• 2-§. Texnologik taʼlim tizimining moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash
  • Maktabgacha taʼlim tizimida.
  • Umumiy o‘rta taʼlim tizimida.
  • Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/215
    Sana26.10.2022
    Hajmi32.33 Mb.
    #28137
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   215
    Bog'liq
    Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
    1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2), alifbo yozuvi
    d) gigiyenik talablar:
    • matn va illustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 
    mos bo‘lishi;
    • harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) 
    meʼyoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozim.
    2-§. Texnologik taʼlim tizimining moddiy-texnik taʼminotini 
    mustahkamlash
    10. Texnologik taʼlim moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha quyidagi 
    tadbirlar amalga oshiriladi:


    29
    Maktabgacha taʼlim tizimida.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash, jumladan, maktabda 
    “Texnologiya” fanida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni maktabgacha taʼlim 
    tashkilotlarida o‘tiladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari, yaʼni “Rasm chizish”, 
    “Applikatsiya”, “Konstruksiyalar tuzish va qo‘l mehnati”, “Plastilin va loydan yasash”
    faoliyatlarida shakllantiradi. 
    Ushbu bilim va ko‘nikmalarni samarali shakllantirish uchun quyidagilarni 
    mustahkamlash zarur: 
    O‘quv-metodik hamda didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, 
    mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv uskunalar bilan jihozlash;
    maktabgacha taʼlim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning ijtimoiy 
    javobgarligini oshirilishi, moliyalashtirish manbalarining kengaytirilishi va maktabgacha 
    taʼlim xizmatlari turlarining ko‘payishi;
    maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishda moliyalashtirishni zaruriy darajada 
    amalga oshirilishi, maktabgacha taʼlim xizmatlarini ko‘rsatishda budjet mablag‘laridan 
    foydalanish samaradorligini oshirish.
    Maktabgacha taʼlim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
    Umumiy o‘rta taʼlim tizimida.
    “Zamonaviy maktab” davlat dasturi doirasida umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun 
    xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi zamonaviy o‘quv ishlab chiqarish 
    ustaxonalarini barpo etish va muqaddam qurilgan o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarini 
    zamonaviy maktab namunasiga moslashtirishni taʼminlash;
    o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarini zamonaviy mebel, jihozlar, asbob-uskuna 
    va moslamalar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter, interaktiv doska, planshet va 
    multimedia texnikalari, internet, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni taʼminlash, 
    ularning o‘z vaqtida yangilab borish choralarini ko‘rish; 
    o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarini jihozlanish darajasini xalqaro standartlarga 
    javob beradigan o‘quv uskunalari (asbob-uskuna va moslamalar, zamonaviy stanoklar) 
    bilan taʼminlash;
    o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar 
    uchun kerakli xomashyo materiallarini davlat budjeti, homiy tashkilotlar va taʼlim 
    muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan taʼminlash bo‘yicha takliflar 
    ishlab chiqish;
    davr talabi hamda o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda dolzarb 
    kasblarning birlamchi asoslarini o‘rgatish uchun to‘garaklar, shu jumladan, robototex-
    nika, dasturlash bo‘yicha yo‘nalishlari moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash;
    o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarini moddiy-texnik taʼminoti va xomashyo bazasidan 
    oqilona foydalanish va asrab-avaylash;
    xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda 
    foydalanish.

    Download 32.33 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   215




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish