• Uchli dukcha qaychi oq tekis kashta tikishda teshikchalar hosil qilishda ishlatiladi. Chambarak qaychi
  • Gazlama va ip tanlash
  • Kashta tikish uchun asbob va moslamalar




    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/146
    Sana01.03.2023
    Hajmi33.06 Mb.
    #43888
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146
    Bog'liq
    5-texnologiya
    7-sinf ish reja, R2iXRw3B2b3FMyc4WBSrurz07GdKMOMkGnUZauVx (3), МЕТАЛЛ КОНСТРУКЦИЯЛАРИ, 1665744834, QarshiDU 2021 Konferensiya to\'plami, 1.-Anketa--talabalar-, ko161118a, Provodkalar, ekologik-global-muammolar-va-orol-dengizi-muammosi- (1), Abdujalil.moilya, 843-Article Text-2655-1-10-20210331 (1), Mustaqil ta lim uchun, Bahodirov Amirbek MISH, Igamberdiyeva Sohiba
    Kashta tikish uchun asbob va moslamalar
    Qo‘lda kashta tikish uchun oddiy asboblar kerak. Bular: igna, angishvona, qaychi, 
    santimetr, o‘tkir uchli dukcha, chambarakdan ibo rat. Bundan tashqari, millimetrli 
    qog‘oz, kalka, nusxa ko‘chirish qog‘ozi kerak bo‘ladi.
    Igna
    ning ko‘zi qancha katta bo‘lsa, unga shuncha ko‘p qavat ipni o‘tkazish oson 
    bo‘ladi. Gazlamaning qalin-yupqaligiga qarab igna tanlanadi. 
    Angishvona
    o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘iga taqiladi. U barmoqni siqib yoki undan 
    tushib qolmasligi kerak. 
    Qaychi.
    Ishlash uchun uch xil qaychi ishlatiladi. Uchi ingichka qaychi gazlamadagi 
    ipni qirqish va tortib olib tashlash uchun; uchi qayrilgan o‘rtacha kattalikdagi qaychi 
    kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun kerak. Katta qaychi esa gazlama va 
    kalava iplarni qirqish uchun ishlatiladi. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig‘lari to‘la 
    yopiladigan bo‘lishi lozim.
    Uchli dukcha
    qaychi
    oq tekis kashta tikishda teshikchalar hosil qilishda ishlatiladi.
    Chambarak
    qaychi
    gazlamani tarang tortib turish va surilib ketishining oldini olish 
    uchun qo‘llaniladi.
    Millimetrli qog‘oz
    naqshlar, ayniqsa, geometrik, sanama naqshlar tuzishda 
    ishlatiladi.
    Kashta gulini gazlamaga tushirishni tayyorlashda 
    kalka qog‘oz
    ishlatiladi.
    Kashta guli gazlamaga nusxa ko‘chirish qog‘ozi orqali ko‘ chi riladi.
    Ranglar moslashuvi bo‘yicha aylanasi.


    189
    189
    Gazlama va ip tanlash
    Kashta tikish uchun gazlama bilan ip buyumning nimaga mo‘l jallanganligiga, 
    bezakning xarakteriga va tikish usuliga muvofiq tanlanadi. Iplarni sanab 
    tikiladigan kashta uchun zig‘ir va yarim zig‘ir tolali gazlamalar olinadi. 
    Baxyasimon chokli kashta tikish uchun tanda va arqoq iplarning yo‘g‘onligi 
    bir xil bo‘lgan gazlama kerak. Chizilgan kontur bo‘ylab tikiladigan kashtalar 
    uchun paxta, zig‘ir, jun, ipak tolali gazlamalardan foydalaniladi. Kashta uchun 
    yaltiragan, ishlov berilgan maxsus iplar ishlatiladi. Buyum chetlarini buklab 
    tikish, merejka ustunchalarini o‘rab olish, baxyasimon to‘r chok uchun oq va 
    rangli oddiy 40, 50, 60-raqamli iplar ishlatiladi.
    Kashtachilikda ishlatiladigan asbob va moslamalar.


    190
    190
    Mulina (fransuzcha – “mouline”) – ishlab chiqarish korxonasida yoki qo‘lda ishlov 
    berib tayyorlangan kalava ip. Undan maxsus kashta tikishda va boshqa turdagi qo‘l 
    ishlarini bajarishda foydalaniladi. Mulina yuqori sifatli paxta tolasidan tayyorlanadi. 12 
    qatli, maxsus ishlov berib sifati oshirilgan, chidamli bo‘ladi. O‘n yoki yigirma metrli 
    kalava shaklida tayyorlanadi. 
    Ipak
    Zig‘ir
    Paxta tolali gazlama
    Kanop qopli gazlama 
    Tabiiy tuval gazlama 
    Iplar


    191
    191

    Download 33.06 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146




    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish