• II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashg‘ulotlari) Texnologiya taʼlimi praktikumi fanida maʼruza mashg‘ulotlari mavjud emas.
  • Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/215
    Sana26.10.2022
    Hajmi32.33 Mb.
    #28137
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   215
    Bog'liq
    Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
    1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)
    1.
    Fanning nomi
    Auditoriya 
    mashg‘ulotlari 
    (soat)
    Mustaqil 
    taʼlim (soat)
    Jami 
    yuklama 
    (soat)
    Texnologiya taʼlimi praktikumi
    300
    300
    600
    2.
    I. Fanning mazmuni:
    Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga servis xizmati bo‘yicha tikuvchilik 
    ustaxonalarida ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalari, gazlamaga 
    ishlov berish, mahsulot (kiyim) yaratish uchun bolalar, ayollar, erkaklar kiyimlari 
    namunalarini tikish, bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish;
    -texnologiyada dizayn bo‘limini o‘qitish orqali yog‘ochga ishlov berish, buyum 
    tayyorlash texnologiyasi, randalash, parmalash, tokarlik, frezalash, stanoklarida ishlov 
    berish, nazorat o‘lchov va rejalash asboblari, dastakli asboblar shuningdek, yupqa 
    tunikaga ishlov berish va yuqori sifatli buyumlar tayyorlash bo‘yicha malaka hosil 
    qilish.
    Fanning vazifasi – servis xizmati bo‘yicha tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini 
    to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish, gazlamani to‘g‘ri tanlashga hamda asosan bolalar, 
    erkaklar, ayollar kiyimlarini tikish uchun kiyim namunalarini tikishga oid ko‘nikma va 
    malakalarni shakllantirish;
    – texnologiyada dizayn bo‘limini o‘qitishda rejalash, arralash, randalash, egovlash
    parmalash, birikmalar tayyorlash, stanoklarda mohirona ishlay olish ko‘nikma va 
    malakalarini shakllantirish.
    II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashg‘ulotlari) 
    Texnologiya taʼlimi praktikumi fanida maʼruza mashg‘ulotlari mavjud emas.
    III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
    Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
    (Servis xizmati)
    1-mavzu. Kirish.Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish texnologiyasi. 
    Texnika xavfsizligi qoidalari.
    2-mavzu. Igna, ip va tikuv mashinalarini tanlash, gazlamaning o‘ngini tanlash, 
    dekatirovka, igna, ip, gazlamaning bir-biriga moslanishi.
    3-mavzu. Asosiy tushuncha va atamalar: qo‘l ishlari atamalari, mashinada bajariladigan 
    ishlar atamalari, dazmollashda ishlatiladigan atamalar.
    4-mavzu: Dazmollash va NIIB (namlab isitib ishlov berish) tartibi va qoidalari.
    5-mavzu. Qo‘l choklaridan namunalar tayyorlash.
    6-mavzu: Mashina choklaridan namuna tayyorlash


    152
    7-mavzu: Gazlama qoldiqlari bilan ishlash.“Bezak” namunasini tayyorlash.
    8-mavzu: Ayollar kiyimida vitochka ko‘chirish usullarining namunalarini tayyorlash.
    9-mavzu: Kiyimlarda drapirovkalar hosil qilish (namunalar tayyorlash).
    10-mavzu: Ayollar tungi ko‘ylagi qirqimlarga ishlov berish va etak qaytarish 
    namunalarini tayyorlash.
    11-mavzu: Ayollar kiyimlarining bo‘yin o‘yindilariga ishlov berish namunalarini 
    tayyorlash.
    11-mavzu: Ayollar kiyimlariga turli xildagi yeng namunalarini tayyorlash.
    12-mavzu: Ayollar kiyimlariga turli xildagi cho‘ntak namunalarini tayyorlash.
    13– mavzu: Ayollar milliy ko‘ylagiga turli xildagi koketka namunalarini tayyorlash.
    14-mavzu: Ayollar milliy ko‘ylagiga turli xildagi yoqa namunalarini tayyorlash.
    15-mavzu: Ayollar milliy ko‘ylagi namunasini tayyorlash.
    16-mavzu: Ayollar yubkasining namunasini tayyorlash.
    17-mavzu: Ayollar astarli yubkasining namunasini tayyorlash.
    18-mavzu: Ayollar bluzkasining namunalarini tayyorlash.
    19-mavzu: Erkaklar ko‘ylagiga taqilmalar namunasini tayyorlash.
    20-mavzu: Erkaklar ko‘ylagiga yoqa, yeng va manjet namunalarini tayyorlash.
    21-mavzu: Erkaklar ko‘ylagining namunasini tayyorlash.
    22-mavzu: Bolalar, erkaklar kiyimlari uchun turli xil cho‘ntak namunalarni tayyorlash.
    23-mavzu: O‘g‘il bolalar shortigining namunasini tayyorlash.
    24– mavzu: Erkaklar shimining namunasini tayyorlash.
    25– mavzu: O‘g‘il bolalar va erkaklar kurtkasining (astarsiz va astarli) namunasini 
    tayyorlash.
    (Texnologiya va dizayn. Duradgorchilik)
     1-mavzu: Kirish. Duradgorlikning xalq turmushidagi roli va vazifasi.
    2-mavzu: Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari.
    3-mavzu: Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi.
    4-mavzu: Duradgorlikda ishlatiladigan rejalash asbob va uskunalari.
    5-mavzu: Birikmasiz egri chiziq shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi.
    6-mavzu: Kesuvchi asboblarni ishga sozlash texnologiyasi.
    7-mavzu: Detallarni mix, burama mix, yog‘och mixlar bilan biriktirish.
    8-mavzu: Mix, burama mix, yog‘och mixlarni tanlash.
    9-mavzu: Yelimlar, biriktiriladigan detal yuzasini yelimlashga tayyorlash.
    10-mavzu: Yelimlangan choklarni tozalash.
    11-mavzu: Smola va kazein yelimlarini tayyorlash va ulardan foydalanish.
    12-mavzu: Tirnoqli birikmalar tasnifi va texnologiyasi.
    13-mavzu: Burchakli va tirnoqli birikmalarni tayyorlashda ishlatiladigan material.
    14-mavzu: Tayyor buyumlarga ishlov berish texnologiyasi
    15-mavzu: Quloqcha va turumli o‘rtalik birikmalarni tayyorlash texnologiyasi.
    16-mavzu: O‘rtalik birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar
    17-mavzu: Burchakli murakkab ko‘p tirnoqli birikmalar tayyorlash texnologiyasi.
    18-mavzu: Ochiq qaldirg‘och dumli va ochiq to‘g‘ri burchakli ko‘p tirnoqli birikmalarni 
    tayyorlash texnologiyasi.
    19-mavzu: Yog‘ochlarni kuydirib ishlov berishda ishlatiladigan 
    materiallar va asboblar.
    20-mavzu: Detallar o‘lchamiga qarab kuydiruvchi asboblar
    va materiallarni tanlash.
    21-mavzu: Duradgorlik polirovkasi va uni bajarish texnologiyasi.
    22-mavzu: Yog‘ochlarga lak bilan pardoz berish texnologiyasi.
    23-mavzu: Dastgohni tuzilishi, konstruktiv elementlari,
    asosiy va yordamchi qismlari.


    153
    24-mavzu: Yog‘och materiallariga yumaloq arralik dastgohlarda ishlov
    berish texnologiyasi.
    25-mavzu: Yog‘ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarda bajariladigan ishlar turlari va 
    dastgohdan foydalanish qoidalari.
    (Chilangarlik)
    26-mavzu: Chilangarlik ishlari haqida umumiy maʼlumot.
    27-mavzu: Rejalash. Chilangarlik o‘lchov rejalash asboblari.
    28-mavzu: Metallarni tekislash texnologiyasi.
    29-mavzu: Metallarni kesish texnologiyasi.
    30-mavzu: Chilangarlik tiskilari va ularda ishlash texnologiyasi.
    31-mavzu: Metallarga egovlash orqali ishlov berish texnologiyasi.
    32– mavzu: Metallarni parmalash va parmalash dastgohlari.
    33-mavzu: Metallarga zenker orqali ishlov berish texnologiyasi.
    33-mavzu: Metallarni qirqish asbob uskunalari va ulardan foydalanish texnologiyasi.
    34-mavzu: Metallarni arralash texnologiyasi.
    35-mavzu: Metallarni egish va bukish texnikasi va texnologiyasi.
    36 –mavzu: Varaqa tunikalardan buyumlar tayyorlash texnologiyasi.
    37-mavzu: Metallarni parchinlash texnologiyasi.
    38-mavzu: Detallarga rezba ochish turlari va usullari.
    39– mavzu: Chilangarlikda simlar bilan ishlash texnologiyasi.
    40-mavzu: Chilangarlik ishlarida kesuvchi asboblar bilan ishlash.
    41-mavzu: Detallarga termik ishlov berish texnologiyasi.
    42-mavzu: Detallarni sifatini tekshirishda foydalaniladigan asbob va uskunalar va 
    ularda ishlash texnologiyasi.
    43-mavzu: Metall kesish stanoklarini klassifikatsiyasi. 
    44-mavzu: Tokarlik vintqirqar stanogini tuzilishi
    45-mavzu: Kesib ishlash to‘g‘risida tushuncha.
    46-mavzu: Kesish jarayonida keskichga taʼsir etuvchi kuchlar.
    47-mavzu: Asosiy metall kesuvchi stanoklar va ularning ishlatilishi.
    48-mavzu: Parmalash stanoklari. Parmalash stanogini tuzilishi va ishlashi.
    49-mavzu: Frezalovchi stanoklar. Frezalovchi stanogini tuzilishi va ishlashi.
    50-mavzu: Kopsolli frezalash stanoklari. Kopsolli stanogini tuzilishi va ishlashi.
    51-mavzu: Universal konsonli-frazalash stanogi.
    52-mavzu: Metallarni payvandlash. Payvandlash turlari va payvandlash birikmalari.
    53-mavzu: Payvandlanuvchanlik.
    54-mavzu: Elektr yoyi yordamida payvandlash usuli.
    55-mavzu: Elektr yoyi yordamida himoya gazlari muhitida payvandlash.
    56-mavzu: Plastik Massalarni payvandlash. Santexnik trubalarini payvandlash.
    Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir 
    akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar 
    faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va 
    axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. 

    Download 32.33 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   215




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish