• 3.1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
  • Vazifalari
  • Texnologiya fani mazmunining rivojlanish tarixi va bosqichlari
  • Texnologiya faninig amaliy fanlar blok modulidagi fanlar va o‘rta maxsus, oliy ta‘lim bilan integratsiyalash Tayanch so„zlar




    Download 277.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana15.06.2022
    Hajmi277.76 Kb.
    #23690
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Texnologiya faninig amaliy fanlar blok modulidagi fanlar va o‘rt
    ekologya, ---------- (1), hisobot.1docx


    Texnologiya faninig amaliy fanlar blok modulidagi fanlar va 
    o‘rta maxsus, oliy ta‘lim bilan integratsiyalash 
    Tayanch sozlar: texnologiya fani maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi, 
    istiqbollari, oquv dastur, integratsiya.  
    3.1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini 
    o‘qitishning maqsad va vazifalari 
    35


    Maqsadi: o„quvchilarda texnik-texnologik jarayon davomida 
    bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko„nikma va 
    malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo„llash, kasb-hunar tanlash, 
    milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga 
    kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
    Vazifalari:  
    - materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik ob‟yekt 
    va texnologik jarayonlarga oid ma‟lumotlarni o„rganish;
    - texnik ob‟yekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va 
    umummehnat operatsiyalarini bilish;
    - texnologik jarayonlarni boshqara olish hamda maxsus va umummehnat 
    operatsiyalarini amaliyotda qo„llay olish;
    - texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
    - texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-
    ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qilish;
    - buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda 
    mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholash;
    - ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda 
    tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish 
    hamda rivojlantirishdan iborat.
    Texnologiya fani mazmunining rivojlanish tarixi va bosqichlari  
    Milodgacha bo„lgan birinchi ming yillikning o„rtalaridan Milod 
    davrigacha bo„lgan taraqqiyot nishonasi sifatida keramika, kulolchilik 
    ustaxonasi, charxi qoldiqlarining topilishi, buyumlarni ko„plab ishlab 
    chiqarishga talab katta bo„lgan. Bu davrga oid topilmalar: sopol 
    plitalardan qilingan mexroblar, terakotadan yasalgan haykalcha, turli 
    shakldagi sopol idish, ko„za, turtburchakli, teshikli sugd chaka va 
    boshqalar bu davrdagi taraqqiyotning turli darajada rivojlanayotganligini 
    bildiradi. Shahar va yirik manzillar qalin devor bilan o„ralib, harbiy 
    istehkomlar darajasida ta‟mirlangan, sopol quvur bilan jihozlangan 
    ochiq va yopiq sug„orish tizimi barpo qilingan, bularning barchasini 
    malakali hunarmandlar bajarganlar.


    O„rta Osiyo mazkur davrdagi ma‟naviy taraqqiyotni shartli ravishda 
    quyidagi davrlarga mansub deyish mumkin:
    Idishlar xilma-xilligi, qadah, kosa, riton, suvdon, ayol ziynati, libosi 
    yuqori did bilan tayyorlanishi mahalliy sug„dlarning turli din va 
    madaniyati rivojlanganligini ko„rsatdi. Xalq hunarmandchiligi sanoat 
    ishlab chiqarish darajasida taraqqiy etdi. Kul, koranda, muzdur, xalfa va 
    shogirdlar mehnatidan arzimas xaq evaziga foydalanilar edi.
    Qimmatbaho metallar (oltin, dur, xaqiq, zabarjad va boshq.) xalq 
    hunarmandchiligida yuksak did bilan foydalanish keng avj oldi. Eftalit-
    turk koroplastikasi sopol buyum tayyorlashda cheti to„lqinsimon kosa, 
    likopcha, ilmoqsimon dastali krujka, shaffof-slyuda lok surtilgan, 
    dastali, chumokli tor og„izli ko„za, turli maqsadda ishlatiladigan turli 
    o„lchamdagi qozon, shamot aralashtirib tayyorlangan xumcha, 
    temirchilik o„chog„i, maxsus sopol vannacha, quyish qolibi, g„isht terish 
    xumdoni va shu kabi buyumlar yuksak did bilan, haqiqiy san‟at asari 
    darajasida tayyorganligi, hunarmandchilikning turli yo„nalishlariga 
    ixtisoslashtirilganligini bildiradi.
    Hunarmandchilik xalq, elat va qabilaning yashashi, turmushi bilan 
    uyg„unlashgan holda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha yirik 
    davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo„ldi. Juda ko„p yillik va kishilik 
    harbiy yurishi, mudofaa va hujum qurollarining taraqqiyoti bilan 
    yo„g„rilib ketadi. Ana shunday urushlar davrida madaniy taraqqiyot, 
    urush bo„lgan davlatlarda bir tomondan inqirozi yuz bersa, ikkinchi 
    tomondan bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush bo„lmagan bo„lsa ham) 
    majburiy, ma‟lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy taraqqiyot 
    inikosi yuzaga keladi.
    Juda ko„p tarixiy davrlarni boshdan kechirgan hozirgi yangi davr 
    taraqqiyotiga nazar tashlasak, turli sohalarning rivojlanishi, jadal 
    suratlarning keskin tus olishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish 
    sohalariga bo„lgan ehtiyoj kundan kunga ortib boryapti. 
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub negizida 
    yoshlarni har tomonlama bilimli qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy 
    qadriyatlarni singdirib borish, urf-odatlar zamirida yotgan 


    mehnatsevarlikka o„rgatish, xalq hunarmandchilik sohalarining turli 
    yo‟nalishlariga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bularni amalga 
    oshirishda esa texnologiya ta‟limining hissasi katta hisoblanadi.
    Oliy ta‟limning bakalavriat va magistratura bosqichlarida mehnat 
    tarbiyasi bevosita texnologya ta‟limi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. 
    Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri 
    foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. O„quvchilarning oʻquv 
    rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil 
    etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va 
    markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning 
    komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

    Download 277.76 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 277.76 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya faninig amaliy fanlar blok modulidagi fanlar va o‘rta maxsus, oliy ta‘lim bilan integratsiyalash Tayanch so„zlar

    Download 277.76 Kb.
    Pdf ko'rish