-§. Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)
5-§. Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish
17. Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish bo‘yicha 
quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Texnologik taʼlimning mazmun va metodlarini takomillashtirish uchun texnologik 
taʼlim bo‘yicha ishlab chiqilayotgan o‘quv meʼyoriy hujjatlar hamda zamonaviy taʼlim 
texnologiyalari va resurslarini, masofadan o‘qitish texnologiyasini qo‘llash va fanning 
rivojlanish haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilishni inobatga olgan holda, malakasini 
oshirish va qayta tayyorlash qo‘shimcha kasbiy maʼlumot berishni talab qiladi.
Bu jarayon quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
“Texnologik taʼlim” taʼlim yo‘nalishi bakalavriat darajasi uchun taʼlim dasturlarini 
maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy taʼlim tizimlari davlat taʼlim standarti 
va o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda tubdan yangilash; 
texnologik taʼlim doirasida o‘quv fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilarni masofadan 
va aralash usulda integratsiyalashgan malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash 
dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
maxsus kompetensiyalarga hamda texnologiya sohasida tajribaga ega kasb ustalarini 
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
texnologiya sohasida tajribaga ega kasb ustalarini qo‘llab-quvvatlash tizimini 
yaratish;


34
tegishli lavozim, kasb va mutaxassislik bo‘yicha kvalifikatsiya maʼlumotnomalarida 
ko‘rsatilgan malaka talablarini hisobga olgan holda taʼlim sohasida zamonaviy texnologik 
jarayonlar bilan tanish, texnik qurilmalar bilan ishlash va loyiha ishlari tajribasiga ega 
shaxslarni kasbiy qayta tayyorlash; 
maktabgacha, umumiy o‘rta, professional taʼlim tizimlari bitiruvchilarining 
zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha yuqori salohiyat darajalarini aniqlash, uni qo‘llab-
quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida milliy, xalqaro va hududiy 
ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun taʼlim muassasalarini grant asosida qo‘llab-
quvvatlash dasturini ishlab chiqish;
“Ustoz-shogird maktabi”ini tashkil etish va rivojlantirish. 

Download 32.33 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish