Texnologik jarayonni boshqarishda xom ashyolarning tarkibini nazorat qilishni o’rganish Xom ashyolardan kompleks foydalanish muammosi




Download 211.83 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi211.83 Kb.
#42543
  1   2
Bog'liq
sardor
Taqdimot (3), 1-MAVZU, Qishloq xojaligi va sanoat sohasidagi ozgarishlar reja Xalq x, Nisbiylik nazariyasi - Vikipediya, 2-maruza.Togri chiziq, 6-MAVZU, 7xLJgIjGNzgMGzxSVezSCv4VaBSF42b9Rx4R4vu8 (1), oliy-talim-muassasalari-talabalarini-musta-il-fikrlashga-y-naltirish, Автоматизация контрол1, 1-qism dasturlash mustaqil talim, 16-tema, Леди Осень


Texnologik jarayonni boshqarishda xom ashyolarning tarkibini nazorat qilishni o’rganish
Xom ashyolardan kompleks foydalanish muammosi. Xom ashyodan
kompleks foydalanish muammosi xalq xo’jaligining muhim masalalaridan biri
bo’lib, hozirgi zamon kimyosi va kimyoviy texnologiya bu masalani turli hal qilish
uchun keng imkoniyatlarga ega. To’g’ri tashkil etilgan texnologik jarayonlarda
havoga yoki holatdagi chiqindi bo’lishi kerak emas. Bunday chiqindilar
qancha kam bo’lsa, asosiy mahsulotning tannarxi shuncha arzon bo’ladi. Hozirgi
vaqtda 20% dan ziyodroq kimyoviy birikmalar neftni qayta shlash, yog’ochni
kimyoviy yo’l bilan qayta ishlash hamga rangli va qora metallurgiya sanoati
korxonalarida xom ashyodan kompleks foydalanish natijasida ishlab chiqarilmoqda
Konsentrlangan xom ashyodan foydalanish muammosi. Korxonalarda iloji
boricha konsentrlangan xom ashyodan foydalanishga harakat qilinadi (xom
ashyo tarkibidagi ayni tarmoq uchun zarur komponentlar miqdori shu xom
ashyoning konsentratsiyasini belgilaydi), chunki bu yo’l jarayon va apparatlarning
jadalligini oshirishga, mahsulot tannarxini kamaytirishga va uning sifatini
yaxshilashga olib keladi. Lekin tabiatdagi hamma xom ashyoning
konsentratsiyasi sanoat talabiga javob beravermaydi. Sanoatning bu talablariga
javob berish uchun xom ashyolar boyitiladi. Boyitish deb, xom ashyo tarkibidagi
foydali birikmalar konsentratsiyasini (miqdorini) sun’iy oshirishga aytiladi. Gaz,
suyuq va qattiq holatdagi xom ashyolar boyitiladi. Gaz holatidagi xom ashyolar,
asosan, filtrlash va tozalash yo’li bilan boyitiladi; suyuq holatdagi xom
ashyolar esa tindirish hamda bug’latish orqali boyitiladi. Ko’pincha qattiq
holatdagi xom ashyolar boyitiladi. Boyitish jarayonida mexanik, kimyoviy va
fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishning xom ashyolari:
Oziq-ovqat sanoati korxonalari qayta ishlanadigan maxsulot turiga ko`ra ikki katta guruxga bo`linadi: 1.O`simlik xomashyolarini qayta ishlovchi korxonalar. 2.Xayvonot xomashyolarini qayta ishlovchi korxonalar.
O`simlik xomashyolarini qayta ishlovchi korxonalarining o`zi xomashyoni birlamchi qayta ishlovchi va xomashyoni ikkilamchi qayta ishlovchi soxalar korxonalariga ajratiladi. Xomashyoni birlamchi qayta ishlovchi korxonalarga un-yorma, sochma shakar, konserva, birlamchi vinochilik, spirt, tamaki va choy yaprog`ini birlamchi tayyorlash, o`simlik moyi ishlab chiqarish korxonalarini kiritish mumkin. Ularning xomashyosi don, meva va poliz ekinlari xosili, moyli urug`lar va hokazo. Xomashyoni ikkilamchi qayta ishlovchi soxalar korxonalariga non, makaron, konditer, oq qand, ikkilamchi vinochilik, choy tortish va sigareta tayyorlash, yog`ni qayta ishlash korxonalari (margarin, mayonez, sovun) kiradi. Bu korxonalar xomashyosi esa birlamchi qayta ishlash korxonalarining maxsulotlari: un, sochma shakar, o`simlik moyi, vinomateriallar va hokazo.
Oziq-ovqat sanoati maxsulotlarining turi qanchalik ko`p bo`lsa, xomashyolar xam turli-tumandir. Shuning uchun ularni xam asosiy xususiyatlariga yoki kimyoviy tarkibiga ko`ra ayrim guruxlarga bo`lish mumkin. Masalan, quruq o`simlik xomashyolari va xo`l o`simlik xomashyolari guruxlariga yoki uglevodli xomashyolar, moyli xomashyolar, oqsilli xomashyolar va efir-moyli xomashyolar guruxlariga bo`lish mumkin.
Har qanday xomashyo biomaterial bo`lib, uning o`ziga xos xususiyatlari kimyoviy tarkibi, xujayra va to`qima strukturasi elementlari kabi ko`rsatkichlari bilan belgilanadi. Bu xomashyolar kimyoviy tarkibiga oqsillar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar, fermentlar va mikroelementlar kiradi.
Har bir guruxga mansub xomashyolar sifati o`ziga xos kattaliklar bilan o`lchanadi va aniqlanadi. Bu kattaliklar xomashyoning fizik, ximyoviy, texnologik, organoleptik va boshqa xususiyatlarini ko`rsatuvchi kattaliklar guruxlariga bo`linadi. Xususan, donning sifat ko`rsatkichlari besh guruxga bo`linadi: botanik-fiziologik ko`rsatkichlar – o`simlik turi, navi, unib chiqish davri va miqdori, unish energiyasi; organoleptik ko`rsatkichlar – rangi, mazasi, hidi; fizik ko`rsatkichlar – shakli va o`lchamlari, absolyut va natural og`irligi va boshqalar; mexanik ko`rsatkichlar – taranglik moduli, sochiluvchanligi, qovushqoqligi va boshqalar; kimyoviy ko`rsatkichlar – namligi, kul miqdori, kleykovina miqdori, kislotaliligi va boshqalar; texnologik ko`rsatkichlar – donning un ishlab chiqarish, non ishlab chiqarish yoki makaron ishlab chiqarish uchun yaroqli ekanligini ko`rsatuvchi maxsus kattaliklar.
Meva xomashyolari tuzilishi va o`simlik poyasida xosil bo`lishiga ko`ra 4 guruxga bo`linadi: urug`lilar (olma, nok, sitruslilar), danaklilar (olcha, gilos, olxo`ri, o`rik), yumshoq mevalar (uzum, smorodina, malina) va yong`oq mevalar (bodom, yong`oq, xandon pista).
Poliz xomashyolari 2 guruxga: vegetativ – yaproq, ildiz-poyalari ishlatiladigan (kapusta, salat, turp, piyoz, sabzi, katoshka, lavlagi va xokazo) va mevalilarga (qovoq, bodrin, tomat, no`xot va xokazo) bo`linadi.
Xomashyoni saqlash har qanday texnologik jarayonning tashkiliy qismi bo`lib, uning vazifasi xomashyoni yo`qotishsiz yoki minimal chiqitli saqlash va xomashyo sifatini saqlab qolish yoki oshirishdir. Xomashyoni saqlash masalasini xal qilish uchun amalda qo`llaniladigan usullar turlari quyidagilardir: 1. Xomashyoni saqlashga tayyorlash (qo`shimchalardan tozalash, gavlarga ajratish, taralash yoki omborlash va hokazo).
2. Xomashyoni quritish (donlar va moyli urug`larni) yoki konservalash (meva va sabzavotlarni).
3. Atrof muhitda optimal sharoitlarni xosil qilish va avtomatik boshqarish (tarkibi, nisbiy namligi, xarorati).
4. Zaxiralarga turli zararkunanda va xashorotlarni kirishini oldini olish (xashoratlar, kemiruvchilar, qushlar).
5. Xomashyoni ishlab chiqarishga tayyorlash.
Bu saqlash tadbirlarini amalga oshirish, xomashyoni nafaqat miqdoran saqlab qolish, balki uning texnologik sifatini saqlab qolib, sifatli ozoq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishga asos soladi.
Xomashyoni qayta ishlash davrigacha saqlashda yo`qotishlar bo`ladi. Bu yo`qotishlar ikki xil - massa bo`yicha yo`qotish (og`irligi kamayadi) va sifat bo`yicha (kerakli moddasi kamayadi) yo`qotishdir. Bu yo`qotishlar o`zaro bog`liq bo`lsa ham, massa yo`qotish har doim ham sifatga ta`sir qilmaydi (to`kilib kamayish). Xomashlarni saqlash yo`qotishlarini besh guruxga bo`lish mumkin: mexanik, fizik-kimyoviy, biologik, biokimyoviy va kimyoviy yo`qotishlar. Mexanik yo`qotishlar asosan xomashyo fizik xususiyatlariga ko`ra to`kilish, sochilish, yuvilish hisobiga bo`ladi.
Xomashyo massasining fizik-kimyoviy yo`qotishlari asosan bug`lanishi, qurishi hisobiga bo`ladi. Bunday yo`qotishlar asosan suyuq maxsulotlar, meva va sabzavotlarga xosdir.
Xomashyoning biologik yo`kotilishi uni yuzaga keltiruvchi asosiy ikkita sabab - mikrobiologik jarayonlar va zararkunandalarning (xashorat va kemiruvchilar) ko`payishidir.
Biokimyoviy yo`qotishlar xomashyoda tirik organizmga xos nafas olish jarayonining davom etishi hisobiga sodir bo`ladi.
Kimyoviy yo`qotishlar radiatsiya, yorug`lik, havo kislorodi, turli noorganik katalizatorlar ta`siri amalga oshishi mumkin bo`lgan reaksiyalar hisobiga vujudga keladi.
Yuqorida keltirilgan yo`qotishlarni oldini olish xomashyoni saqlashning asosiy vazifasidir. Saqlashni tashkil qilish prinsipi xomashyoning quruq (don, un va boshqalar) yoki suvli (meva va sabzavotlar) ekanligiga qarab tanlanadi.
Don va don maxsulotlarini juda xilma xil bo`lishiga qaramay ularning saqlanish xususiyatlari o`xshashdir. Ularni saqlashda namlik kritik chegaradan oshib ketsa, biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar tezligi keskin ortib ketadi. Chunki, don va don maxsulotlarining barchasining xar bir grammida bir necha yuz minglab mikroorganizmlar bo`lishi ta`biiy xoldir. Ularning rivojlanini uchun optimal temperatura 20-40oS. Shuning uchun temperaturani 8-10oS darajasida ushlab turilsa, mikroorganizmlarning rivojlanishi to`xtatib turiladi.
Suvli xomashyolarning turlari don maxsulotlaridan ham ko`p va xilma-xildir. Ularning botanik turi, navi, meva yoki sabzavotning o`ziga xos xususiyatti, sifat darajasining turliligiga qaramasdan saqlash sharoitlari-ning prinsiplari, saqlashga tayyorlash va saqlanishi o`xshash. Chunki bu gurux xomashyolarning o`ziga xosligi – ular tarkibida juda ko`p namlikning borligidir. Bu namlikning beshdan bir qismi bog`langan xolatda bo`lsa, qolgani erkin xolatda. Shuning uchun ular moda almashinish jarayonlari va tashqi muhit sharoitiga juda ta`sirchandirlar. Bu xomashyolarda modda almashinish va mikrobiologik jarayonlarni imkoni boricha susaytirish uchun ular past temperaturalarda va namlik yo`qotilishini oldini olish uchun yuqori nisbiy namlik muhitida saqlanadi. Namlikning yo`qotilishi mevaning so`lishiga va massasining kamayishiga, xamda immunitetining pasayishi hisobiga chirishi va mog`orlashiga sabab bo`ladi. Sabzavot va mevalar ham mikroorganizmlar uchun qulay yashash muhitidir. Masalan, karam yoki kartoshka tashqi pust qavatlarining har bir grammida 1-2 mln. mikroorganizm bo`ladi. Suvli xomashyolarning mikroorganizmlarga chidamliligi, ularning kimyoviy tarkibiga, tabiiy xususiyatlariga va tashqi muhit sharoitiga bog`liq. Xomashyolarning tabiiy chidamliligini saqlab qolish saqlash jarayonining asosiy vazifasidir.
O`simliklar o`sish davrida ularning yaprog`ida, poyasida, urug`ida va mevasida asosan foydali moddalarning sintez jarayonlari borsa, qishloq xo`jalik maxsulotlarini saqlashda asosan gidroletik – parchalanish jarayonlari boradi. Biroq, yig`im terimdan keyin dastlab xomashyoda terimdan keyingi pishish bosqichi jarayonlari bo`ladi, unda o`sish davridagi sintez jarayonlari oxiriga yetadi. Undan keyingi saqlash davrida xomashyo terimdan keyingi pishish bosqichidan asta sekin tinch holat bosqichi jarayonlarini kechiradi. Bunday tabiiy tinch holatda fiziologik jarayonlar minimal bo`lib, unib chiqish kuzatilmaydi. Biroq nafas olish jarayonida fermentlar ishtirokida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari borib, xomashyo issiqlik va karbonat angidrid ajratadi, toksinlar parchalanib, xomashyoning immuniteti oshadi. Bu xolatda xomashyo asosiy zaxira moddasining sarfi nihoyatda kam bo`ladi. Bu xolatni saqlab qolishda eng asosiy omil bu past temperaturadir. Tinch xolatini yo`qotgan xomashyo sifatining buzilishi tezlashadi. Bu xomashyolar turiga ko`ra o`z-o`zidan qizish, fiziologik aynish va oxirgi bosqichda unib chiqish biokimyoviy va kimyoviy jarayonlarini kechirib, mutlaqo yaroqsiz xolga keladi.
Xomashyoni saqlash rejimlari - temperatura, nisbiy namlik va muhitning gaz tarkibidir. Masalan don massasini saqlashning uchta rejimi mavjud: quruq xolatda (kritik namlikgacha bo`lgan); sovutilgan xolatda; kislorodsiz sharoitda. Bunday rejimlarda korxonalarda 3-4 oy, silos elevatorlarda 2-3 yil, maxsus skladzarda 4-5 yillab donni saqlash imkoniyatini beradi.
Meva va sabzavotlarni saqlash sovutilgan xolatda ikki xil: sovutilgan va muzlatilgan usulda amalga oshiriladi. Xar bir meva va sabzavotni yaxshi saqlashning asosiy sharti bu optimal tanlangan sovutish xarorati va nisbiy namlikdir. Masalan, olmalar -0,5 dan +0,50S; danaklilar 00S ; mandarin 0,3 dan 20S gacha bo`lgan xaroratlarda va xavoning nisbiy namligi danaklilar uchun 80-85% ; olma, uzum, nok uchun 85-90% ; sitruslar uchun 78-83% optimal sharoit hisoblanadi. Kartoshka 00S gacha va undan past xaroratlargacha sovutilmasligi kerak. Meva va sabzavotlarni saqlashning universal sharoitlari mavjud emas. Har qanday meva sabzavotning, optimal sharoitda ham, saqlanish muddati davomiyligi uning individual xususiyati bo`lib, ma`lum chegaraga ega. Olma, uzum, karam, ayrim piyoz navlari kabi meva va sabzavotlar 6-7 oygacha saqlansa, pomidor, bodring, yashil sabzavotlar, danakli va yumshoq mevalar bir necha xafta yoki uzog`i 2-3 oy saqlanishi mumkin.
Xomashyolarni qayta ishlashga tayyorlash usullari turli xil bo`lib, qaysi usulni qo`llash xomashyoning turiga, fizik xolatiga va keyingi qayta ishlanish uslubiyatiga bog`liq. Bunda turli quruq-sochiluvchan xomashyolarni qayta ishlashga tayyorlash usullari o`xshash bo`lsa, turli suvli xomashyolarni qayta ishlashga tayyorlash usullari ham o`xshash bo`ladi.
Xom ashyoni nazorat qilish sanoada muhim o’rin tutadi . har bir injiner o’z
muttaxasislik injinerlikda ishlab chiqarilgan maxsulotni tarkibini bilish muhim . u
tarkibiy qismi qurilmalarning kostrukdiyaisda rama devorlariga va turba plastina
va boshqa qurilma qizimlariga razar yetkazadi va buni bilib oz vaqtida ximyo qilib 0yokida qurilmalarni tozaligiga etibor berish kerak.

Adabiyotlar:



Download 211.83 Kb.
  1   2




Download 211.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik jarayonni boshqarishda xom ashyolarning tarkibini nazorat qilishni o’rganish Xom ashyolardan kompleks foydalanish muammosi

Download 211.83 Kb.