• Amaliyotning maqsadi
  • Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/215
    Sana26.10.2022
    Hajmi32.33 Mb.
    #28137
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215
    Bog'liq
    Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
    1, Yunagogika 1-mavzu
    Servis xizmati yo‘nalishi:
    1. 
    Oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish texnologiyasi 
    2. Materiallarga ishlov berish texnologiyasi
    3. Robototexnika asoslari 
    4. Ijtimoiy-iqdisodiy texnologiya asoslari 
    Qishloq xo‘jalik texnologiyasi:
    Qishloq xo‘jalik texnologiyasi: 
    1. Agrotexnika.
    2. Qishloq xo‘jaligi asbob-uskunasi, mashinalari va ulardan foydalanish. 
    3. Bog‘dorchilik.
    4. Chorvachilik asoslari.
    5. Robototexnika asoslari 
    6. Ijtimoiy-iqdisodiy texnologiya asoslari 
    Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan 5-9-sinflarda “Texnologiya” o‘quv fanidan 
    o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida ikki 
    guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi.


    55
    Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya 
    qilgan holda tashkil etiladi. 
    Shuningdek, o‘quvchilarga texnologiya fanini yo‘nalishlari bo‘yicha kasb turlari 
    haqida axborotlar beriladi. 
    O‘quv dasturida berilgan umumiy soatlar asosida har chorakda bir marta nazorat 
    ishi o‘tkaziladi. Nazorat ishini o‘tkazish tartibi va shakli o‘qituvchi tomonidan tanlanadi 
    hamda nazorat ishi materiallari mavzudan kelib chiqqan holda tayyorlanadi. 
    Texnologiya fanining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 5 va 6-sinflarda 6 kun (24 soat), 
    7-sinfda 10 kun (40 soat) 8-sinfda 16 kun (96 soat), jami 160 soat amaliyot o‘tkazish 
    rejalashtirilgan. 
    Amaliyotning maqsadi – o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan bilim, ko‘nikma va 
    malakalarni bevosita unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida qatnashish orqali 
    (sanoat, qishloq xo‘jalik va umumiy ovqatlanish korxonalari, ustaxonalar, tashkilot
    muassasa yoki hunarmand ustalar huzurida) mustahkamlashni bozor munosabatlari 
    qoidalari asosida tashkil qilishdan iborat. Amaliyot taʼlim muassasasi yoki ishlab 
    chiqarish korxonasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘quv yilida ko‘zda tutilgan 
    taʼtil vaqtida o‘tkaziladi.
    Loyiha ishini tashkil etishdan oldin o‘qituvchi loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlar 
    tizimini ishlab chiqadi. Sinfdagi o‘quvchilar yakka yoki guruhlarga bo‘linib, mavzu 
    bo‘yicha belgilangan vaqt davomida mustaqil ravishda turli manba (darslik, internet 
    tizimi) lardan axborotlar yig‘adi, loyiha qurilmasini shakllantiradi va o‘quv-tadqiqot 
    ishini o‘tkazadilar. Loyiha ishida taʼlim oluvchilar ishni rejalashtirish, uni bajarish, xulosa 
    chiqarish, ish natijasi yuzasidan taqdimot o‘tkazadilar. Loyiha ishi o‘quvchilarda o‘quv–
    tadqiqotchilik va ijodkorlik faoliyatining shakllanishiga xizmat qiladi.
    Mazkur o‘quv dasturda texnologiya fani ixtisoslashtirilgan taʼlim uchun qo‘shimcha 
    soatlar berilgan. Bunda ajratilgan qo‘shimcha soatlarni taqsimlashda o‘qituvchilar ijodiy 
    yondashgan holda, o‘zlashtirilishi qiyin mavzular hamda amaliy mashg‘ulotlarga eʼtibor 
    qaratishlari tavsiya etiladi. Bunda o‘quvchilarning ijodkorligi va amaliy ko‘nikamalari 
    rivojlantiriladi. 

    Download 32.33 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish