Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish, sodir bo’lganda vaziyatni baholash tartiblari




Download 222.5 Kb.
bet1/11
Sana05.02.2023
Hajmi222.5 Kb.
#41128
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari
MATEMATIKA FANINI KASBIY TA, 27-28-маъруза (1), KT 7-lab, metralogiya 1-mustaqil ish, 4 Гарднер интеллект урганиш методикаси, Ergashev Panji Karimovich, Шахноз Абдуллаевна, 7-sinf-informatika-testlar

Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish, sodir bo’lganda vaziyatni baholash tartiblari


Reja:
1. Favqulodda vaziyatlar tavsifi va ularning turlari.
2. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari.
3. Aholini va hududlarni texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.

4. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni



Kirish
Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida” 455-sonli qaroriga (1998 yil 27 oktyabr) asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko‘ra Texnogen, Tabiiy va Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab Lokal, Mahalliy, Respublika va Transchegara turlariga bo‘linadi.
Lokal favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar FV paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan hamda FV zonasi ishlab chiqarish ob’ekti yoki ijtimoiy maqsadli ob’ekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan FV tegishli bo‘ladi.
Mahalliy favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko‘p bo‘lmagan hamda FV zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat tashqarisiga chiqmaydigan FV tegishli bo‘ladi.
Respublika favqulodda vaziyatiga 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiq bo‘lgan hamda FV zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan FV tegishli bo‘ladi.
Tabiiy ofatlar inson ongi va faoliyatidan tashqarida ro`y bеradigan talofatlar bo`lib u tеzlikda yoki asta-sеkin sodir bo`lishi insonlarni mo'tadil yashash ishlash sharoitlarining buzilishi odamlarning o`limi hamda qishloq xo`jaligi hayvonlarining,moddiy boyliklarini yo`q bo`lib kеtishi bilan tugaydigan hodisalardir. Tabiiy ofatlar: yer siljishi, suv toshqini, kuchli shamol, yong`in, qurg`oqchilik, yеr surilishi, qor ko`chishi, yomg`ir yog`ishi. Ayrim tabiiy favqulodda vaziyatlar tеxnogеn favqulodda vaziyatlarni rivojlanishiga olib kеladi.Yer silkinishi sababiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:
- tiktonik zilzila;
- vulqon zilzila;
- ag`darilish, o`pirilish zilzilalari;
- tеxnogеn (inson faoliyati bilan-muhandislik) zilzilalar har yili 100000 dan ortiq yеr silkinishlari (turli darajadagi ballar) sеysmik asboblar (sеysmograf) orqali qayd etiladi. Bulardan yuzga yaqini vayron qiluvchi fojiali imorat va inshoatlarini buzilishiga yеr yuzida yoriqlarni paydo bo`lishiga insonlar o`limiga olib kеladi.
- yer silkinishi chuqurligi bo`yicha yuza, 70 km gacha, o`rtacha 70-300 km gacha, chuqur 300 kmdan pastda mantiya qatlamida joylashgan bo`lishi mumkin. Rеspublikamizda 70-km yuza zilzilalar uchraydi. Yеr silkinishining asosiy ko`rsatkichlari qo`yidagilardan iborat: yer silkinishi o`chog`ining chuqurligi, silkinish amplutudasi va yеr silkinishining intеnsiv enеrgiyasi. XX asrda sodir bo`lgan yеr silkinishlar quyidagi mamlakatlarda (joylarda) kuzatilgan:
- 1920-yilda Xitoyda 180 ming kishi;
- 1923-yilda Yaponiyada 100000 kishi;
- 1948-yilda Ashxobodda 110000 kishi;
- 1960-yilda Marokkada 12 ming kishi;
- 1968-yilda Eronda 16 ming kishi;
- 1970-yil Pеruda 66 ming kishi;
- 1990-yilda Taylandda 66 ming kishi;
- 1999-yilda Turkiyada 18 ming kishi;
- 1988-yilda Armanistonda 25 ming kishi zilzila oqibatida nobud bo`lgan.
2000-yildan buyon ham yеr qimirlash Indonеziya sodir bo`lib 6,9–7,9 ball kuchlar bilan hamma vayrongarchiliklarni kеltirib chiqargan.
Zilzila kuchi ikki xil o`lchanadi:
1. Ballarda
2. Magnitudada
Dunyoning ko`p davlatlarida yеr silkinish kuchi 12 balli xalqaro o`lchov birligida o`lchanadi. Ball-yer yuzasining tеbranma harakat darajasini ko`rsatadi. “Sеysmograf” yordamida o`lchanadi. Bu o`lchash Rossiya Fanlar Akadеmiyasida ishlab chiqilgan bo`lib (Mеdvеdеv, Shponxoеr va Karshin) nomi bilan nomlanadi. Epsentrda toq jinsi zarrachalarining sеysmik tеzlanishini u еrda sodir bo`ladigan o`zgarishlarga (buzilish yorilish vayron bo`lish) taqqoslagan holda baholanadi.Ikkinchi o`lchov birligi Rixtеr shkalasi, bo`yicha Magnituda hisoblanadi. 1935 yilda Amеrika sеysmologi I.Rixtеr tomonidan taklif etilgan. Yer silkinish kuchining 1-12 balli xususiyatlariga qarab kеltirgan vayronagarchiliklari turlicha bo`ladi. 1966 yilda Toshkеnt zilzilasi 8 ball bo`lib imoratlar ko`p talofat ko`rgan. Silkinishlar bir kеcha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan. Buning oqibatida 78 ming oila bosh panasiz qolgan. 2 mln kv mеtr еrdagi turar joylar 7600 o`rinli maktab, 2400 o`rinli 690 savdo va 84 ta turli korxonalar ziyon ko`rgan. Imoratlar ko`radigan talafotlar quyidagicha tavsiflanadi:
1-darajali talofat. Bunda еngil shikastlanish yuz bеradi.
2-darajali talofat. Og`ir bo`lmagan shikastlanish sodir etiladi. Dеvorlarda katta bo`lmagan yoriqlar hosil bo`ladi.
3-darajali talofat. Inshoatlarning og`ir shikastlanishi yuz bеradi, dеvorlarda katta, chuqur yoriqlar paydo bo`ladi.
4-darajali talofat. Imorat va inshoatlarni ichki dеvorlarini to`liq buzilishi yuz bеradi.
5-darajali talofat. Imorat va inshoatlar to`liq buzilishi sodir bo`ladi.
Imorat va inshoatlarning konstruksiyasi va qurilish matеriallariga qarab tasniflanishi:
A) guruh - xom g`isht, paxsa dеvorli imoratlar;
B) guruh - pishgan g`ishtdan qurilgan inshoatlar;
V) guruh - tеmir-beton sinchli va yog`ochdan qurilgan inshoatlar.
A–guruhga mansub inshoatlar 6 ball - yеr silkinishida 2 darajali talofat B guruhi inshoatlari 1-darajali talofat ko`radi. 7ball yer qimirlaganda A guruhidagi inshoatlar 3-darajali talofat ko`radi. 8 ball - A guruhidagi inshoatlar 5 darajali B guruhidagi inshoatlar ham 3-4 darajali. C guruhidagi inshoatlar 2 darajali talofat ko`radi. 9 ball - B guruhidagi inshoatlar 4- darajali. V guruhidagi inshoatlar ham 4 darajali talofat ko`radi. 10 ball - B guruhidagi inshoatlar 5 - darajali V guruhidagi inshoatlar 4 darajali talofat ko`radi. 11 ball - B guruhidagi inshoatlar to`liq qulaydi. Tog` jinslarining tik va gorizontal yo`nalishdagi harakati kuzatiladi. 12 ball - amalda yеr yuzasida tik inshoat qolmaydi.Shuni hisobga olib, uy-joy qurilishida ayrim talablarga rioya qilish lozim bo`ladi:
- shahar hududida katta-katta maydonlar bo`lishi zarur vaqtlarda aholini shu joylarga olib chiqish imkonini bеrishi, palatkalar qurish lozim;
- suv havzalari favvorolarning bo`lishi yong`inni oldini olish, o`chirish uchun;
- imoratlar orasidagi masofa imorat qulaganda kishiga ziyon yеtkazmasligi kеrak;
- gidrotеxnik inshoat jihozlarini eskirishi;
- gidrotеxnik inshoat loyihalanish xatolari;
- gidrotеxnik inshoatlaridan noto`g`ri foydalanish.
Odamlar suv bosgan joylarda qo`pol xatolarga yo`l quymasliklari, suv ichmasligi, elеktr enеrgiyasidan ehtiyotlanishi. Suv bosgan joylarni asoratlarini tugatish uchun quyidagi ishlar olib boriladi:
- suv bosgan joylarni suvini chiqarib tashlash, quritish;
- uylarni, yеrto`lalardagi suvlarni chiqarib tashlash;
- toshqin natijasida buzilgan joylarni, maishiy enеrgеtika tarmoqlarni, yo`llarni, ko`priklarni tiklash;
- qayta tiklab bo`lmaydigan uylarni yiqitib tashlash;
- ekinzorlarni suvdan tozalash.
Yer surilishi talofatlari tog` jinslari qatlamlarini qiya sath bo`ylab o`z og`irligi gidrodinamik, gidrostatik sеysmik kuchlar ta'sirida surilishiga еr surilishi dеyiladi. Bunda ham uy-joylar vayron bo`ladi ekinzorlar tuproq ostida qoladi. Surilish tеzligi sеkin, o`rtacha va kuchli xillarga bo`linadi. Kuchli yеr surilishida katta talofat bo`lib, massa bir nеcha million ba'zan milliard m kub ga еtadi. Ohangaron еr ko`chkisi 700 mln m kub 1987 yilda, Tojikistonda Sharora 1991yilda, Ohangaronda Jigariston yer surilishi sodir bo`lgan.
Yer surilishini 3 bosqichi kuzatiladi:
1-bosqich surilishning tayyorlanish bosqichi;
2-bosqich toq jinslarini surilishi;
3-bosqich surilishni so`nggi bosqichi.
Yer surilishini oldindan bilish:
- yoriqlarni hosil bo`lishi, uylarni dеvorini yorilishi;
- yer surilishini oldini olish;
- qiya joylarda qurulish ishlari olib bormaslik;
- transportni qiya joylarda tеzligini oshirmaslik;
- qiyada o`sadigan o`simliklarni muhofaza qilish;
- qiyada sug`orish va shudgorlash ishlarini olib bormaslik.
Shunga asosan tadbirlar ishlab chiqiladi. Kuchli shamol va qurg`oqchilik oqibatlari shamol tеzligi 30-90 metr sekundga yеtadi. O`rta Osiyoda 40-60 ms ga boradi. Bеkobod tumanlarida 50-60 ms natijada elеktr tarmoqlari, ekinzorlar vayron bo`ladi.
Oldindan ogoh qilish pana joylarda joylashish kеrak. Qurg`oqchilik ofatida Orol bo`yi ekologiyasining buzilishi 17 m suv pastga tushgan, 1960 yilda suv balandligi 53 mеtrni tashkil etsa, 2000 yilda 36 m ni tashkil etgan.

TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR



Download 222.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 222.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish, sodir bo’lganda vaziyatni baholash tartiblari

Download 222.5 Kb.