-§. Texnologik taʼlimning o‘quv-metodik taʼminotini ishlab chiqishda




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)
1-§. Texnologik taʼlimning o‘quv-metodik taʼminotini ishlab chiqishda 
uzviylikni taʼminlash
7. Texnologik taʼlimning o‘quv-metodik taʼminotini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi 
tadbirlar amalga oshiriladi:
ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro standartlar va milliy anʼanalar uyg‘unligida texno-
logik taʼlim bo‘yicha davlat taʼlim standartini ishlab chiqish;
texnologik taʼlim bo‘yicha uzviylikni eʼtiborga olgan holda taʼlim bosqichlari uchun 
alohida tartibda bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish;
texnologik taʼlim tizimi o‘quv yuklamalarining minimal hajmi hamda ularning 
taqsimoti yuzasidan takliflar tayyorlash;
texnologik taʼlim tizimi bo‘yicha o‘quv-metodik majmualarni (darslik, mashq daftari, 
o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasi va boshqa) yangi 
avlodini bosqichma-bosqich ishlab chiqish;
texnologik taʼlim tizimi mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va 
shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab 
chiqish;
xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablarini ishlab chiqish.
8. Texnologik taʼlim bo‘yicha o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi 
prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
o‘quv-metodik majmualar taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari 
asosida yaratilganligi;
o‘quvchi-yoshlarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik 
xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
o‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga 
qaratilganligi;
o‘quvchi-yoshlarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
9. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qo‘yiladi:
a) didaktik talablar:
• o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini taʼminlash;
matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini 
tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;
• qiziqarli, lo‘nda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi;
• ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik 
talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi;
• taʼlimning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini taʼminlashga, olingan 
bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari 
bilan uzviy bog‘liqlikni taʼminlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
• rasmlar ko‘rinishidagi illustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, 
diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi;


28
yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, formulalar, taʼriflar va shu kabilar lug‘at 
ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim.

Download 32.33 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Texnologik taʼlimning o‘quv-metodik taʼminotini ishlab chiqishda

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish