’lumotlarini takdim etadi;
temir yul asosiy xizmatlari uchun barcha to’lovlarni uz vaqtida va to’la undirish hamda ularni «O’TY» AJning asosiy daromad xisob rakamiga o’tqazish;
tashilgan yuklar uchun debitor qarzlarni va uni tugatilishini nazorat qilish va uni hisobga olish, debitor qarzlarni undirish buyicha xujjatlar tayyorlash va uni hujalik sudiga oshirish;
bekatlardagi yuk-tovar idorasida o’ta muxim bo’lgan xujjat varaqalarini saklashni ta’minlash;
Uzel bo’linmalari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining istiqbolli ko’rsatkichlarini tuzish;
transport texnika vositalarini hamda imorat va inshoatlarini ta’mirlashni tashkil qilish;
Uzel xodimlarining ish haklari va mukofotlash sistemasi va turlarini aniklash hamda bu ishlarni bo’linmalarda nazorat qilish;
sof tushumning (amaldagi konunchilik asosida) belgilangan miqdorida pensiya jamg’armasiga badallar, qo’shilgan kiymat solig’i, yo’l jamg’armasiga ajratmalar, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va medisina imuassasalarini kapital ta’mirlash fondiga ajratmalar hamda barcha turdagi soliq va chegirmalar to’lovlari xisoblarini amalga oshirish;
bekatlardan va davlatlararo tutash punktlardan Surxondaryo TexPD va "Uztemiryulxisob" markaziga tashish xujjatlari hamda undirilgan to’lovlar bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida etkazish;
debitor va kreditor qarzlarni kamaytirish buyicha chora tadbirlar tuzish va uni bajarish;
Uzel tarkibiy bo’linmalari xodimlariini mukofotlash Nizomini tasdiqlash;
Uzel hamda tarkibiy bo’linmalar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining istiqbol rejalarini tuzish;
qurilish - montaj pudrat ishlarini amalga oshirish;
o’zining tarkibiy bo’linmalariga va bashqa temiryo’l tashkilotlarini tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlash;
xo’jalik sudlarida va boshqa davlat organlarida Uzel va tarkibiy bo’linmalari xukuk va manfaatlarini muxofaza qilish;
Uzel bo’linmalari yig’ma balansini tuzish , uni «O’TY» AJga va kerakli davlat organlariga taqdim qilish.
v) texnik siyosat soxasida:
yangi texnika va texnologiyalarni, ilg’or tajribalarni joriy etish, ixtiro, rasionalizatorlik va patent-lisenziya etish faoliyatini rivojlantirish;
atrof muxitni zararli chikindilardan saqlash va ekologik toza texnologiyalarni, jarayonlarni va zararli chiqindilarni kamaytiradigan transport vositalarini keng joriy etish.
g) moddiy texnika ta’minoti soxasida :
Uzel mintaqaviy bo’linmalarining asosiy vositalarini soz holda tutish va ularni normal holda ishlatish uchun kerakli bo’lgan ehtiyot qisimlar xamda yonilg’i-energetika resurslari bilan ta’minlash;
falokatlar, avariyalar va boshqa nazarda tutilmagan xodisalarning oqibatlarini bartaraf etish uchun moddiy-texnika resurslarning barcha turlaridan zaxiralar tashkil etish;
resurslar va energiyani tejash buyicha ishlarni tashkil etish;
favqulotda vaziyat davrida Uzelning safarbarligini ta’minlash uchun
moddiy texnika resurslari zahiralarini tuzish va tayyorligini
ta’minlash.
d) kadrlar, mexnat va ijtimoiy masalalar soxasida:
xodimlarni saralash, ularning xizmatda o’sishini, ma’suliyatini oshirishni, rag’batlantirilishi va ijtimoiy muhofazasi sharoitlarini yaratish bilan shug’ullanish;
Uzel ehtiyoji asosida kadrlarni kasbiy va iqtisodiy o’sishini tashkil etish;
o’kuv muassasalarida mutaxassislar va ommaviy kasblar buyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
samarali kadrlar siyosatini o’tkazishni ta’minlash;
poezdlar harakati bilan bevosita bog’liq bo’lgan Uzel hodimlarining alohida toifasi uchun dam olish vaqti va ish vaqti rejimini bajarishni ta’minlash;
Uzel xodimlari attestasiyasini o’tkazish, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish, mexnat va texnika xdvfsizligini ta’minlash.
2.3.Sanab o’tilgan vazifalardan tashqari, Uzel temir yul transporti : ob ektlaridan foydalanish qoidalari, manevr ishlari va poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash talablarini o’z bo’linmalari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
|
| |