• 5. Milliy va umummadaniy kompetensiya
  •  Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/215
    Sana26.10.2022
    Hajmi32.33 Mb.
    #28137
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   215
    Bog'liq
    Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
    1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)
    4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya:
    A1 o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, sinfda va oilada 
    o‘z o‘rniga ega bo‘lish;
    – o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish, maktabdagi va 
    maktabdan tashqari tadbirlarda ishtirok etish va muomala madaniyatiga amal qilish;
    – kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘lish, oiladagi o‘z 
    o‘rnini hamda vazifalarini anglay olish; maktab binosi, sinfdagi jihozlar.
    A1+ mebellarni asrab-avaylash farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga amal 
    qilish;
    – o‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini bilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv 
    qurollarini asrab-avaylash;
    – maktabda, oilada, turar joyida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik 
    va h.k.) ishtirok etish.
    A2 sog‘lom eʼtiqod va dunyoqarash tushunchalarini bilish;
    – jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, o‘z munosabatini 
    bildirish;
    – kasblarning mohiyatini tushunish va ongli ravishda tanlash.
    A2+ Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal 
    qilish.


    16
    5. Milliy va umummadaniy kompetensiya:
    A1 orasta kiyinish va doimo shunga amal qilish, do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga 
    mehribon bo‘lish, orasta kiyinish, yurish-turishda kattalardan o‘rnak olish, o‘z uyi, 
    maktabi, turar mahallasini qadrlash;
    – ozodalikka rioya qilish, milliy bayramlarini bilish, o‘quvchining odob-axloq qoida-
    lari tushunchaga ega bo‘lish, o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni bilish.
    A1+ sanʼat turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish, sanʼat asarlarini tahlil 
    qilish, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
    – yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish, ziyorat qilish odobiga amal 
    qilish, milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy anʼanalar, bayramlar, sayillar) bilish.
    A2 xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida ularning tarixiy, maʼnaviy va madaniy 
    merosini o‘rganish, avaylab asrash, anʼana va marosimlarini hurmat qilish.
    A2+ xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida ularning tarixiy, maʼnaviy va madaniy 
    merosini o‘rganish, avaylab asrash, anʼana va marosimlarini hurmat qilish;
    – umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni bilish va unga hurmat bilan 
    munosabatda bo‘lish.

    Download 32.33 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   215




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish