Test nomi. M 1




Download 59 Kb.
bet1/4
Sana06.09.2022
Hajmi59 Kb.
#25643
  1   2   3   4
Bog'liq
4. Mexanika 2.1


Test nomi. M-2.1


1. Dinamometrga yuk osilganda, uning ko`rsatkichi 24,5N ga teng bo`ldi. Unga qanday massali yuk osilgan?
A) 9,8 kg B) 2,5 kg C) 3,61 kg D) 8,7 kg
2. Aravacha va undagi yuk massasi birgalikda 100 kg. Uni 500 N kuch ta`sirida 10 m ga siljitildi. Bajarilgan ish nimaga teng?
A) 5000 J B) 5100 J C) 3500 J D) 5500 J
3. O`rtacha tezligi 120 km/soat bo`lgan mashina 40 minutda qancha yo`lni bosib o`tadi?
A) 60 km B) 70 km C) 80 km D) 480 km
4. Massasi 36 kg bo`lgan muz qancha hajmni egallaydi? (muzning zichligi ρm=0,9 g/sm3)
A) 30 B) 40 l C) 20 l D) 10 l
5. Bolaning og`irligi 500 N. Oyoq kiyimlarining pastki yuzasi 0,025 m2 bo`lsa, bolaning yerga beradigan bosimini toping
A) 20000 Pa B) 2000 Pa C) 200 Pa D) 4000 Pa
6. Jismni 400 N kuch bilan tortib 6000 J ish bajarildi. Jism qancha masofaga siljigan?
A) 20 m B) 30 m C) 25 m D)15 m
7. Xonadagi vintelyatorning quvvati 45W. Uning 20 minutda bajargan ishi nimaga teng?
A) 54 kJ B) 60 kJ C) 25 kJ D) 30 kJ
8. 5 m/s tezlik bilan esayotgan shamolga qarshi 90 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilning shamolga nisbatan tezligi necha m/s ga teng?
A)25 m/s B) 20 m/s C) 30 m/s D) 5 m/s
9. Qayiq oqim bo’ylab 3,5 m/s tezlik bilan, oqimga qarshi esa 2 m/s tezlik bilan suzadi. Shu qayiq ko’lda qanday tezlik bilan suzgan bo’lar edi (m/s)?
A) 1 B) 1,5 C) 2,75 D) 5,5
10. 180 m balandlikdan erkin tushayotgan jismning oxirgi sekunddagi ko’chishi qanday?
A)160 B)150 C)55 D)155
11. 400 g massali jism pastga 2,2 m/s2 tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakatlanganda jismning og’irligi qanchaga teng bo’ladi (g = 9,8 m/s2)?
A) 4,8 N B) 2,4 N C) 2,8 N D) 9,8 N
12. Erkin tushayotgan jismning 4-sekunddagi ko’chishi necha metrga teng?
A)60 B)75 C)50 D)35
13. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism 2,5s davomida tezligini 0,6m/s ga oshirdi. Jism tezlanishi nechaga teng? (m/s2)
A) 0,24 B) 0.2 C) 0,12 D) 0,3

Download 59 Kb.
  1   2   3   4




Download 59 Kb.