38
“E-MINBAR” platformasini
amaliyotga joriy etish, taʼlim jarayonlarida “bulutli
texnologiyalar”dan foydalanish;
oliy taʼlim muassasalarida taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini
tijoratlashtirish uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini
bosqichma-bosqich joriy etish;
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini
kengaytirish
va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy taʼlim muassasalari tarkibida
texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarni tashkil
etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojla-
nishini tadqiq qilish va prognozlashtirish bo‘yicha
faoliyat olib borishlarini
taʼminlash;
professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistratura va bakalavriat
talabalarini tashkil etiladigan texnoparklarda ilmiy va innovatsion faoliyat olib
borishlariga erishish;
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga startap loyihalari asosida tijoratlashtirish
salohiyati yuqori bo‘lgan yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish orqali
oliy taʼlim muassasalari huzurida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish
bilan shug‘ullanuvchi “spin-off” va “spin-out” korxonalarini tashkil etish,
akademik
tadbirkorlikni rivojlantirish;
xalqaro SsiVal axborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot natijalarini
tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilg‘or yutuqlari bilan uyg‘un rivojlanishini
taʼminlash.