-§. Texnologik taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2), alifbo yozuvi
3-§. Texnologik taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni 
joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish
11. Texnologik taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy 
etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
zamonaviy raqamli texnologiyalar va taʼlim texnologiyalarining mustahkam 
integratsiyasini taʼminlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz 
rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish
taʼlim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish;
texnologik taʼlim bo‘yicha elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va ko‘chirib 
olish maqsadida QR-kod yordamida sinflar kesimida o‘quv-metodik majmualar (darslik, 
mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasi) 
haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy taʼlim 
dasturlarini tashkil etish;
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini 
beruvchi, shuningdek, ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi platformalardan 
(Edu Market interfaol-virtual taʼlim dasturi) hamda taʼlim jarayonlarida innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish
masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimiga 
texnologik taʼlim tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualarni, elektron 
taʼlim resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; 
taʼlim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish, 
elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida QR-
kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
texnologik taʼlimning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, taʼlim jarayonida xalqaro 
miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni 
rivojlantirish; 
12. Texnologik taʼlimning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha 
quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:


32
o‘quvchi-yoshlar tomonidan yaratilgan ijodiy loyiha ishlari natijalarini tijoratlashtirish 
ishlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar 
hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda texnopark, 
forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akseleratorlarni tashkil etish hamda ularni 
faoliyat olib borishlarini taʼminlash;
startap loyihalari asosida tijoratlashtirish salohiyati yuqori iqtidorli o‘quvchi-
yoshlarning ilm-fanga keng jalb etilishini rag‘batlantirish;
iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash, chuqurlashtirilgan (variativ) taʼlim dasturlari 
asosida o‘qitish, “Ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga 
erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish;
texnologiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta taʼlim tizimida fan olimpiadalarini tashkil 
etish va iqtidorli o‘quvchi-yoshlar ishtirokini oshirish;
innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hamda maktabgacha, umumiy o‘rta, 
boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim hamda oliy taʼlim tizimlari bilan 
uzviyligini taʼminlash.

Download 32.33 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Texnologik taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish