-§. Texnologik taʼlimni tashkil etishda maktabgacha, umumiy o‘rta




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)
4-§. Texnologik taʼlimni tashkil etishda maktabgacha, umumiy o‘rta, 
professional va oliy taʼlim tizimlarining o‘zaro integratsiyasi
13. Texnologik taʼlim fanlarining umumtaʼlim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va 
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar 
amalga oshiriladi:
jadal rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun 
yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashning tobora ortib borayotgan ahamiyati 
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strategiyalarining 
samaradorligini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda integratsiyalash tizimini 
ishlab chiqish va yo‘nalishlarini belgilash;
globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos, nostandart masalalarni ijodkorlik 
yondashuvi asosida yecha oladigan o‘quvchilarni tarbiyalash masalasini amalga oshirish 
uchun muayyan fikrlash modellari zarur, o‘quvchi-yoshlarda bunday fikrlash modellarini 
shakllantirishda integratsiyalash funksiyalarini belgilash;
yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlimda 
innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish 
o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash 
kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalash tendensiyalarini aniqlash;
texnologik taʼlimni rivojlantirish doirasida zamonaviy texnologik jihozlar, kasblar 
dunyosi bilan tanishish, o‘quvchi-yoshlarni turli ijtimoiy sohalarda mustaqil ravishda 
mehnat qiladigan yo‘nalishini topish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda 
integratsiyalash darajalari va amalga oshirish shakllarini ishlab chiqish.
14. Texnologik taʼlim fanlarini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlikni tashkil etuvchi o‘quv 
modullari quyidagilarni tashkil etadi: 
ilmiy-texnik maʼlumotlar va texnologik hujjatlar to‘plami;
texnologik jarayonlar va tizimlar; 
materiallar va ularning tarkibini o‘rganish; 
modellashtirish va konstruktorlik loyihalash ishlari
konstruktorlik va ixtiro masalalarini yechish; 
yuqori texnologiyalar; 


33
texnologiyalarni boshqarish;
loyiha ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish. 
15. Texnologik taʼlim fanlarini o‘qitishda variativ o‘quv modullari zamonaviy ishlab 
chiqarishning quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 
injenerlik-texnologik;
agrotexnologik;
servis-texnologik (xizmat ko‘rsatish sohasi); 
robototexnika, zamonaviy energetika, transport tizimlari va texnika.
16. Texnologik ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga 
oshiriladi:
Texnologik taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini harakatlantiruvchi kuch, 
O‘zbekiston iqtisodiyotining tayanchi hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasidagi globallashuv, 
ijtimoiy madaniy o‘zgarishlar transformatsiyasi kadrlar tayyorlashda sifat ko‘rsatkichlarini 
yaxshilash, texnologik taʼlim maqomi va nufuzini oshirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida 
ijodkorlik muhitini shakllantirish, “Iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash”, tuman, 
viloyat, respublika miqyosida intellektual yetuk o‘quvchi-yoshlar seleksiyasini tashkil 
etish tizimini shakllantirish orqali amalga oshiriladi.
Mazkur tizim: 
taʼlim muassasasi axborot muhitida o‘quvchi-yoshlar tomonidan bajarilgan loyihalar, 
ularning natijalarini qayd etish uchun sharoit yaratish;
ochiq taqdimotlar (jumladan, ixtisoslashgan portal va ijtimoiy tarmoqlar), 
musobaqalar, konkurslar orqali o‘quvchi-yoshlarga innovatsion loyihalarni taqdim etish; 
texnologik taʼlimni ommalashtirish uchun mashhur ixtirochilar, olimlar, biznesmenlar 
ishtirokida muntazam tanlovlar o‘tkazish;
taʼlimning barcha bosqichlarida fan bo‘yicha respublika olimpiadalarini tashkil etish;
musobaqalarni mehnat taqsimoti asoslari, jamoa bo‘lib ishlash tamoyillari, shaxs-
lararo munosabatlar va ish etikasi asoslarini o‘zlashtirishga imkon beruvchi shakllarda 
tashkil etish va h.

Download 32.33 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Texnologik taʼlimni tashkil etishda maktabgacha, umumiy o‘rta

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish