|
Auditoriya
mashg‘ulotlari (soat) Pdf ko'rish
|
bet | 135/215 | Sana | 26.10.2022 | Hajmi | 32.33 Mb. | | #28137 |
Bog'liq Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari 1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)Auditoriya
mashg‘ulotlari (soat)
Mustaqil
taʼlim (soat)
Jami
yuklama
(soat)
Texnik mexanika
90
90
180
2.
I. Fanning mazmuni:
Fanni o‘qitishdan maqsad – Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan
oliy matematika, fizika, informatika, chizma geometriya fanlaridan yetarli bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.
Texnika va texnologiyalarning jadal surʼatlarda rivojlanishi, kompyuterlashtirish va
boshqarish tizimining keng miqyosda qo‘llanilishi texnika fanlariga bo‘lgan talabni
kuchaytirmoqda. Shuning uchun loyihalangan mashinalar, ularning detallari mumkin
qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, davlat standartlariga
to‘liq mos keladigan bo‘lishi shart. Yuqorida qo‘yilgan talablarni texnik mexanika fanida
o‘rganiladi. Texnika mexanika fani tarkibi quyidagi bo‘limlardan iborat:
Nazariy mexanika – moddiy jismlarning bir-biriga ko‘rsatadigan taʼsiri va mexanik
harakatining umumiy qonunlari haqidagi bo‘limdir.
Materiallar qarshiligi – loyihalangan mashinalar, ularning detallari mumkin qadar
yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamlilik xossalarini o‘rganish
bilan shug‘ullanadigan bo‘limdir.
Mexanizm va mashinalar nazariyasi – mexanizmlarning tuzilishini (strukturasini)
shuningdek, bu mexanizmlarning kinetik hamda dinamik xossalarini o‘rganish bilan
shug‘ullanadigan bo‘limdir.
Mashina detallari – hamma turdagi mashinalar uchun umumiy bo‘lgan detal va
uzellarning tuzilishi hamda ularni iqtisodiy jihatdan tejamli qilib hisoblash va loyihalash
usullarini o‘rgatadigan bo‘limdir.
Fanning vazifasi – talabalarga statika, kinematika va dinamikaning asosiy qonunlari,
deformatsiyasi va uning turlari, mexanizm va mashinalarning asosiy xillari va ularning
elementlari, mexanizmlarning kinematik xarakteristikasi, mexanizmlarning kinematik
sxemasini loyihalash, mexanizmlarni statik va dinamik muvozanatlash hamda ularni
iqtisodiy jihatdan tejamli qilib hisoblashlar mashina, uning detallari va uzellariga
qo‘yilgan talablar, mexanikaviy uzatmalar, reduktorlar, vallar va o‘qlar, podshipniklar,
muftalar haqida talabalarga bilim berishdir.
|
| |