III BOB. TEXNOLOGIK TAʼLIM KONSEPSIYASINING




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)
III BOB. TEXNOLOGIK TAʼLIM KONSEPSIYASINING 
ASOSIY MAQSADI VA RIVOJLANISHINING USTUVOR YO‘NALISHLARI
5. Quyidagilar texnologik taʼlimni rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi:
texnologik taʼlimni mehnat bozori talablari asosida modernizatsiya qilish, ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish;
bitiruvchilarda texnik obyekt hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan 
operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatda 
qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy 
munosabatlarga kirisha olish, mehnat bozorida zarur bo‘ladigan kompetensiyalarini 
shakllantirish;
texnologik savodxonlik, tanqidiy, kreativ va tizimli fikrlash, mustaqil qaror qabul 
qila olish, o‘z intellektual qobiliyatlarini namoyon eta olish va maʼnaviy barkamol shaxs 
sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish.
6. Texnologik taʼlimni rivojlantirish quyidagi vazifalarga asosan amalga oshiriladi:
taʼlimning barcha bosqichlarida izchil texnologik taʼlimni o‘qitish tizimini yaratish;
texnologik taʼlimning ilmiy metodik taʼminotini rivojlantirish;
texnologik taʼlim tizimining moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash, zamonaviy 
texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
texnologik taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy 
etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;
texnologik taʼlim tizimi maqomini uning fundamental bilimlarning inson 
yaratuvchilik faoliyati bilan bog‘liqligini hamda atrof-muhit va umumiy taʼlim mazmuni 
o‘rtasidagi o‘zaro taʼsirni taʼminlashdagi asosiy roliga munosib ravishda o‘zlashtirishga 
erishish; 
maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy taʼlim tizimlarida o‘qitilayotgan 
texnologik taʼlim jarayonini o‘zaro uzviyligini taʼminlash;
fan doirasida o‘rgatiladigan va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun istiqbolli deb 
tanlangan kasblar hamda mutaxassislarni tayyorlashning tayanch bosqichi sifatida 
xizmat qilishi; 
kadrlarni tayyorlash, mavjud kadrlar taʼminotini modernizatsiyalash va inson 
potensialidan samarali foydalanish; 
malaka talablarini, shuningdek, yangilangan taʼlim standartlarini joriy etish uchun 
egallanadigan ko‘nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish;
fanning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va shakllantiriladigan 
kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqish;
taʼlimning barcha bosqichlarida fan bo‘yicha olimpiadani tashkil etish nizomini 
ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash, baholash va rag‘batlantirish tizimini 
texnologiya, shu jumladan, dizayn, muhandislik, robototexnika, elektronika, bolalar 
uchun ixtiro masalalarini yechish algoritmi kabi tanlov va ko‘rgazmalarini tashkil etish;
intellektual salohiyatning mehnat bozoridagi o‘rni haqidagi madaniyatni 
shakllantirish;


27
perspektiv texnologik, zamonaviy standartlarga mos keluvchi, yo‘nalishlarni tadqiq 
qilish va joriy etish;
o‘quvchilarda loyihalash va tadqiqot ishlari madaniyatini shakllantirish; 
taʼlimning ilg‘or amaliyotini ommalashtirish va texnologik taʼlimni o‘qitishning 
shakllari xilma-xilligini rag‘batlantirish;
amaliy jihatdan texnologiya sohasidagi bilim – texnologiyalar transferi bilan bog‘liq, 
keng maʼnoda kelajak avlodni yuz berishi mumkin bo‘lgan texnologik o‘zgarishlar bilan 
ishlashga tayyorlash.

Download 32.33 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III BOB. TEXNOLOGIK TAʼLIM KONSEPSIYASINING

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish