Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI 
TAYYORLOV GURUHI UCHUN 
TEXNOLOGIK 
TA’LIMIY FAOLIYAT
DASTURI


40
MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMI TAYYORLOV GURUHI UCHUN TEXNOLOGIYA 
DASTURI
(36 soat)
Qog‘oz bilan ishlash (12 soat) 
Xavfsizlik qoidalari haqida tushuncha. Qaychidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish. 
Qalam, yelim bilan ishlashda mehnat xavfsizligiga rioya qilish.
Qog‘ozni buklash usullari haqida tushuncha berish: qog‘oz varag‘ini teng ikkiga 
buklash uchun qog‘oz stol ustiga qo‘yiladi va o‘ng hamda chap qo‘l bilan qog‘ozni o‘ziga 
yaqin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. 
Bunda qog‘ozning qirrasi bir-biriga to‘g‘ri tushishi kerak. Ana shundagina qog‘oz qo‘l 
bilan tekislanib, uning bukilgan chizig‘i ustidan tirnoq bosib yurgizish (“Qayiqcha”, 
“Do‘ppi”, “Qushcha”va h.k. yasash).
Qog‘oz buklash, yirtish, qirqish yo‘li bilan kichik sujetli kompozitsiyalar yaratish. 
Qog‘oz buklash, yirtish, qirqish yo‘li bilan shakllarni harakati va propotsiyalarini 
yoritgan holda kichik sujetli kompozitsiyalar yaratish. Geometrik shakllardan predmetli 
applikatsiyalar tuzish. Bizni o‘rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish-tovoq, 
jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash. 
Bolalarning predmetlarni fazoviy joylashini idrok etishini rivojlantirish.
Qog‘ozni buklash usullaridan foydalanib “Toychoq” yasash.
Qog‘ozdan o‘yinchoqlar yasash. Qog‘ozdan buklash usulida turli hajmdagi qayiqcha, 
samolyot, qushcha va h. k.o‘yinchoqlarni yasash.
Mozaika usulida sabzavotlar shaklini yasash.
Maydalangan rangli qog‘ozlardan sabzavotlar shakliga mozaika usulida, yopishtirish 
va yasash (shablon asosida)
“Qishki o‘yin-kulgilar”ni applikatsiya usulida yasash. Shakllardan archa, qorbobo, qor 
parchalarini applikatsiya usulida tayyorlash haqida tushuncha berish. Shakllar asosida 
“Qishki o‘yin-kulgilar”ni manzarasini applikatsiya usulida yasash.
Bayram uchun atributlar, niqoblar tayyorlash. Ko‘z bilan chamalab qog‘oz 
parchasidan unchalik murakkab bo‘lmagan predmetlar, qushlar, hayvonlarning siluetini 
ikki buklangan va bir necha marta qatlangan qog‘ozdan naqshlar va predmetlarni qirqib 
olishga o‘rgatish.
Tulki, ayiq, quyon va hokazo niqoblarni aylanma gardishga yopishtirish. 
“Onamning kuni” bayram tadbiri uchun tabriknoma tayyorlash. 8-mart bayramiga 
bayram uchun tabriknoma tayyorlash.
Geometrik shakllardan uy, qayiq, bayroqcha yasash. Shakllarni (kvadrat va to‘g‘ri 
to‘rtburchak) farqlash va aytishni, ularni qirqib olishni, kvadratlarni diagonaliga qirqishni, 
uchburchak, trapetsiyaga ega bo‘lish uchun qiya kesiklar qilishni (uy, qayiq, bayroqcha) 
o‘rgatish.
Navro‘z bayramiga tabriknoma tayyorlash. Applikatsiya usulidan foydalanib, karton, 
rangli qog‘ozlardan bayram tabriknomasini yasash.
Bolalarga qog‘ozni turli yo‘nalishlarda buklash yo‘li bilan (shifokor qalpoqchalarini 
yasash).
Qog‘ozdan lola yasash. Qog‘ozni buklash usulida lola yasash.
Qog‘ozdan qush shaklini yasash. Qog‘ozdan buklash usulida qush shaklini yasash.
Meva va sabzavotlarni shakllardan foydalanib yasash. Olma, nok, olcha, o‘rik daraxti 
barglarini qirqish.


41

Download 32.33 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish