Texnologiya darslarida qo‘l mehaatidan foydalanish talablari Reja




Download 19.57 Kb.
Sana16.04.2022
Hajmi19.57 Kb.
#19836
Bog'liq
Texnologiya darslarida qo‘l mehaatidan foydalanish talablari Rej (1)
lOYIHALASH, Bozor iqtisodiyoti (T.Ergashev), O’zbekistonda internet jurnalistlarini tayyorlash masalalari, 405-amal, ELEKTRON PEDAGOGIKA VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, 9-sing umutga 116 betlik, 2018 testlar 070818164040, Neyron to rlari yordamida tasvirlardagi belgilarni tanib olish a, Diplom ishi, Etika, moral hām ādep-ikramlılıq tusinikleriniṅ ōz-ara baylanısı-hozir.org (1), Dalolatnoma kvartiraga, 10 Tarix UZB JAVOBLARI, Shoxrux Mta 2 amaliy, Kriprografiya 3

Texnologiya darslarida qo‘l mehaatidan foydalanish talablari
Reja
1.Boshlang`ch sinflarda qo‘l mehnatiga o ‘rgatishni tashkil qilish shakllari.
2. Qo‘l texnologiya faniga o ‘rgatishda ish turlarining mazmuni.
3.Amaliy ish samaradorligini oshirishda qo‘lIaniladigan talablar.
4.Mavzuga mos o ‘qitish metodlari

Qo’l mehnatiga o’rgatishda boshqa fanlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-xil usullarini qo’llab, ular yordamida o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini egallab olishlariga, shunungdek bilish qobiliyatlarini rivojlanishiga erishiladi.


O’quvchilar bayon etilayotgan aynan buyum emas, balki o’z so’zlari bilan buyumni bajarilishini eslashlari talab etiladi. Biroq, asosiy o’rinni hali ham namuna, tayyor ko’rgazma bo’yicha ishlash egallaydi. Hozirgi zamon maktabi darsning zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirishda va unga sayqal berdi. O’qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu mazkur dars uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va ko’rgazmali qurollarni tayyorlaydi.
Qo’l mexnati darslarida odatda bir yoki ikki asbobdan foydalaniladi, ularni esa navbatchilar tarkatadi. Stolning ustida dikkatni chalgitadigan xech qanday ortiqcha narsa bo`lmasligi kerak.
Asboblarni, ayniqsa kesuvchi asboblarni charm gilofda saqlagan ma’qul. Xar bir g’ilof asbobning ma’lum turiga mo’ljallangan bo’ladi. Navbatchi o`qituvchi asboblarni tarqatishni doimo birinchi partadan boshlaydi, bunda o`quvchilar tartib va tejamkorlikka o`rganadilar. Xamma foydalanadigan asboblar sinf shkaflarda saqlanadi, ishdan so`ng asboblarni o`quvchilar tozalab yuvib, artib navbatchi o`quvchiga topshiradilar.
Ish xonasida o`quvchilarga asboblarni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib turuvchi plakat – eslatmalar osiglik bo`lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga to`liq rioya qilish baxtsiz xodisalarning oldini oluvchi ishonchli garovdir. Asboblarni ishlatish koidalarini o`quvchilar vaqti -vaqti bilan takrorlab turishi lozim. U yoki bu qoidani tushuntirishda o`qituv chi nima uchun aynan shunday qilish kerakligini, bu qoidalarga rioya qilinmasa qanday xodisalar ro`y berishi mumkinligini uqtirishi lozim. Xafvsizlik texnikasining barcha qoidalari so`zsiz bajarilishi lozim. Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish buyicha texnika xavfsizligi qoidalarni quyidagicha umumlashtirish mumkin.
1. Ish xonasiga faqat o`qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2. Xar bir o’quvchi faqat o`z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda qilinadigan bo`lsa, o`quvchilar o`z majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish faqat o`qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingni tayyorla, asboblarni to`g`ri va qulay joylashtirish: O`ng qo`l bilan ishlanadigan asboblarni o`ng tomonga, chap qo`l bilan ushlanadiganini chap tomonga qo`y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni xech qachon ikkita asbob orasiga qo`yma, ularni doimo o`z joyiga, o`tkir tomonini narigi, dastasini o`zing tomonga qilib qo`y. Asboblarni o`ynama, ular uyinchok emas.
5. Ish vaqtida ish joyingni tartibli sakla.
6. O’tmas yoki buzuk asbob bilan ishlama.
7. Asbobni ishlatganda, uni ukituvchi kursatganidek ushla.
8. Asboblarni asra, ularni tugri, uz urnida ishlat, ishlatgandan so`ng ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib quy.
9. Narsani, xar bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq qilishga harakat qil.
10. Ishni tugatdingmi, ish joyingni tezda tozalab tartibli qilib qo`y.
Turli asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari:
Qaychidan foydalanish qoidalari.
1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan xolatda saqla.
2.Qaychini uchini yuqoriga qilib ushlama.
3. Qaychini ochiq xolda qoldirma.
4. Qaychini yurib turganingda ishlatma.
5. Qaychini faqat yopilgan xolda uchidan ushlab o`rtog`inga uzat.
6. Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo`nalishi va materialni ushlab turgan chap qo`l barmoqlarini kuzatib tur.
7. Yaroqsiz qaychini ishlatma, o`qituvchiga topshir.
Bigizdan foydalanish qoidalari.
1. Bigizni o`rinsiz ishlatma.
2. Sirti silliq, sirg`anchiq kattik predmetlarni bigiz bilan teshma.
3.Teshiladigan predmetni qo`lingda ushlama, uni stol, taglik ustiga qo`yib tesh.
Pichoq bilan ishlash qoidalari.
1. Uchi yumaloq pichoqdan foydalan.
2. Pichoqni o`qituvchi ko`rsatganidek ishlat, kesganda qattiq bosma.
Nina bilan ishlash qoidalari.
1. Ninani ishlatib bo`lgach, maxsus nina yostiqchaga sanchib qo`y.
2. Ninanni xech qachon ogzingga olma.
3. Zapas ninalarni ignadonda quruq xolatda saqla.
4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab ko`r, yetishmagan ninalarni albatta top.
5. Kog`oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni albatta bigiz bilan teshib ol.
Ko`rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz xodisa ro`y bersa, o`qituvchi birinchi yordamni ko`rsatishi va maktab vrachini chaqirishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bo`lishi shart.
Boshlang`ich sinf qo`l mehnati darslari uchun o`quvchilar shaxsiy papkalarini qo’llanilishi 1-3 sinf o`quvchilariga qo`l mehnati darslarini metodik to`g`ri tashkil etish va ularni muntazam o`tkazish imkonini beradi.
Bunday papkalarning qulayligi shundaki, unda xar bir o`quvchi dars va`tida kerakli hamma narsalarga asboblar, materiallar, buyumlarga ega bo`ladi. Papka o`quvchilarga mehnat madaniyati malakalarini singdirishda yordam beradi. Shunungdek, papka o`quvchilarda o`z ish joylarini va mehnat jarayonini uyushtirish, kunikma xamda malakalarini shakllantirishga xam yordam beradi.
Bunday eng oddiy mexnat malakalarini ukuvchilarda birinchi sinfdagi dastlabki kul mexnati darslaridan boshlab shakllantira borish va ularni astasekin takomillashtirish maksadga muvofikdir.
SAVOLLAR.
1. Qo`l mehnatining usullari nima.
2. Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo`yicha qoidalari qanday.
3. Texnika xavfsizligi qoidalari nimalardan iborat.
4. Qaychi bilan ishlash qoidalari nechta
Download 19.57 Kb.




Download 19.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya darslarida qo‘l mehaatidan foydalanish talablari Reja

Download 19.57 Kb.