• Taqrizchilar
  • Texnik ijodkorlik va dizayn




    Download 3.57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/36
    Sana02.02.2023
    Hajmi3.57 Mb.
    #40785
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
    Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
    Sharipov Shavkat Safarovich 
    Muslimov Narzulla Alixanovich
    TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
    Toshkent-2011


    Texnik ijodkorlik va dizayn fani o’quv qo'llanmasida o’quvchilar texnik 
    ijodkorligini 
    rivojlantirishning 
    ijtimoiy-pedagogik 
    muammolari, 
    texnik 
    ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari, ixtiro, kashfiyot, ratsionalizatorlik 
    takliflari ishlab chiqish, o’quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatiga rahbarlik qilish, 
    darsdan va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik faoliyatini 
    tashkil qilish, o'quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlari batafsil 
    yoritib berilgan.
    O'quv qo'llanma asosan mehnat va kasb ta'limi yo’nalishi bo'yicha tahsil 
    olayotgan talabalarga mo’ljallangan, shuningdek, undan professor-o’qituvchilar, 
    ilmiy izlanuvchilar va psixologlar ham foydalanishlari mumkin.
    Taqrizchilar:
    A.R.Xodjaboev, A.Parmonov
    Muharrir: B.Pardayev
    O'quv qo'llanma oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi 
    Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
    © Nizomiy notnidagi TDPU


    3
    K1RISH
    Talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish va mehnatga ijodiy 
    munosabatini shakllantirish, fan-texnika taraqqiyotini jahon taiablari darajasiga 
    ko'tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarishning yuqori 
    samaradorligini ta'minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim 
    vazifalardan biri hisoblanadi. Bo'lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga 
    oid bilim, ko'nikmalarni shakllantirish orqali zamonaviy ishlab chiqarishiga xos 
    texnik, texnologik-konstruktorlik fazilatlarini shakllantirish va ishlab chiqarish 
    faoliyati asoslarining puxta egallanishiga erishiladi.
    Fanning asosiy maqsadi bo'lajak o’qituvchilarga umumiy o'rta ta'lim 
    maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari 
    ta’lim muassalarida o'quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy- 
    metodik asoslarini o’rgatishdan iboratdir. Mazkur maqsadga erishishda 
    talabalar tomonidan quyidagi muhim vazifalarning hal etilishi ko'zda tutilgan:
    - o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik 
    ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo'lish;
    - texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
    - kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo’yicha 
    tushunchalarga ega bo'lish;
    - texnik masalalarni yechishning samarali metod va usullaridan foydalanish 
    ko'nikinalarini hosil qilish;
    - texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
    - mustaqil ravishda texnik obyektlami va ularning modellarini loyihalay olish;
    - texnik ijodkorlik bo'yicha sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun 
    moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
    - respublikada o'quvchilar texnik ijodkorligi faoliyati hozirgi holati va uni 
    takomillashtirish istiqboli to'g’risida tushunchalarga ega bo'lish;
    - o'quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;


    4
    - texnik ijodkorlik to'garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik 
    obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
    - to’garaklarning o’quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish;
    - sinfdan va maktabdan tashqari o'quv mashg’ulotiarida texnik ijodkorlikni 
    shakllantirishning metodik asoslarini bilish;
    - ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan tadbirlami tashkil qilish va o'tkazishning 
    ilmiy asoslarini bilish kerak.
    Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo'lajak mehnat va kasb ta’limi 
    o’qituvchisi texnik ijodkoriigini shakllantirish masalasi ko’p qirrali bo'lib, u 
    talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo’llarini aniqlash va 
    uning o’ziga xos mazmunini 
    tanlash bilan bir qatorda 
    bo’lajak 
    mutaxassislarning o’quv jarayonida texnik ijodkorligi, ijtimoiy va kasbiy 
    tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek 
    muhim pedagogik vazifalarni ham amalga oshiradi.
    Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishi va 
    dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida mamlakatimizda 
    kasb ta’limini axborotlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga 
    aylandi va amalda dastlabki meyyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga yaqqol 
    misol sifatida "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida", 
    "Axborotlashtirish to’g'risida", "Elektron hisoblash 
    mashinalari 
    uchun 
    dasturlami va Ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida", 
    "Aloqa to'g’risida"gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlami keltirish mumkin. 
    Ushbu qonunlar yaratgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli 
    foydalanish, iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalami 
    o’zlashtirish, ular vositasida yangi turdagi xalq ehtiyoji mahsulotlarini ishlab 
    chiqarishga yo’naltirilgan intellektual mulkni shakllantirishning innovatsion 
    jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.



    Download 3.57 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 3.57 Mb.
    Pdf ko'rish