|
VII. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Pdf ko'rish
|
bet | 183/215 | Sana | 26.10.2022 | Hajmi | 32.33 Mb. | | #28137 |
Bog'liq Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari3.
VII. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
– dizayn va badiiy loyihalashning turmushdagi va mehnat taʼlimi o‘qituvchisining
kasbiy faoliyatidagi ahamiyati, buyumlarni badiiy loyihalash metodlari, belgi va ramzlar,
sanoat grafikasi asoslari, hajmli maket tayyorlash asoslari bo‘yicha.
– tikuvchilik buyumlari uchun gazlama tanlash, andaza tayyorlash, bichish va tikish
haqida;
– O‘zbekistonda yetishtiriladigan va ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari
turlarini, saqlash sharoiti va muddatlarini, oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlik ishlovi
berish usullarini, mahsulotlarga issiqlik ishlovi berishda qo‘llaniladigan zamonaviy
jihozlar, o‘zbek milliy taomlari turlarini va ularni tayyorlash jarayonini, tayyorlash
jarayonini, taomlarni tayyorlashda ish joyini tashkil etish, sanitariya – gigiyena qoidalari
haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
– O‘zbekistonda zamonaviy sanʼat va milliy hunarmandchilik maktablari va ularni
rivojlanish tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari, naqqoshlik sanʼati, naqsh turlari va ulardagi
ramziy maʼnolar, naqshlarni bajarish bosqichlari va naqshni taxt qilish;
– tikuvchilik buyumlari uchun gazlama tanlash, fason tanlash andaza tayyorlash,
andazaga fason chiziqlarini kiritish, bichish va tikish;
– oziq-ovqat mahsulotlari turlarini, oziq-ovqat mahsulotlariga birlamchi ishlov berish
va yarim tayyor masalliqlar tayyorlash, mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish usullarini,
tayyor taomlarni dasturxonga tortish qoidalarini, turli marosimlarda dasturxon tuzash
tartiblarini, parhez taomlarining turlari va tayyorlash jarayoni, ovqat tayyorlash
sanitariya va gigiyenasi malakalarini shakllantirish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
– talaba dizaynerlik amaliy sanʼatida ishlatiladigan kesuvchi asboblarining tuzilishi
ishlash jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llay olish;
– tikuvchilik buyumlari uchun gazlama tanlash, fason tanlash andaza tayyorlash,
andazaga fason chiziqlarini kiritish, bichish, bichilgan bo‘laklarga ishlov berish, kiyimga
NIIB va tikish;
– ish joyini to‘g‘ri tashkil etishni, xavfsizlik qoidalarini to‘g‘ri bajarishga eʼtibor berishni,
oziq-ovqat mahsulotlaridan tejamkorlik bilan unumli foydalanishni, talabalarda
mehnatsevarlikni, badiiy didni, ijodiy qobiliyat va aql-farosatni tarbiyalashni, milliy
g‘ururni, milliy urf-odatlarga hurmat eʼtiborni shakllantirishni, o‘qitishda izchillik va
ketma-ketlikka rioya qilishni, o‘z ustida tinimsiz ishlashni, yangiliklarni qiziqib o‘rganib
borish
|
| |