II BOB. TEXNOLOGIK TAʼLIMNING AMALDAGI




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu
II BOB. TEXNOLOGIK TAʼLIMNING AMALDAGI 
JORIY HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR
Hozirgi vaqtda texnologik taʼlimning holati va to‘plangan tajribalar tahlilidan 
quyidagilar maʼlum bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini 
egallash zarur va shartligi, bu yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini 
berishi, bugungi kunda korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroqda ekanligi 
alohida taʼkidlanib, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini 
oshirishi, shuningdek, ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi, natijadorlikni oshirishi, bir so‘z 
bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkinligi asoslab berildi.
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni 
nazarda tutadigan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish va joriy etish 
vazifalari belgilandi. Bu esa sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash 
va raqobatdoshlikni kuchaytirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori 
texnologiyali korxonalar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, 
zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini barpo etishga yana-da keng 
imkoniyatlar yaratadi. 
Bugungi kunda maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy taʼlim tizimlarida 
taʼlim olayotgan o‘quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda taʼlim olishi, yashashi va 
ishlashi uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oxirgi 30 yil ichida jamiyatni o‘zgartirdi. 
Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma 
qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar 
kompetensiyalarining iqtisodiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi, 
intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy maʼlumot olish imkoniyatlarining 
cheklanganligi, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning 
rivojlanmaganligi, inson kapitali va imijiga zarur miqdordagi investitsiyalarning 
sarflanmasligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o‘rta bo‘g‘in rahbar va xodimlarning 
past darajadagi malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag‘batning yo‘qligi, ishchi va 
muhandis-texnik kasblar obro‘sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi 
muammolar o‘z yechimini kutmoqda. 
Rivojlangan mamlakatlar o‘z iqtisodiy doktrinalarida tashqi tahdidlarga qarshi 
kurashishga, rivojlanayotgan mamlakatlar esa ichki tahdidlarga qarshi kurashishga ko‘proq 
eʼtibor berishadi. O‘zbekiston uchun tashqi tahdidlardan biri ilg‘or texnologiyalarni 
ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida ortda qolishdir. Tashqi va ichki tahdidni 
bartaraf qilish, sanoat rivojlanishining 4.0 industriyasiga barqaror o‘tishning eng 
muhim omillaridan biri – bu texnologiya taʼlimini tashkil etishda maktabgacha, umumiy 
o‘rta, professional va oliy taʼlim tizimlarida uzviylikni taʼminlash va yangi bosqichga 
ko‘tarishdir. Umumiy o‘rta taʼlimda 1-4-, 5-9 – texnologiya fanidagi mazmun jihatidan 
uzviylik va uzluksizlikning taʼminlanmaganligi o‘z yechimini kutmoqda. 10-11-sinflarda 
texnologiya fani o‘qitilmasligi yosh avlodning kasb tanlashida salbiy holatlarga olib 
kelmoqda.
Sanoatda texnologik o‘zgarishlarning yangi to‘lqini kutilmoqda, bu esa iqtisodiyotning 
barcha sohalarini rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi va ko‘plab 
anʼanaviy o‘sish omillarining taʼsirini kamaytiradi. 
Eng yangi avlod texnologiyalarining rivojlanishidagi kechikish milliy iqtisodiyotning 


20
raqobatdoshligini pasaytirishi, shuningdek, o‘sib borayotgan geosiyosiy raqobat 
sharoitida uning zaifligini oshirishi mumkin.
Xususan, sanoatda kutilayotgan yangi texnologik o‘zgarishlar sharoitida maktabgacha, 
umumiy o‘rta, professional taʼlim tizimlarida texnologik taʼlim o‘quvchi-yoshlarda 
ijodkorlik qobiliyati va mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda oliy taʼlim bosqichida 
yoki mustaqil hayotga qadam qo‘yishda zarur bo‘ladigan bazaviy kompetensiyalar va 
dunyoqarashlarni shakllantirishda asosiy yechim bo‘lib xizmat qiladi.
Texnologik taʼlim o‘zlashtirgan bitiruvchilar sanoat sohasining barcha tarmoqlarida 
xususiy injenering, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik bazalarining yana-da 
rivojlanishi, bir so‘z bilan aytganda yuqori qiymatli raqobatbardosh sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarilishida “drayver” rolini bajaradi.
Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Filandiya, Buyuk Britaniya, 
Fransiya, Germaniya, AQSH, Isroil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va 
boshqa rivojlangan davlatlar taʼlim tizimida ham texnologik taʼlim ishlab chiqarishning 
asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning 
muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi.

Download 32.33 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. TEXNOLOGIK TAʼLIMNING AMALDAGI

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish