11
11
Ishchi
mashinalar
Energiya hosil qila-
digan mashinalar
Ma’lumot beruvchi
mashinalar
Muayyan
ishni
bajaradigan va
shunga mos
ravishda ishlarni
osonlashtiradigan
mashinalar.
Masalan, stanok,
konveyer, lift,
transport va
boshqalar
Bir
turdagi
energiyani
boshqasiga
o‘zgartiradigan
mashinalar.
Masalan, elektr
dvigatel,
shamol
generatori va
boshqalar
Bir turdagi
ma’lumotni
boshqasiga
yetkazadigan
mashinalar.
Masalan,
magni-
tofon, kompyuter,
videokamera,
smartfon va
boshqalar
4-§.
TEXNIKANING ASOSIY KONSTRUKTIV ELEMENTLARI.
TEXNIKANING ISHCHI ORGANLARI
Hayotimiz davomida turli xil mashina va mexanizmlarga duch kelamiz. Biz ular
bilan hamma joyda uchrashamiz:
transportda, uyda, ishda.
Mashina o‘z vazifasini bajara olishi uchun
ishchi (ijrochi) organi
bo‘la di. Uning
tuzilishi mashinaning vazifasiga va ishlash sharoi tiga bog‘ liq dir. Masalan, ventilator-
ning ishchi organi – parragi, ekska vator ning ishchi organi – kovshi,
avtomobilning
ishchi organi – g‘ildi raklari hisoblanadi.
Mashinalar ishchi organlari yordamida ko‘zlangan foydali ishlarni ba ja radi.
Mashinaning ishchi organini dvigatel harakatga keltiradi.
Harakat dvigateldan ishchi organga maxsus uzatmalar
orqali o‘tadi. Bu jarayonda ko‘proq
mexanik uzatmalar-
dan, ya’ni tasmali, zanjirli, tishli, chervyakli, friksion va
reykali uzatmalardan foydalaniladi.
Tasmali uzatma
– mashina mexanizm larida aylan-
ma harakatni bir valdan ikkin chi valga tasma yordamida
uzatuvchi mexa nizm.