Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2), alifbo yozuvi
Oliy taʼlim tizimida.
Texnologik taʼlim tizimida o‘qitishning konseptual asoslari sifatida shuni qayd etish 
joizki, texnologik taʼlimni zamonaviy talablar asosida o‘rganish:
– dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi; 
– gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb 
masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
– tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga 
ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan 
zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
– insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof-muhitga munosabatini belgilovchi 
huquqiy va maʼnaviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
– axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan 
bo‘lishi o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;
– elektron axborot taʼlim muhitida taʼlim jarayonini pedagogik loyihalashtirish;
– tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka 
ega bo‘lishi;
– kasbiy-pedagogik madaniyati shakllangan bo‘lishi;
– yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini 
ilmiy asosda tashkil qila olishi;
– bitta xorijiy tilni erkin so‘zlashuv darajasida egallagan bo‘lishi;
– sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tasavvur 
hamda eʼtiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
– STEAM (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – 
muhandislik, Art – sanʼat, Mathematics – matematika) taʼlimini joriy etish orqali umum 
kasbiy va mutaxassislik fanlararo integratsiyasiga qurilgan savodxonlik darajasini 
oshirish; 
Texnologik taʼlim taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati 
quyidagilarni qamrab oladi:
– umumiy o‘rta taʼlim maktablarida texnologiya fanlaridan, professional taʼlimda 
kasbiy fanlardan o‘rnatilgan tartibda dars berish;
– umumiy o‘rta taʼlim maktablari, professional taʼlim tashkilotlaridan tashqari 
muassasalarda tarbiyachi bo‘lib ishlash;
– taʼlim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda 
ishlash;
– professional taʼlim tashkilotlarida o‘quv ustasi bo‘lib ishlash;
– professional taʼlim o‘qituvchisi mos taʼlim yo‘nalishlar bo‘yicha taʼlimni amalga 
oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib 
ishlash;
– pedagogika va texnika fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik 
ilmiy xodim bo‘lib ishlash;
– umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida 
ishlash;
– mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi maʼnaviyat va maʼrifat 
markazlarida ishlash.


37

Download 32.33 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish