Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat. Bola o‘zining tabiiy muhitiga




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2), alifbo yozuvi
Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat. Bola o‘zining tabiiy muhitiga 
qiziqishini namoyon qiladi, fanni o‘rganishda faol. Jumladan, quyidagilarni bajara 
olishi kutiladi:
qurilmani mustaqil o‘lchaydi (balandligi, uzunligi, kengligi bo‘yicha);
shaxsiy qiziqishi va kuzatuvlariga bog‘liq savollar beradi;
shaxsiy taxminlari haqida gapiradi, avvalgi va hozirgi tajribasini umumlashtiradi va 
tushuntiradi;
tadqiqotda yechimini talab etayotgan muammoni belgilaydi;
turli resurslarni qo‘llagan holda shaxsiy kuzatuvlami tasdiqlaydi va ta’riflaydi; atrof-
muhitni yaxshilashda ishtirokning muhimligini tushunadi (masalan, axlat chiqindilarini 
tashlash, ularni ajratish, daraxt va gullar ekish, suv, elektr energiyasi va qog‘ozni asrash).
Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari: 
Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi:
• bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash;
• bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
• umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni 
davom ettirishga tayyorligini ta’minlash.
• Maktabgacha ta’lim tashkiloti vazifalari: 
• bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim 
dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inkluziv maktabgacha ta’lim va 
tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
• bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, 


23
madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor 
munosabatni shakllantirish;
• bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy 
tajriba orttirishini ta’minlash;
• bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash;
• ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy 
etishdan iborat.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-axloqiy 
va jismoniy rivojlantirishni ta’minlaydigan zamonaviy ta’lim dasturlari, ilg‘or axborot 
texnologiyalarini joriy etish, tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlash darajasini 
oshirish, maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy standartlarini yaratish 
bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib 
hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimining birlamchi yo‘nalishlaridan biri maktabgacha yoshdagi 
bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi. Estetik tarbiyalashni amalga oshirishda 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tiladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari, ya’ni 
“Rasm chizish”, “Applikatsiya”, “Konstruksiyalar tuzish va qo‘l mehnati”, “Plastilin va 
loydan yasash” katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida 
applikatsiya texnologiyasida tasvirlash jarayonida bolalarda:
• badiiy didni tarbiyalash;
• amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
• fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;
• qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish;
• kasbiy badiiy ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish 
kabi ta’limiy tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli 
yuritishga va ta’lim-tarbiya jarayonlarini talab darajasida tashkil etishga to‘sqinlik 
qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar mavjud. 
Bular quyidagilar: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim samaradorligini 
baholash va takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ishlarni 
to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmaganligi;
ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi mexa-
nizmlarning yo‘qligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilar uchun zamonaviy sharoit va
ehtiyojlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik adabiyotlar yetarli darajada 
ta’minlanmaganligi;
mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarga 
hamohang tarzda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun konstruksiyalar tuzish va 
qo‘l mehnati, tasviriy faoliyatlari bo‘yicha zamonaviy mazmun-mohiyatini kasb etuvchi 
metodik ishlanmalar yetarli darajada yaratilmaganligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar (tasviriy faoliyatga 
o‘rgatish malakalari, rasm chizish, loydan narsalar yasash, qog‘ozdan qirqib yopishtirish
konstruksiyalar tuzish malakalari yetarli emas) bilan to‘liq ta’minlanmaganligi;
konstruksiyalar tuzish va qo‘l mehnati, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish 
uchun multimedia va didaktik materiallarning yetishmasligi;
maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim o‘rtasidagi uzviylikning mavjud emasligi;
zamonaviy o‘quv metodik materiallar va ko‘rgazmali qurollarning yetishmasligi;


24
ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish, ularni ommalashtirish ishlari talab darajasida tashkil 
etilmaganligi.

Download 32.33 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat. Bola o‘zining tabiiy muhitiga

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish