Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu
b) ilmiy-metodik talablar:
• fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi;
• o‘quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi taʼminlangan bo‘lishi;
• o‘quv fani mavzulari o‘zbek adabiy tili qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda oddiy va 
sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi;
• mantiqiy ketma-ketlikka va izchillikka amal qilinishi;
• milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli 
illustratsiyalar bilan boyitilishi;
• savol va topshiriqlar aniq ifodalangan bo‘lishi;
• o‘quvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, 
amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi;
• bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda 
mavhumlikka yo‘l qo‘yilmasligi;
• kasb-hunarga yo‘naltirishga oid matnlar va rasmlar, izohli lug‘at, texnik ijodkorlik va 
mantiqiy tafakkurni o‘stirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish yuzasidan 
topshiriqlarni qamrab olgan bo‘lishi lozim.
v) pedagogik-psixologik talablar: 
• keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan maʼlumotlar, 
o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda 
voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga hamda amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, 
bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli 
qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
• o‘quv fani mavzularining yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, 
maʼlum faktlar, tushunchalar, qoidalar hamda fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda 
tushunarli bayon qilinishi;
• o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini 
o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.
g) estetik talablar:
• imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi;
• matnlar o‘quvchi-yoshlarga maʼlum ijobiy hissiy taʼsirlarni o‘tkazishi va o‘quv 
faniga qiziqish uyg‘otishi;
• bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, 
mutanosibligi taʼminlanishi;
• rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi 
lozim.

Download 32.33 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish