• Oliy taʼlim tizimida.
  • Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/215
    Sana26.10.2022
    Hajmi32.33 Mb.
    #28137
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   215
    Bog'liq
    Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
    1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)
    Professional taʼlim tizimida.
    taʼlim tizimlari o‘rtasida uzviylikni taʼminlanmaganligi mehnat bozori talablariga 
    mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sifatiga taʼsir etayotganligi;
    taʼlim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etilmaganligi;
    innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlari 
    ishlab chiqilmaganligi;
    taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashma - 
    gan ligi;
    o‘quv jarayoniga O‘zbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi to‘laqonli joriy 


    25
    etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga 
    to‘sqinlik qilayotganligi;
    tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlarini joriy etiladigan taʼlim muassasalari tarmog‘i 
    tashkil etilmaganligi;
    xalqaro tasniflagichning darajalariga mos keluvchi taʼlim dasturlarini ishlab 
    chiqilmaganligi;
    umumtaʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan 
    guruhlarda 2 yillik umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan 
    dasturlarida uzviylikni taʼminlanmaganligi;
    “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarni o‘rgatish 
    tizimi mavjud emasligi;
    O‘zbekiston Respublikasida milliy kvalifikatsiya tizimi va ramkasini, Milliy profes-
    sional standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga eʼtibor qaratilmaganligi;
    professional taʼlim tizimida ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini qayta tayyorlash va 
    malakasini oshirishning yangi tizimi joriy etilmaganligi va h.
    Oliy taʼlim tizimida.
    Oliy taʼlim muassasalarida texnologik taʼlim yo‘nalishida o‘qituvchi pedagog-
    kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi, texnologiya fanlarini 
    o‘qitishni tubdan qayta ko‘rib chiqish va zamon talabiga mos ravishda yangilashni taqozo 
    etmoqda.
    Texnologik taʼlim yo‘nalishi bakalavr va magistratura mutaxassisliklarida umumtaʼlim 
    maktablarida (1-4, 5-9) texnologiya fanini o‘qitishga tayyorlash va barcha sinflarda 
    texnologiya fani mazmunini uzviyligini taʼminlash; 
    texnologik taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy metodik taʼminoti yetarli darajada ishlab 
    chiqilmaganligi;
    texnologik taʼlimning moddiy-texnika bazasini eskirganligi, zamonaviy texnika 
    va texnologiyalar bilan jihozlanmaganligi hamda budjetdan mablag‘ bilan taʼminlash 
    bo‘yicha yetarli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmaganligi; 
    xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilg‘or standartlarini joriy etish, 
    jumladan texnologik taʼlim o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan 
    taʼlimdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim tizimiga bosqichma-
    bosqich o‘tishda beparvoliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi;
    texnologik taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy 
    soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, 
    mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini 
    takomillashtirilmaganligi;
    xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va 
    boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga texnologik taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha 
    texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlari tashkil 
    etilmaganligi;
    taʼlimning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan o‘zaro 
    manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yishda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni eskirganligi 
    hamda hamkorlik bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlarda bosqichma-bosqich uzviylikni 
    taʼminlanmaganligi;
    o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy 
    etish yuzasidan asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqilmaganligi;
    taʼlim berishda qo‘llanilayotgan taʼlim-tarbiya usullarining taʼsirchanligini oshirishga 
    xizmat qiluvchi mexanizmlarning yo‘qligi;


    26
    hamkorlikning yangi shakllarini rivojlanmay qolayotganligi va qo‘shma taʼlim 
    dasturlarining mavjud emasligi;
    texnologik taʼlim samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy 
    tajribalarni o‘rganish asosida ishlarni to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmaganligi.

    Download 32.33 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   215




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish