• 2. Texnologiya fani vazifalari
  • O‘ZBEKISTON VA FINLANDIYADA TEXNOLOGIYA FANI MAZMUNI




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/215
    Sana26.10.2022
    Hajmi32.33 Mb.
    #28137
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   215
    Bog'liq
    Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
    1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2)
    O‘ZBEKISTON VA FINLANDIYADA TEXNOLOGIYA FANI MAZMUNI
    QIYOSIY TAHLILI
    FINLANDIYA
    O‘ZBEKISTON
    1. Texnologiya fani maqsadi
    Texnologiya (mehnat) kursining maqsa-
    di o‘quvchilarga hunarmandchilik jara yo nida 
    rahbarlik qilish va yordam be rish dir. Tex-
    nologiya – bu turli xil mate ri al lar dan foydala-
    niladigan fan bo‘lib, va zi falar hunarmandchi-
    lik, dizayn, tex no logik yondashuv tamoyillari 
    bilan bel gi lanadi. Ushbu faoliyat shuningdek, 
    yakuniy mahsulotni alohida yoki ja moada loy-
    ihalash va ishlab chiqarishni hamda jarayonni 
    baholashni o‘z ichiga oladi. Hunarmandchilik 
    tadqiqot, ixtiro va eksperimental faoliyatga 
    tegishli bo‘ lib, unda turli xil vizual, moddiy va 
    texnik yechimlarga ijodiy yondashuv ishlab 
    chiqiladi.
    Texnologiya fani maqsadi
    o‘quvchilarni 
    aqliy va jismoniy mehnat turlari, jara yonlari 
    hamda kasblar bilan ta nish tirish, ularda das-
    tlabki mehnat ko‘nikmalari va malakalar-
    ini, mehnat ga qiziqish va mehnatsevarlikni 
    shakllan tirish, ularni mehnat va kasblarni 
    qadr lashga, ularning ahamiyatini tushunish-
    ga o‘rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga 
    tayyorlash or qali kasbgacha tayyorgarliklarini 
    amal ga oshirish hamda jamiyat va shaxs fa ro-
    vonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga qo‘shilish-
    lariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafak-
    kurlarini rivojlantirishdan iborat.
    2. Texnologiya fani vazifalari
    Maktabda va kundalik hayotda olgan bilim 
    va ko‘nikmalaridan foydalangan holda tus-
    hunish, natijalarni baholash va turli xil tex-
    nologik yechimlarni ishlab chiqishga yordam 
    beradi. O‘quvchilar motorli ko‘nikmalar, ijod-
    korlik va dizayn qobiliyatlarini rivojlantirish-
    ga hissa qo‘shadigan fazoviy fikrlash, taʼsir 
    ko‘rsatish va qo‘l mehnatiga asos langan ish-
    lash qobiliyatlarini yax shilaydilar. Fanning 
    mazmuni turli xil ish qobiliyatlarini rivojlan-
    tirishga yordam beradi. Mavzuning mazmuni 
    mehnatsevarlik va eksperimental fao li yatni 
    taʼminlashda va o‘z qadr-qim matini oshira-
    di, ijobiy tajribalarni yara tishda mamnunlik 
    hissini keltiradi. Fan o‘quvchilarning turli xil 
    qiziqishlarini hamda ularning birgalikdagi 
    faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan. Taq-
    dim etil gan mavzular tabiiy fanlararo aloqa-
    lar ni yaratish uchun kompleks ravishda o‘rga-
    niladi. Atrofdagi moddiy dunyo haqida olingan 
    bilimlar barqaror rivoj lanish va mustahkam 
    turmush tarziga asos yaratadi. Dasturning 
    mazmuni, shuningdek, mahalliy hunarmand-
    chilik, mahalliy madaniy meros va jamoaning 
    madaniy xilma-xilligini muhokama qilishni 
    o‘z ichiga oladi. Dasturni o‘qi tish va o‘rganish 
    o‘quvchini axloqiy qad riyatlarni qabul qilish-
    ga va bilimli, faol, mehnatsevar va tadbirkor 
    fuqaroga aylanishiga yo‘naltiradi. 
    Turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga 
    taalluqli dastlabki maʼlumotlarni o‘rgatish, 
    o‘lchash-tekshirish asboblaridan, maʼlumot 
    manbalaridan foydalana olish, mehnat 
    amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat 
    natijalarni 
    belgilangan 
    talablar 
    bilan 
    taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o‘rgatish;
    turli sohalarida ishlatiladigan texnika 
    va texnologiyalar to‘g‘risida bilimlar berish, 
    inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy 
    mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon 
    yaratish;
    mexanizatsiyalashtirilgan 
    va 
    elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, 
    texnologik bilim va malakalarni, mehnat 
    qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-
    gigiyena qoidalari asoslarini;
    o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonu ni-
    yat lari talablari asosida sifatli, raqobat bar-
    dosh isteʼmol mollari, mehnat mahsulotlari 
    yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni 
    isteʼmolchilarga yetkazish vositalarini o‘rga-
    tish, ish boshqaruv (menejerlik) unsurlari, 
    homiylik, ishbilar monlik sifatlarini shakl-
    lantirish va rivojlantirib borish;
    o‘quvchilar bilimga intilish va mehnatga 
    muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat 
    hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga 
    sadoqat ruhida tarbiyalash;


    10
    Shuningdek, o‘z mahoratini ifoda et-
    ishning maʼnosi va usullarini tushunishiga 
    erishiladi; hunarmandchilik madaniyatini 
    saqlash va rivojlantirish istagi rag‘batlantiri-
    ladi.
    xalq hunarmandchiligi kasblarini o‘rgatish 
    orqali xalqning milliy ruhini, yashash 
    tarzini, anʼanalarini tiklash va rivojlantirish. 
    Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, 
    xalq ustalarining boy merosini o‘rgatish, 
    ulardan o‘z amaliy faoliyatlarida foydalanish 
    ko‘nikmalarini mustahkamlash;
    yangi ishlab chiqarish va axborot texno-
    logiyalari, yangi texnika va jihozlarning 
    qo‘l lanilishi sohalarini zamonaviy talablar 
    darajasida va jahon tajribalariga mos holda 
    o‘rganishlarini taʼminlash;
    turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida 
    qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar, 
    moslamalardan foydalanishni o‘rgatish;
    o‘quvchilarda umum mehnat ko‘nikma va 
    malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, 
    qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko‘ra, kasb-
    hunar turlarini tanlashga asos bo‘ladigan 
    sifatlarni, umum mehnat madaniyatini 
    shakllantirish va rivojlantirish.
    Texnologiya fanini o‘qitish maqsad va vazifalari tahlilidan ko‘rinib turibdiki, Fin-
    landiyada texnologiya fani o‘quvchilarni ko‘proq hayotga tayyorlashga hamda ularning 
    qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ijodkorlikka yo‘naltirilgan taʼlim sifa-
    tida qaralganini ko‘rish mumkin. O‘zbekistonda esa texnologiya fanini o‘qitishda 
    o‘quvchilarda ko‘proq kompetensiyalarni shakllantirishga hamda kasbga yo‘naltirish 
    orqali vatanparvarlik xislatlarini tarkib toptirishga qaratilgan.

    Download 32.33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   215




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘ZBEKISTON VA FINLANDIYADA TEXNOLOGIYA FANI MAZMUNI

    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish